MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………………………………………………3 1.Sug`urtaning evolutsiyasi va iqtisodiyotdagi roli…………………………………………….…6
2.Sug`urtaning nazariy iqtisodiy asoslari……………………………………………………………15
3. O`zbekiston Respublikasi sug`urta xizmatlari rivojlanishining asosiy yo`nalishlari va istiqbollari……………………………………………………..26
4.Jahon mamlakatlarida sug`urta tizimi va uning xususiyatlari…………..…..32
5.Aksiyadorlik shaklidagi sug`urta tashkilotlari……………………………....36
Xulosa…………………………………………………………………………..42
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………44
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Respublikamiz o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan so`ng milliy iqtisodiyotda tub o`zgarishlar yuz berdi.Jumladan sug`urta tizimida ham iqtisodiy islohotlar natijasida sug`urta sohasida raqobat asosida faoliyat ko`rsatadigan turli mulk shaklidagi sug`urta tashkilotlari vujudga keldi,Sug`urta bozorini barpo etish va uni barqaror rivojlantirishni ta`minlash uchun zarur bo`lgan iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratila boshladi.
Sug`urta bozor va uning infratuzilmasi respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat ko`rsata boshladi.Moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan sug`urta milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi va barqarorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli,O`zbekistonda sug`urta bozorini shakllantirish va uni rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan katta e`tabor berilmoqda.Xususan sug`urta tashkilotlariga soliq imtiyozlari berilmoqda.Natijada sug`urta bozorida faoliyat yuritayotgan sug`urta tashkilotlarining soni ortib bormoqda.Hozirgi kunda 30 dan ortiq sug`urta tashkilotlari davlat ro`yxatidan o`tgan.
Bugungi kunda sug`urta munosabatlarini rivojlantirish asosida sug`urta bozorining ko`lamini kengaytirish,sug`urta tashkilotlarining uzoq qishloq joylarida o`z filial va bo`linmalarini ochish,sug`urta bozoriga yangi xizmatlar taklif etish,sug`urta qonunchligini takomillashtirish dolzarb bo`lib qolmoqda.
Sug`urta tizimini rivojlantirish uchun sug`urta sohasini yaxshi biluvchi malakali kadrlar tayyorlash ham hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.Respublikamiz oliy o`quv yurtlarida sug`urta sohasi uchun oliy ma`lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.