1. Soliqlarning iqtisodiy tahlili


Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i



Yüklə 12,64 Kb.
səhifə2/2
tarix21.05.2023
ölçüsü12,64 Kb.
#118396
1   2
Rahmatullayev Asror Yer soligi

3. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i
433-modda. Soliq to‘lovchilar
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq to'lovchisi hisoblanadi
Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.
434-modda. Soliq solish obyekti
1) jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalar;
35-modda. Soliq bazasi
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.
436-modda. Soliq imtiyozlari
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar.
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushunildi.
5) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar.
6) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar.
437-modda. Soliq stavkalari.
Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda Farg'ona viloyatida 297 so'm miqdorida baholanadi.

438-modda. Soliq davri


Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.
Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
440-modda. Soliq to‘lash tartibi
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
4.Xulosa
Mol-mulk va yer solig‘i byudjetga yonaltirilganligiga ko'ra mahalliy soliq hisoblanadi.
Yer solig'i o'z navbatida to'g'ri yangi bevosita yani hajmi aniq, stavka aniq, qiymati aniq soliq hisoblanadi.
Xulosi qilamizki, bu ikki soliq turibdi, aytib o'tiladigan qismi, imtiyozlarning aniqligi va ko'pligi yani imtiyozlar qismi shaklda emas balki to'liq shaklda bo'ladi. Aniwlashtiradigan bo'lsak, bu soliqda imtiyozga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs bu soliqdan mutlaqo ozod etiladi, etiroziy ravishda bir nechta bazi yo'nalishlarida yillar mobaynida bu soliqdan ozoq etilishi imtiyozlarni qonuniy ravishda yumshatilishini ta'minlaydi.
Yüklə 12,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin