Bozor
— 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B.
obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va
haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va
boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida
ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi
munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi
qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor
maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish,
bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni
tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan
narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash
(yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib
tushadi);
Pul
— bu shunday maxsus
tovarki
, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy
ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy
vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan,
chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini
qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul
oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy
qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.
Pul
(fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda
qoʻllanilgan mis chaqa pul. Masalan, 1 pul XVIII-XIX asrlarda Qoʻqon xonligida
1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 pul 1/40 tillaga, 1932-yilgacha Eronda 1/40
qironga teng boʻlgan. Pul — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan,
umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini
ifodalaydigan maxsus tovar; bozor iqtisodiyotining eng asosiy vositasi. Pul oʻz
tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim
xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.
Foyda
— tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar
xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda
ifodalanadi. F. bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga
keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar
va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi
ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish
bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad (D)
bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq:
a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul
tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F. ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar
miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan
har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP); v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar
oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning
ortishi esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq.
Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi.
Shu sababli F.ni koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish
hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda F.ning daromaddagi hissasi ortadi, aksi
yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning
bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, F. ortadi. Narxning
foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib
yaxshi F. koʻrish mumkin emas. Har qanday firma F.ni eng koʻp olishga, yaʼni uni
maksimumlashtirishga intiladi, F. miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi.
Savdo
— 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni
oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar haridi miqdori, tovar sifati,
sotishdan oldin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat
haqini hisobkitob qilish tartibi va boshqa shartlashiladi; 2) sotuvchilar va haridorlar
oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar ishlab chiqarish paydo
boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan.
Xalq xoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va
tovarlarni olish, sotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik
faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi. Ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro
bogʻlaydi, tovarlarni soʻnggi isteʼmolchi (aholi)ga yetkazishni taʼminlaydi. Ulgurji
va chakana savdoga boʻlinadi. Ulgurji Savdo — tovarlarni ishlab chiqarish
isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki
saklaydigan, ularni chakana Savdoga, isteʼmolchi yoki boshqa savdo
tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana Savdo — bevosita
isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq
miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi. Savdo ichki va
tashqi Savdoga boʻlinadi. Ichki Savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga
xizmat koʻrsatadi. Tashqi Savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi.
Zarar
(iqtisodiyotda) — xoʻjalik faoliyatidan koʻrilgan yoʻqotishlar; pul shaklida
ifoda etiladi. Korxona, xoʻjalik, tadbirkor i. ch. harajatlarining olingan daromaddan
ortib ketishi natijasida yuz beradi. 3. moddiy va pul resurslarining kamayishini
keltirib chiqaradi (manfiy saldo boʻlganligi sababli oʻz kapitali kamayadi).
Dostları ilə paylaş: |