1. Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati О‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan metodlarga qо‘yiladigan talablar



Yüklə 29,03 Kb.
səhifə4/4
tarix05.12.2023
ölçüsü29,03 Kb.
#173807
1   2   3   4
2-ma\'ruza

3. Ta’limning interfaol metodlari. Inter ingliz tilidagi «inter» old qо‘shimchasidan iborat bо‘lib, u tom ma’noda о‘zaro ta’sir, yо‘nalganlik ma’nosini anglatadi. Bu yerda inter sо‘zi keng doirada, xalqaro miqyosdagi ta’sir, harakat, yо‘nalganlik mazmuniga ega. Interfaol atamasiga kelsak, u «interactive» ya’ni keng xalqaro miqyosdagi harakat faolligini bildiradi. Lotincha inter sо‘zining ma’nosi – ichki potensial imkoniy quvvat degani.
Ma’lumki, har bir inson о‘z ichki imkoniy quvvatiga va о‘zgalarda qaytarilmas fazilatga ega.
Interaktiv usul tarbiya nuqtai nazaridan, har bir kishini ruhiy, ilohiy tavsifini kо‘zda tutgan hoda, xalqaro miqyosdagi ta’lim – tarbiya yangiliklarni hamda ma’naviy manbalarimizdagi aks ettirilgan intellektual salohiyatimiz kо‘nikmalari asoslanib komil farzand tarbiyalash demakdir.
G‘arbda pedagogikaning interfaol metodlari bilan shug‘ullanadigan qismini interaktiv pedagogika deb ham yuritiladi.
Interaktiv pedagogika yoshlarni talabalarni faolliklari xilma-xilligini hamkorligi, hayrihohligi asosida ularni yangi faollika, bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka undovchi pedagogika bо‘lib, talabalarga bunday sifatlar ular erkin fikrlash asoslarini egallaganlaridan keyin shakllana boshlaydi, rivojlanadi.
Interaktiv pedagogika yangi ta’lim asosida ta’lim – tarbiyaning hamma shakllarida joriy etilmoqda. Masalan, ma’ruzalarda, interaktiv pedagogikaning munozara, muomalalar muhokamasi, aqliy xujum, baxslar kabi usullaridan keng foydalaniladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda esa seminar, og‘zaki, yozma kolokviumlar, referatlar muhokamasi, faol eksperiment, amaliy о‘inlar metodlaridan keng foydalanilmoqda. Ammo shunga qaramay. G‘arb davlatlaridan bizga interaktiv pedagogikaning bir qancha karorlar shajarasi. Ajurli arra, Snejniy kom, tajribalar, tadbirlar hamkorligi kabi metodlari kabi metodlari kirib keldi.
Inson imkoniyatlarining yana bir mо‘jizaviy tomoni shundan iboratki, har bir kishi nodir va betakror bо‘lishi bilan birga u ijtimoiylikka muxtoj qilib yaratilgan. YA’ni xatto har bir qobiliyatli kishi о‘z aqliy – amaliy imkoniyatlaridan optimal foydalanganda ham intellektual imkoniyatlarini faqat – 4-5% ini ishga sola oladi. Shuning uchun kishilarning qiziqishi, qobiliyatlar yо‘nalishi turlicha bо‘lib ular jamoalashganda aqliy imkoniyatlarning foydali ish koefisenti kо‘payadi.
Interaktiv pedagogika talabalarda ijobiy hamkorlikning har bir kishi uchun qanday katta manfaat kasb etishini amalda kо‘rsatadi. Shunda talabalar fikrlari hilma – hilligidan chо‘chimaydilar, balki undan о‘zaro manfaatdor bо‘ladilar va atrofdagi ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarga ongli munosabatda bо‘ladilar. Interaktiv pedagogika tashkiliy shakli, metodlari, talabalarning о‘zaro munosabatlari, talaba va о‘qituvchi munosabatlari bilan paternalistik (nasihat va о‘ktirishga asoslangan) pedagogikadan tubdan farq qiladi.
Masalan, interaktiv pedagogikaning «munozara» shaklidagi mashg‘uloti ikki bosqichli qilib о‘tkaziladi. Agar guruhdagi 20 ta talaba bо‘lsa, ular 4 tadan yoki 5 kishidan iborat kichik guruhlar shaklida о‘tkaziladila. YA’ni har bir stolga davra qilib о‘tiriladi. Shunday qilib, guruhda 4 yoki 5 ta davra hosil bо‘ladi. Bugungi mashg‘ulotda hal qilinishi kerak bо‘lgan muammo 4 yoki 5 ta masalaga bо‘linadi. О‘qituvchi guruhlar hal qilish lozim bо‘lgan masalalarni alohida qog‘ozlarga yozib keladi.
Har bir guruhga turli savollar tarqtiladi. Agar muammo yangi bо‘lsa, har bir kartochka – qog‘ozda savollarga qisqacha yordamchi izohlar berilishi kerak. Yoki muammoni hal qilish uchun zarur bо‘lgan materiallar bilan tanishish talabalarga oldindan topshirilapdi. Har bir guruhga о‘zlari olgan masalalarni kichik guruhlarda о‘zaro ijodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘yib munozarani tashkil qilish va tegishli javob hozirlash uchun 5-10 minut beriladi (qiyinlik darajasiga qarab). Keyin munozaraning ikkinchi bisqichi boshlanadi. Unda har bir kichik guruh vakili о‘zlari hal qilgan masalani bugun guruhga, jamoaga gapirib, isbotlay berishi kerak. Bu vakilning javobi boshqa guruh a’zolari tomonidan umumiy munozaraga olinadi va umumiy yakuniy xulosa chiqariladi. Bunda professor-о‘kituvchi munozaraga ijodiy hamkor sifatida, eng zarur paytlarda ishtiroq qilish kerak.
Fikrlarni tо‘g‘ri, notо‘g‘ri deb tasdiqlamasligi kerak. Chunki u erkin fikrlashga tо‘siq bо‘ladi. Albatga, professor-о‘qituvchi xulosaviy fikrlarda agar bо‘lsa, yordamga kelishi kerak. Xuddi shunday beshta guruhlarning javoblari munozarada hal qilingach, (5-10 minutdan) umumiy qо‘yilgan muammo muhokamasiga hamma qatnashadi. Yakuniy xulosalar doskaga yoziladi. Talabalarga tegishli reyting ballari munozara davomida va munozara yakunida quyila boradi.
Interaktiv pedagogika talabalarni amaliy va nazariy faollikka yangi g‘oyalar izlashga, о‘z fikrlari, g‘oyalarini himoya qilishga, о‘z g‘oya fikrlarini isbotlashga, boshqalarni fikrlariga hurmat va tanqidiy qarashga, muloqot, munozara olib borish sifatlarini о‘stirishga, mustaqil ishlanishga, amaliy ijodkorlikka, amaliy sifatlarga ega bо‘lishga о‘rgatadi.
Interaktiv pedagogika professor-о‘qituvchilarga о‘zlari о‘qitayotgan fanlarini zamonaviy ta’limiy, ijodiy-amaliy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funksiyalarini aniq belgilab olib milliy ta’lim modelidagi uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi asosida interaktiv pedagogikadan о‘rinli foydalanib zamon talabi darajasidagi yetuk mutaxassislarni tayyorlashdagi о‘zlarining sharafli vazifalarini bajarishlari kerak.


Nazorat uchun savollar

  1. Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati?

  2. О‘qitish jarayonida qо‘llaniladigan metodlarga qо‘yiladigan talablarni sanab bering.

  3. Ta’limning interfaol metodlari haqida

  4. Texnologik xarita nima?




1 О‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi T.:2001y 5-j 613-6.



Yüklə 29,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin