1. Strategik rejalashtirishning obyektlari


Strategiyali rejalashtirishning subyektlari



Yüklə 77 Kb.
səhifə3/4
tarix22.06.2023
ölçüsü77 Kb.
#133856
1   2   3   4
2-Mavzu Strategik rejalashtirishning obyektlari va subyektlari (5)

3. Strategiyali rejalashtirishning subyektlari

Strategiyali rejalar bunday rejalashtirishning subyektlari – xo‘jalik manfaatlari bo‘yicha ish ko‘ruvchilar tomonidan tuziladi va amalga oshiriladi. Iyerarxiya tamoyili bo‘yicha hokimiyat organlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi darajalar belgilangan:


1. Makrodarajada – xalq xo‘jaligini umumiy olganda;
Mezodarajada – alohida hududlar (qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar);
3. Mikrodarajada – alohida firmalar (korxona, zavod, fabrika muassasalar).
Ularning har birida umumdavlat va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar tegishli ravishda himoyalanadi.
Hozirgi vaqtda strategiyali rejalashtirish subyektlari orasida markaziy organlar rolining kuchayishi sezilmoqda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda qonun chiqaruvchi organlarga qaraganda amalga oshiruvchi organlar ko‘proq erkinlashayapti.

4. Strategik klassifikatsiya




Strategik boshqarishda qo‘llaniladigan strategiyaning turli-tumanligi tasnifni qiyinlashtiradi. Tasnif alomatlari orasida quyidagilari ayniqsa ahamiyatlidir:

  • qarorolar qabul qilish darajasi;

  • raqobat ustunliklariga erishishning asosiy konsepsiyasi;

  • tarmoqning hayotiy davr bosqichi;

  • tashkilot tarmoqli holatining nisbiy kuchi;

  • raqobat kurashida tashkilotning o‘zini tutish «agressivlik» darajasi.

Tasnifning murakkablashgan omillari aksariyat strategiyalarni birgina alomatlaridan, bir ma’noda aniqlanmaganligidan iboratdir.
Barcha strategiyalarni uch xil alomatlar bo‘yicha tasniflash tavsiya qilinadi:

  • beshta asos soluvchi strategiyaga mansubligi, raqobat ustunligiga erishish (global strategiya);

  • biznes doirasi portfeli, boshqaruv strategiyasiga mansubligi (portfelli strategiya);

  • tashqi va ichki sharoitga qarab qo‘llaniladigan strategiyaga mansubligi (funksional).

1. Tashkilot tashqi va ichki muhiti tahlili.

  • «Milliy romb» konsepsiyasi va tarmoqli klasterlar.

  • Tizimli xarita, nihoyatda umumlashtirilgan ko‘rinishga ega va strategik boshqarishning, u yoki bu vazifalarini yechish uchun qo‘llanishida aniqlashtirishni talab qiladi. «Nima uchun davlatlararo raqobatda, biri muvaffaqiyatga erishsa, boshqalari mag‘lubiyatga uchraydi? Iqtisodga bog‘langan bu savollardan, ehtimol, aynan shu bizning davrda ayniqsa ko‘proq yangraydi».- deb ta’kidlab o‘tadi taniqli iqtisodchi M.Porter va asoslangan javob topishga harakat qiladi. Bu muomala uning nazarida qo‘yilgan savolni oydinlashtirishga chaqirilgan «milliy romb» modelini shakllantiradi. Tavsiya qilingan modelda M.Porter, o‘zi tavsiya qilgan, tarmoqning raqobat ustunligini baholash, ularning paydo bo‘lish qonuniyatlari, rivojlanishi va kamayishi tahlili asosida to‘rtta asos bo‘ladigan tushunchani kiritadi:

  • birinchidan, «Omillarning ko‘rsatkichlari» deganda, mamlakatda joylashgan firmalar ishlab chiqarish jarayonining raqobat ustunligi vujudga kelishi uchun zaruriy moddiy va nomoddiy sharoitlar nazarda tutiladi. Omillar bo‘lib chiqishi mumkin: ishchi kuchi, qishloq xo‘jalik mulklari, tabiiy manbalar, telekommunikatsiya, yo‘llar, sog‘liqni saqlash va hokazo. Bu omillarning parametrlariga qarab, ular tashkilotning, yoki imkoniyatlari sifatida yoki ular uchun tahdid sifatida chiqishi mumkin;

  • ikkinchidan, firma strategiyasi, ularning tuzilishi va raqobat;

  • uchinchidan, ehtiyoj parametrlari ta’riflaydigan ko‘rsatkichlar: tovar sifatiga iste’molchilarning talabchanligi, masalan, narx bo‘yicha talabning elastikligi va daromad darajasi; ijtimoiy guruhlarning birorta ehtiyojning muhimligini anglash darajasi; milliy an’analar; hayotiy davr fazalari; talab tuzilishi hamda uning dinamik ko‘rsatkichlari;

  • to‘rtinchidan, o‘xshash va bir-birini qo‘llovchi tarmoqlar – bular ushbu tarmoqlarning iste’molchilari va ta’minlovchilari hisoblanadi.

  • Konsepsiyaning asosiy g‘oyasi – raqobat ustunligi davlat miqyosidagi tarmoqlar, bir-biriga sezilarli darajada ta’sir etadigan davlatning raqobat ustunligi deatamaantlari orqali aniqlanadi.

  • Ushbu modelga Porter yana ikki omilni kiritadi: tasodifiy voqealar va hukumat harakati. Tasodifiy voqealar deganda Porter quyidagilarni nazarda tutadi: global, korporativ, funksional raqobat strategiyasi.

  • Hujumkor strategiya va strategiyaning mudofaaga qaratilgan diverisifikatsiyalanishi bilan bog‘langan xarajatlarini minimizatsiyalash. Fokuslash strategiyasi. Bog‘lanmagan strategiya. Vertikal diversifikatsiyalash strategiyasi.

  • Differensiatsiyalash integratsiya strategiyasi. Kapitalni surib olish va tugatish strategiyasi. Tarmoq peshqadamlar innovatsiya strategiyasi uchun strategiya. O‘zgarish strategiyasi.

  • Restrukturlashning tez yo‘nalish strategiyasi. Tarmoq tashkilotlari faoliyatini oddiy sezish uchun strategiyalar. Halqaro strategiya. Krizis vaziyatlarda tashkilotlarning zaif diverisifikatsiyasi uchun strategiya.

  • Tarmoqlar va boshqalar hayotiy davrining turli bosqichlaridagi raqobat strategiyasi.

  • kashfiyot;

  • qoloq texnologiya;

  • manbalar narxining keskin o‘zgarishi;

  • jahon moliyaviy bozorida yoki almashtirish kursida keskin o‘zgarish;

  • mahalliy va xalqaro ehtiyojning keskin o‘zgarishi;

  • mahalliy va chet el hukumatlarining siyosiy qarori;

  • urushlar va boshqa fors- major hollari.

Hukumat harakati ostidagi muhit, deganda Porter, amalga oshiruvchi organlar, davlatning pul-kredit, soliq, bojxona siyosatiga ta’sirini tushunadi. Shu bilan birga hukumat ham ishlab chiqaruvchilarga, ham iste’molchilarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan normalar, standartlarni aniqlaydi. Bundan tashqari, hukumat - iqtisodda yirik buyurtmachidir. Hukumat ta’siri ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin.



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin