[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00
Asosiy qoidalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
[
TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (bundan buyon matnda rejim deb yuritiladi) o‘rnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.
5-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi:
davlat qo‘riqxonalari;
majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
tabiat bog‘lari;
davlat tabiat yodgorliklari;
ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar;
muhofaza etiladigan landshaftlar;
ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulk huquqi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar xususiy buyurtma qo‘riqxonalar hamda tabiiy pitomniklar tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
7-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalarida mazkur hududlardan foydalanishning belgilangan maqsadiga zid har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etishda yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini cheklash yoki tugatish tufayli ularga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq qoplanadi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondidagi yerlar ajratib berilganda qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi ko‘radigan zarar va talafotlarning o‘rni qoplanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etilgan buyurtma qo‘riqxonalar bundan mustasno),
tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yer uchastkalariga yer solig‘i solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan hollarda yer solig‘i undiriladi.
(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (“Yer solig‘i”)ga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini (milliy bog‘larning yer uchastkalaridan tashqari) jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi. Milliy bog‘lar yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(7-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37, 38-moddalariga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat tabiat yodgorliklarini, buyurtma qo‘riqxonalarni, tabiiy pitomniklarni muhofaza qilish bo‘yicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlamagan taqdirda ular egallab turgan yer uchastkasi olib qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari hamda akvatoriya uchastkalarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni olib qo‘yish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(7-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 9-bobiga (“Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar”) qarang.
8-modda. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish erkinligi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘simliklar va hayvonlarning noyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarini, bunday o‘simliklar o‘sadigan va bunday hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ayrim qismlariga fuqarolarning kirishi mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklanishi yoki man etilishi mumkin.
Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi shu hududlarda bo‘lishning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqarolarning ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aholining tarixan qaror topgan tarzda yashashi mazkur hududlarning rejimiga rioya etish sharti bilan saqlab qolinishi mumkin.
9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadilar. Davlat organlari ana shu tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qo‘riqlanma zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida axborotlar talab qilish hamda olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foydalanilayotganda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat ekologiya ekspertizasini o‘tkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari mumkin.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-son “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi 73-II-son “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
II. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish
11-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat boshqaruvi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini zaxira qilish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchaskalaridagi faoliyati, agar bunday faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilish mo‘ljallanayotgan tabiiy obyektlar va majmualar saqlanishiga xavf soladigan bo‘lsa, cheklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ana shu yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga faqat davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil etiladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qayta tashkil etish ularning toifalarini o‘zgartirish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qattiqroq rejimli toifadan yengilroq rejimli toifaga o‘tkazilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish bunday hududlar qaysi muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat tugaganidan keyin, shuningdek tabiiy ofatlar hamda texnogen xususiyatdagi ta’sirlar natijasida ulardagi tabiiy obyektlar va majmualarning qimmatliligi hamda noyobliligi yo‘qolgan taqdirda amalga oshiriladi.
14-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari, ularning jug‘rofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy va boshqa jihatdan ahamiyati to‘g‘risidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ularning rejimini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirayotganda mazkur hududlarni hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qarang.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastriga doir axborot belgilangan tartibda beriladi.
15-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti
Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar har bir hudud bo‘yicha pasport tuzadilar, unda mazkur hududni, uning rejimi va boshqaruvini tavsiflovchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
16-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanishini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlarini qo‘riqlash qo‘riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qo‘riqlov xodimlari davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Milliy bog‘larni qo‘riqlash bunday bog‘lar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartibda ta’minlanadi.
Davlat buyurtma qo‘riqxonalari va tabiiy pitomniklarni qo‘riqlash bunday qo‘riqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tabiat yodgorliklarini qo‘riqlash bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Agar davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, ularning qo‘riqlanishini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarini qo‘riqlash ular qaysi suv xo‘jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan bo‘lsa, shu suv xo‘jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qo‘riqlanadi.
Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qo‘riqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar o‘rmon qo‘riqchilari va ovchilik xo‘jaliklarining egerlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baliq xo‘jaligi zonalarini qo‘riqlash baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan ta’minlanadi.
(17-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Xususiy buyurtma qo‘riqxonalar va tabiiy pitomniklarni qo‘riqlash ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi.
Qo‘riqlanma zonalar davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘riqlanadi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
III. Davlat qo‘riqxonalari
18-modda. Davlat qo‘riqxonalarini tashkil etish
Tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Davlat qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
LexUZ sharhi
19-modda. Davlat qo‘riqxonalarining rejimi
Davlat qo‘riqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan mustasno. Davlat qo‘riqxonalarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalari hududida hamda ularning qo‘riqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qo‘riqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qo‘riqxonalari hududida bo‘lishiga ularda ana shu organlar yoki davlat qo‘riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
20-modda. Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati
Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qo‘riqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Shartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi.
Davlat qo‘riqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoringi yuritilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat qo‘riqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga olingan bo‘lsa, davlat mulki hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga bo‘lgan mulk huquqi davlat qo‘riqxonalari bilan mazkur shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Davlat qo‘riqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat qo‘riqxonalarining tabiiy obyektlari va majmualari holati to‘g‘risidagi ilmiy axborot e’lon qilinishi kerak. Davlat qo‘riqxonalari o‘z matbuot nashrlariga ega bo‘lishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiqlashtirib borishni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.02 Davlat qo‘riqxonalari. Kompleks (landshaft) buyurtmali qo‘riqxonalar]
IV. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari to‘g‘risida”gi nizom.
21-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini tashkil etish
Alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
22-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining rejimi
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot, rekreatsiya faoliyati, atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish, shuningdek pichan o‘rish va chorva mollar o‘tlatish, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari xodimlarining va mazkur qo‘riqxonalarning qo‘riqlanma zonalarida yashovchi fuqarolarning o‘z ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning dorivor va texnik xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) bundan mustasno.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.03 Tabiat bog‘lari]
V. Tabiat bog‘lari
23-modda. Tabiat bog‘larini tashkil etish
Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat bog‘lari hisoblanadi.
Tabiat bog‘lari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bog‘lari va mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog‘lariga bo‘linadi.
Tabiat bog‘lari bunday bog‘lar to‘g‘risidagi, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
LexUZ sharhi
24-modda. Tabiat bog‘larining hududlari
Tabiat bog‘larining hududi tabiat bog‘lariga foydalanishga berib qo‘yiladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bog‘lari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Tabiat bog‘lari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga bo‘linadi.
Tabiat bog‘larining hududida qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar, rekreatsiya, xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari ajratib qo‘yiladi.
Aholini sog‘lomlashtirish uchun sharoit bo‘lgan taqdirda tabiat bog‘larida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalar ajratib qo‘yiladi.
Tabiat bog‘lari zonalarining o‘lchamlari va chegaralarini o‘zgartirish, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu organlar tomonidan, davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
25-modda. Tabiat bog‘larining rejimi
Tabiat bog‘lari hududida zonalarga bo‘linishga muvofiq tabaqalashtirilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalarida davlat qo‘riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimli uchastkalarga bo‘linishi mumkin.
Tabiat bog‘larining xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalarida
aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo‘l qo‘yiladi.
Har bir zonaning rejimi tabiat bog‘lari to‘g‘risidagi nizomlarda belgilanadi.
Tabiat bog‘larining hududida quyidagilar taqiqlanadi:
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
gidrologik va gidrogeologik rejimni o‘zgartiradigan harakatlar;
tuproq eroziyasini, o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar;
tabiat bog‘larining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya ishlarini amalga oshirish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish, oqova suvlarni oqizish;
tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish.
Tabiat bog‘larida tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyatning boshqa turlari ham cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Tabiat bog‘larining faoliyat ko‘rsatishi uchun yo‘llar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar qurilishi zarur bo‘lgan hollarda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, barcha tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish albatta nazarda tutiladi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.04 Davlat tabiat yodgorliklari]
VI. Davlat tabiat yodgorliklari
26-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining turlari
Noyob, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan, ekologik, ilmiy, madaniy va estetik jihatdan qimmatli tabiiy obyektlari bor muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat tabiat yodgorliklari hisoblanadi. Davlat tabiat yodgorliklari quyidagi turlarga bo‘linadi:
tabiiy suv obyektlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik (botqoq, ko‘l, daryo va boshqa) yodgorliklar;
ayrim o‘simliklarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan botanik yodgorliklar;
tabiat yaratgan relyef shakllarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan geomorfologik yodgorliklar;
qazilma obyektlarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan paleontologik yodgorliklar;
geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan geologik va mineralogik yodgorliklar.
27-modda. Tabiiy obyektlarni davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilish
Tabiiy obyektlar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilinadi.
Tabiiy obyektlarni ular joylashgan yer uchastkalarini olib qo‘ymagan holda davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilishga yo‘l qo‘yiladi.
28-modda. Davlat tabiat yodgorliklarining rejimi
Davlat tabiat yodgorliklari hududida ularning asralishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Davlat tabiat yodgorliklari qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga bunday yodgorliklarning rejimini ta’minlash majburiyatlari yuklatiladi.
Diniy maqsadlarda foydalaniladigan davlat tabiat yodgorliklari diniy tashkilotlarga yoki jismoniy shaxslarga bunday yodgorliklarni obodonlashtirish va asrash ishlarini amalga oshirish sharti bilan foydalanishga yoki ijaraga berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
VII. Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar
29-modda. Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlarning turlari
Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar buyurtma qo‘riqxonalar, tabiiy pitomniklar va baliq xo‘jaligi zonalari tariqasida tashkil etiladi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.05 Davlat buyurtmali qo‘riqxonalari. Tabiat pitomnigi. Baliqchilik zonalari]
30-modda. Buyurtma qo‘riqxonalar
Ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar buyurtma qo‘riqxonalar hisoblanadi.
Buyurtma qo‘riqxonalar quyidagi turlarga bo‘linadi:
o‘simliklar va hayvonlarning qimmatli, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarini, tirik organizmlarning ko‘chib o‘tish yo‘llarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qo‘riqxonalar;
ayrim qazilma obyektlar va ularning majmualarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan paleontologik buyurtma qo‘riqxonalar;
qimmatli suv obyektlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan gidrologik (botqoq, ko‘l, daryo) buyurtma qo‘riqxonalar;
nodir geologik va mineralogik hosilalarni saqlab qolish uchun mo‘ljallangan geologik va mineralogik buyurtma qo‘riqxonalar.
Buyurtma qo‘riqxonalar umumdavlat yoki mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.05 Davlat buyurtmali qo‘riqxonalari. Tabiat pitomnigi. Baliqchilik zonalari]
31-modda. Buyurtma qo‘riqxonalarni tashkil etish
Umumdavlat ahamiyatiga molik buyurtma qo‘riqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Mahalliy ahamiyatga molik buyurtma qo‘riqxonalar maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi, shuningdek yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Buyurtma qo‘riqxonalar faoliyat muddatlari ko‘rsatilmagan holda (muddatsiz) yoki kamida o‘n yil muddatga tashkil etiladi.
Buyurtma qo‘riqxonalar davlatga qarashli yoki xususiy bo‘lishi, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo‘lishi mumkin.
Xususiy buyurtma qo‘riqxonalarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat buyurtma qo‘riqxonalarini tashkil etish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.05 Davlat buyurtmali qo‘riqxonalari. Tabiat pitomnigi. Baliqchilik zonalari]
32-modda. Buyurtma qo‘riqxonalarning rejimi
Buyurtma qo‘riqxonalarning hududida, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini
istisno etganda, ayrim tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat doimiy ravishda yoki vaqtincha cheklanadi yoki tugatiladi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi davlat buyurtma qo‘riqxonalari joylashgan hududlar yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shuningdek yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining xo‘jalik maqsadidagi foydalanishidan olib qo‘yilmaydi. Mazkur buyurtma qo‘riqxonalar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida va (yoki) akvatoriya uchastkalarida tashkil etilgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar buyurtma qo‘riqxonalarning belgilangan rejimiga rioya etishlari shart.
Har bir buyurtma qo‘riqxona rejimining xususiyatlari, mazkur buyurtma qo‘riqxona qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
LexUZ sharhi
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.05 Davlat buyurtmali qo‘riqxonalari. Tabiat pitomnigi. Baliqchilik zonalari]
33-modda. Tabiiy pitomniklar
O‘simliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yo‘li bilan ularni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi.
Tabiiy pitomniklar yuridik yoki jismoniy shaxslarning iltimosnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Tabiiy pitomniklar davlatga qarashli yoki xususiy, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo‘lishi mumkin.
Xususiy tabiiy pitomniklarni va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat tabiiy pitomniklarini tashkil qilish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar belgilangan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Tabiiy pitomnik qaysi o‘simliklar va hayvonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, shu pitomnikning hududida shu o‘simliklar va hayvonlarning saqlab qolinishi, takror ko‘paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.05 Davlat buyurtmali qo‘riqxonalari. Tabiat pitomnigi. Baliqchilik zonalari]
34-modda. Baliq xo‘jaligi zonalari
Suv obyektlarini yoki ularning qismlarini o‘z ichiga oladigan, noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun, shuningdek baliq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar baliq xo‘jaligi zonalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Baliq xo‘jaligi zonalari ekologiya va
atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi organlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Baliq xo‘jaligi zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror ko‘paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
VIII. Muhofaza etiladigan landshaftlar
35-modda. Muhofaza etiladigan landshaftlarning turlari
Kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari muhofaza etiladigan landshaftlar jumlasiga kiradi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.06 Tabiiy kurort zonalari]
36-modda. Kurort tabiiy hududlar
Davolash va sog‘lomlashtirish xossalariga, mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa sharoitlarga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlar hisoblanadi.
Kurort tabiiy hududlar umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin.
Umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.06 Tabiiy kurort zonalari]
37-modda. Kurort
tabiiy hududlarning rejimi
Kurort tabiiy hududlar uchta zonaga bo‘linadi.
Birinchi zonaga davolash xossalariga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hududlar kiradi. Bunday zonada har qanday faoliyat taqiqlanadi, davolash xossalariga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoxonalarini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno.
Ikkinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylarining hududlari kiradi. Bu zonada davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan faoliyatni istisno etganda har qanday faoliyat, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari boshqa aholining yashashi taqiqlanadi.
Uchinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar kiradi. Bu zonada davolash manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga zarar yetkazmaydigan va dam olish hamda davolanish sharoitlarini yomonlashtirmaydigan cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishga ruxsat etiladi.
Kurort tabiiy hududlar doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
foydali qazilmalarni qazib olish, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq qazib olish bundan mustasno;
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlarini qurish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
joyning gidrologik rejimini o‘zgartirish.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar]
38-modda. Rekreatsiya zonalari
Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jo‘g‘rofiy va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreatsiya zonalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rekreatsiya zonalari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli Qonuniga asoan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar]
39-modda. Rekreatsiya zonalarining rejimi
Rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimga ega uchastkalarga bo‘linishi mumkin.
Rekreatsiya zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
joyning gidrologik rejimini o‘zgartirish.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirg‘oq bo‘yi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari]
40-modda. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari
Daryolarning, ko‘llarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlar hamda boshqa suv obyektlarining o‘zanlariga tutash muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvni muhofaza qilish zonalari hisoblanadi. Bu zonalar ifloslanish, bulg‘anish, sayozlanishning hamda suv obyektlari tuproq eroziyasi mahsullari bo‘lmish loyqa bilan to‘lib qolishining oldini olish maqsadida, shuningdek eng maqbul suv rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi.
Qattiq rejimga asoslangan suvni muhofaza qilish zonalari doirasidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohil bo‘yi mintaqalari hisoblanadi.
Ichimlik, maishiy va davolash-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv obyektlariga tutash, qattiq rejim asosidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hisoblanadi.
Daryolarning uvalarida, yoyilma konuslarda, tog‘ yonbag‘irlarining etaklarida tashkil qilinadigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari tegishincha ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati organlarining, geologiya tashkilotlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(40-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirg‘oq bo‘yi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari]
41-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil bo‘yi mintaqalarining, suv obyektlari sanitariya muhofazasi zonalarining hamda yer usti va yer osti suvlari hosil bo‘lish zonalarining rejimi
Suvni muhofaza qilish zonalari doirasida cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday zonalarda quyidagilar taqiqlanadi:
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlarini qurish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
kanalizatsiya-tozalash inshootlari va oqova suvlar to‘planadigan inshootlar qurish;
chorvachilik va parrandachilik majmualarini joylashtirish, shuningdek sug‘orish uchun “sharbat” (suyuq go‘ng) ishlatish;
avtomobil transportini qo‘yib turish, ularga yonilg‘i quyish, ularni yuvish va ta’mirlash joylarini tashkil etish;
neft mahsulotlari omborlarini tashkil etish;
zig‘ir, kanop va teri yuvish.
Sohil bo‘yi mintaqalarida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklashlar va taqiqlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi:
mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llanish;
chorva mollarni o‘tlatish;
har qanday turdagi qurilish, suv xo‘jaligi obyektlarini qurish bundan mustasno;
belgilanmagan joylarda qayiqlar bog‘lab qo‘yiladigan joylar tashkil etish.
Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari turli rejimli muhofaza mintaqalariga bo‘linadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Daryo o‘zanlarini o‘zgartirish, foydali qazilmalar qazib olish va suv obyektlari holatiga ta’sir qiladigan boshqa ishlarni bajarishga faqat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlarining, shuningdek geologiya tashkilotlarining ruxsatnomasi bilan yo‘l qo‘yiladi.
(41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktlari hududida xo‘jaliklararo yer tuzish va rejalashtirish o‘tkazilayotganda suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil bo‘yi mintaqalarining va suv obyektlari sanitariya muhofazasi zonalarining chegaralarini o‘zgartirish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlari hamda sanitariya nazorati organlari bilan kelishib olinishi lozim.
(41-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari rejimi yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalariga ham tatbiq etiladi.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida nizom.
[
OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.10 Boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar]
IX. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar
42-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning turlari
O‘rmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan o‘rmonlar, shahar o‘rmonlari, shaharlarning, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi o‘rmonlar, alohida qimmatli o‘rmonlar, yong‘oqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o‘rmonlar egallagan yerlari, shuningdek ovchilik xo‘jaliklarining o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar jumlasiga kiradi.
43-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning rejimi
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarda tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish hamda o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa faoliyat taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarda o‘simlik va hayvonot dunyosidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
X. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar va davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
44-modda. Davlat biosfera rezervatlari
Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari — biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy obyektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmog‘iga qo‘shilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin.
Davlat biosfera rezervatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera rezervatlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qo‘yiladi:
tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun mo‘ljallangan, davlat qo‘riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qo‘riqxonaga aylantirilgan zona;
tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan, qo‘riqxonaga aylantirilgan zonaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona;
davlat biosfera rezervatlarining tabiiy obyektlari va majmualariga zarar yetkazmaydigan xo‘jalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan zona.
Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
45-modda. Milliy bog‘lar
Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘simliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bog‘lardir. Milliy bog‘lar yer uchastkalarida o‘simlik dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish, shu jumladan kompleks agrotexnik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Milliy bog‘ hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir.
Milliy bog‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Milliy bog‘ni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy bog‘lar bunday bog‘lar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari qonunchilikda belgilanadigan tartibda barcha tabiiy resurslari bilan birga xo‘jalik foydalanuvidan olib qo‘yiladi va milliy bog‘larga doimiy foydalanish uchun beriladi.
(45-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Milliy bog‘ning o‘simlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini ta’minlash uchun unga tutash hududlarda milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qo‘riqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin.
Milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga muvofiq milliy bog‘ hududida undan maqsadli foydalanishga zid bo‘ladigan va o‘simlik obyektlarining saqlanishi, ko‘paytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Milliy bog‘lar hududlari funksional zonalarga ajratilishi mumkin.
46-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
XI. Yakunlovchi qoidalar
47-modda. Qo‘riqlanma zonalar
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bog‘lar bilan chegaradosh hududlar qo‘riqlanma zonalardir. Qo‘riqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Qo‘riqlanma zonalarning o‘lchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos bo‘lgan kamyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlarning turlarini ko‘paytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qo‘riqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qo‘riqxonaning o‘ziga topshirilishi mumkin.
48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish
Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari hamda davlat biosfera rezervatlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari;
(48-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan olingan daromadlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘lja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;
yuridik va jismoniy shaxslarning
xayriya yordamlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(48-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlari ixtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo‘nalishidagi va qonunchilikda yo‘l qo‘yiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi.
Milliy bog‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(48-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat buyurtma qo‘riqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablag‘lar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida bo‘lsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.
Xususiy buyurtma qo‘riqxonalari va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan mablag‘lardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo‘nalishidagi va boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlaridan tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun foydalaniladi.
49-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(49-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(50-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 204-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasiga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 3-dekabr,
710-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-con, 1-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son)