1. Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq atamalar. Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq atama va tushunchalar



Yüklə 122 Kb.
səhifə12/12
tarix02.11.2022
ölçüsü122 Kb.
#67194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 тема

Retrotsessionariy-retrotsedentdan riskni qabul qilib oluvchi qayta sug’urtalovchi kompaniya.
Retrotsessiya- 1) qayta sug’urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni yana qayta sug’urtalashga berish; 2) risklarni uchlamchi joylashtirish.
Franshiza - sug’urta shartnomasi shartlarida ko’zda tutiladigan sug’urtalovchining zararni qoplashdan ozod etiladigan qismi. Franshiza sug’urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadigan shartli va shartsiz franshizalarga bo’linadi. Shartli franshizada sug’urtalovchi belgilangan franshiza summasidan oshmaydigan zararni qoplash javobgarligidan ozod etiladi. Bu holda, agar ko’rilgan zarar miqdori franshiza summasi miqdoridan oshib ketsa, sug’urta kompaniyasi zararni to’liq qoplaydi. Shartsiz franshizada ko’rilgan zarar franshiza summasidan chegirilib qoplanadi.
Fraxt - dengiz yoki havo yo’llari orqali yukni tashishda to’lanadigan haq. Ushbu haq tarif yoki yukni tashish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha o’zaro kelishilgan narx asosida to’lanadi. Dengiz sug’urtasida yuklarni tashishda fraxt polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi.
Frontlashtiruvchi kompaniya - boshqa sug’urta kompaniyasining iltimosiga ko’ra, o’z nomidan sug’urta polisi beruvchi sug’urta kompaniyasi. Frontlashtiruvchi sug’urta kompaniyasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz miqdorida iltimos qilgan sug’urta kompaniyasi hisobiga o’tkazadi va buning uchun undan komission haq oladi. Hozirgi paytda, O’zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Masalan, “Anglo-Tashkent”, “UzAIG” sug’urta kompaniyalari.
Fronting - qabul qilib olingan riskni tegishli komissiya haqi evaziga to’laligicha boshqa sug’urta yoki qayta qayta sug’urtalovchi kompaniyalariga berish.
Tsedent - riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni riskni qayta sug’urtalash uchun beruvchi sug’urta kompaniyasi. Ikkilamchi tsedent retrotsedent deb ataladi.
Tsessiya - 1) sug’urta riskini qayta sug’urtalashga berish jarayoni. Tsedent va qayta sug’urtalovchi o’rtasidan huquqiy munosabatlarda ishlatiladi. 2) Xorij amaliyotida tsedentning olingan sug’urta mukofoti ma’nosini bildiradi.
Shomaj - sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida ishlab chiqarishni to’xtab qolishi bilan bog’liq foyda olmaslik riskini sug’urtasi.
Ekstsedent riski - mazkur toifadagi risk bo’yicha zararni qayta sug’urtalash to’g’risidagi kelishuv.
Ekstsedent zarari - noproportsionl qayta sug’urtalash shakli. Bunda tsedentga o’z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta sug’urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi.
Yüklə 122 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin