1-Tajriba ish Mavzu: Operatorlardan foydalanib dasturlash. Ishdan maqsad



Yüklə 294,34 Kb.
tarix04.08.2023
ölçüsü294,34 Kb.
#138679
1-Tajriba ishi 3- nomer


1-Tajriba ish
Mavzu: Operatorlardan foydalanib dasturlash.
Ishdan maqsad. Java dasturlash tilida operatorlardan foydalanib dasturlashni o’rganish.
Nazariy qism.
Ma’lumot tiplari. Dasturda biror ma’lumotni saqlash va qayta ishlashda har bir ma’lumot qandaydir tipda saqlanadi. Java dasturlash tilida ma’lumotlarni saqlash uchun C++ tilidagi kabi bir nechta ma’lumot tiplari mavjud.
Sonli ma’lumotlar tiplari 2 ga bo‘linadi. Butun sonlar uchun int,long, BigInteger xaqiqiy sonlar uchun float, double, BigDecimal.
Sonli ma’lumotlar tiplaridan tashqari satrlar string, char mantiqiy ma’lumotlar uchun boolean tiplari mavjud.

Java da o‘zgaruvchini e’lon qilish.
O’zgaruvchini e’lon qilishda dastlab o’zgaruvchi tipi yoziladi, undan so’ng o’zgaruvchi nomi yoziladi.
int a;
-2 147 483 648 dan 2 147 483 647 gacha bo’lgan butun sonni saqlashi mumkin bo’lgan a deb nomlangan o’zgaruvchi e’lon qilindi. O’zgaruvchini tavsiflashda unga qiymat berishimiz va bir nechta o’zgaruvchini birgalikda tavsiflashimiz mumkin:
public static void main(String[] args) {
int a = 10, b, c, d = 20;
double g = 9.81, s;
}
Bunda a, b, c va int tipidagi o’zgaruvchilar tavsiflandi. a ning qiymati 10, g ning qiymati 9.81, d ning qiymati 20, b, c va s ga boshlang‘ich qiymat berilmagan.

Kiritish va Chiqarish
O’zgaruvchilarga qiymatni klaviatura orqali kiritish. Bu o’zgaruvchilardan foydalanib amallar bajarish va qiymat chiqarish mumkin.
Ikki sonning yig’indisini topadigan dastur tuzamiz. Kiruvchi o’zgaruvchilarni saqlash uchun ikkita o’zgaruvchi kerak.
import java.util.Scanner;
public class A_B {
public static void main(String[] args) {
Scanner sc = new Scanner(System.in);
int a, b;
a = sc.nextInt();
b = sc.nextInt();
int c = a + b;
System.out.println("c = " + c);
}
}
Bu dasturni ko’rib chiqamiz.
import java.util.Scanner – kiritish funksiyalari bilan ishlash uchun e’lon qilinadigan kutubxona.
sc.nextInt() – Scanner class ning int tipdagi ma’lumotlarni kiritish funksiyasi
System.out.println("c = " + c) – c o’zgaruvchining qiymatini chiqarish.
Java da matematik funksiyalar.
Java dasturlash tilida Matematik funksiyalardan foydalanish uchun Math class funksiyalaridan foydalaniladi.
...
int a, b;
a = sc.nextInt();
b = sc.nextInt();
int c = (int)Math.pow(a, b);
System.out.println("c = " + c);
...
Har bir funksiya oldidan Math sinf nomi yoziladi va shu sinf funksiyalari “.” yordamida chaqiriladi Math.pow(a,b).
Shart operatori.
Shart operatori Java da shart operatori quyidagicha yoziladi:
if(shart){ //agar shart rost bo‘lsa
Operatorlar1; //operatorlar1 bajariladi
} else { //aks xolda
Operatorlar2; //operatorlar2 bajariladi
}
Java da taqqoslash amallari:





Matematika

Java

1

>

>

2

<

<

3



>=

4



<=

5

=

==

6



!=




Yüklə 294,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin