1. Tadbirkorlik faoliyatining turiari Tadbirkorlik faoliyatining shakllari


Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati



Yüklə 98,94 Kb.
səhifə7/13
tarix24.06.2023
ölçüsü98,94 Kb.
#134798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
kichik biznes

Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari o'zlariga tegishli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf eta oladigan jamiyat. U chiqaradigan aksiyalariga ochiq obuna o'tkazish va ularni erkin sotish huquqiga ega. Ta'sischilarning eng kam soni ham cheklanmagan.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati (AJ) uchun ustav fondining eng kichik miqdori AJ ro'yxatidan o'tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish baqi summasining ikki yuz barobari miqdonea term bo’lishi kerak. ^ '
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati aksiyalari nomlangan (egasi yozilgan) va ular faqat AJ ta’sischilari o'rtasida taqsimlangan jamiyatdir. Uning aksiyalari qimmatli qog'ozlar bozorida muomalada bo'lishi jamiyat Nizomiga binoan man etilgan yoki cheklangan bo'ladi. Yopiq turdagi AJ uchun ustav fondining eng kam miqdori AJ ro'yxatdan o'tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi summasining kamida yuz barobari miqdorigateng bo'lishi kerak.
Ochiq turdagi AJni boshqa turdagi jamiyatlarga aylantirish mumkin emas. Yopiq turdagi AJ esa o'z aksiyalariga ochiq obuna o'tkazish yoki ularni fond bozorida sotish uchun chiqarish yo'li bilan ochiц turdagi AJga aylanishi mumkin. Boshqa turdagi jamoa korxonalari va shirkat xo'jaligi o'z aksiyalarini chiqarish yo'li bilan ikkala turdagi aksiyadorlik jamiyatlarga ham aylantirilishi mumkin.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati har yili ommaviy axborot vositalarida:
-yillikhisobot;
-buxgalterlikbalansi;
-foydavazararlarschyoti;
-jamiyat aksiyalari emissiyalari prospekti;
- umumiy majlisni o'tkazish sanasi va joyini ma’lum qilib turishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish uchun quyidagilar zarur:
-jamiyatni tashkil etish va birgalikda faoliyat yuritish hamda bir yoki bir necha shaxsga jamiyatni tashkil etish uchun vakolat berish toy risida shartnomatuzish;
-aksiyalargaobunao'tkazish;
-ta’sis konferenuiyasini o'tkazish;
-jamiyat va uning aksiyalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish.
Jamiyatni tashkil etishdagi xarajatlar shartnomaga imzo chekkan shaxslarga taqsimlanadi. Davlat mulkini xususiylashti rish orqali quyidagi usullardaAJ tashkil etilishi mumkin:
- oddiy yo-1 bilan, ya'n, yunda fuqarflar yopiq yoki ochiq AJ larining obyektlarini aukuion orqali yoki konkurs yo'li bilan sotib olishadi;
-davlat korxonasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq AJ ni tashkil etadi va ma’lum yuridik shaxs tomonidan korxona sotib olinadi;
-davlat yoki ijara korxonalari ochiq AJ lariga aylantiriladi.
Barcha jamoa korxonalari uchun quyidagi umumiy jihatlar mavjud:
-nizom kapitalining tegishli qismlar yoki aksiyalarga majburiy boMinishi;
-jamiyatning o'z majburiyatlari va faqat owning mulki bo'yicha cheklanganjavobgarligi;
-aksiyador (sherik)lar orasidagi ozaro munosabatlar, daromad va mulkni taqsimlash, korxonani boshqarish bo'yicha munosabatlar ularning kiritgan ulushlari miqdoriga qarab taqsimlanadi;
-jamiyat a’zolari uning kapitaliga o'z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo o'z mehnatlari bilan uning faoliyatida ishtirok etishlari majburiy emas.
Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish jarayonlari «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish», «Hissadorlik jamiyatlari », «Korxonalar to'g risida », «Qimmatli qog ozlar bozori va fond birjalari » to'g risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida boshqariladi.

Yüklə 98,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin