1. Ta’lim sohasida psixolog faoliyatining huquqiy asoslari va amaliyotchi psixologning ahloqiy kasbiy faoliyati


II.2.Psixolog xizmati va uning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari



Yüklə 103,24 Kb.
səhifə6/7
tarix11.04.2023
ölçüsü103,24 Kb.
#96135
1   2   3   4   5   6   7
77 mavzu

II.2.Psixolog xizmati va uning rivojlantiruvchi va korreksion ishlari
Psixologik xizmat faoliyati o'quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini tashxis qilishga, ta’lim-tarbiyadagi xatoliklaming psixologik sabablarini aniqlashga qaratilmasdan, balki bunday xato va kamchiliklarni yo'qotish va oldini olishga qaratiladi. Bundan psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.
Psixologik xizmat faoliyati bolalar, yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik xizmatga jalb qilingan pedagoglarbu mutaxassislikni olish uchun maxsus qayta tayyorgarlikdan o'tishlari lozim.
Psixologning maslahat berish rejasida quyidagi ishlar o'z aksini topishi zarur:
1. Bolalar, o'qituvchilar, talabalar ta’lirn va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslarga, jum ladan, m a’muriyat (direktor, rektor, mudir) o'qituvchilar, murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq, yaqqol maslahatlar berish.
2. Ta’lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
3. M a’muriyat, bolalar, o'quvchilar hamda talabalar va ota-onalarga ularning ruhiy o'sishi xususiyatlariga oid m a’lumotlar berishi, farzand asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish ishlarida qatnashish, tashkilotlarning g'amxo'rlik va vasiylik to'g'risidagi qabul qilgan qarorlariga munosabat bildirishi lozim.
4. Ota-onalarga bolaning ruhiy rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo'yicha ilmiy-amaliy maslahatlar beradi.
5. Maktab o'quvchilari, o'rta maxsus va kasb-hunar kolleji hamda akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli to'g'risida ilmiy-amaliy xususiyatga molik maslahatlar berish: yoshlarni saralash, tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok etish.
Mazkur ishlar o'quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o'qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o'rganishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim-tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mo'ljallangandir, Tashxis ishlari guruhiy yoki individual tarzda o'tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog qu ­ yidagi vazifalarni bajaradi.
Yosh davr taraqqiyoti rnezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, o bquvchilar, maxsus maktab o'quvchilarini, akdemik litsev va kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurti talabalarini psixologik tckshiruvdan o’tkazadi, ularning billrn savivalarini belgiiaydi. O’quvchilarning kasbiy yaroqliligini tashxis qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg4ilan. O’zini-oizi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. Maslahat berish ishlari-amalivotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o’qituvchiIar, o’quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish ishlari individual va guruhiy bolishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, o’qituvchilar ko’pincha psixologga quyidagi muammolar: turli fanlar bo'yicha olquvchilarning o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar, bolalarning o’qiy olmasligi va o'qishni istamasligi, guruhda nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari orasida oila muloqoti va bolalar jarnoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish yollari, olquvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yoilari, o'quvchilar bilan kasbga yo‘naltirish ish lari ni olib borish bo‘vie ha murojaat qiladilar. Amaliyotchi psixologga o kqituvchilar ham murojaat qiladilar: — kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatni yaxshilash masalalari, o’z -o’zini tarbivalash, kasbiy va shaxsiy o’z -o’zini bilish, aqliy m ehnat va xulq-atvor madanivati va boshqa muammolar ЬоЧ-icha maslahat so'raydilar. Psixolog o kquvchilar bilan bevosita aloqada ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to’g‘ridan to'g'ri maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o’quvchilarga va otaonalarga o'qituvchilarning u yoki bu muammolari bo’yicha 10 maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda m a’lum qoidalariga arnal qilishga to 'g li keladi. Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan shaxsning o'zaro ta’sir jarayoni, ular orasida ishonchli o'zaro munosabatni o'rnatish yotadi. Bunda psixolog — maslahat beruvchi, o'qituvchi, ota-ona — maslahat beriluvchi, o'quvchi mijoz rolida boiadi. Maslahat berish — psixologik xizmatning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o’zi nimaligi haqida yagona tushuncha yo'q. Kollejlardagi yoki akademik litseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. Psixolog aniq o’quv muassasadagi o'qituvchilar va o'quvchilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining, rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida boiadi. U har bir o^quvchi yoki o'qituvchining o’zinigina emas, shaxslararo m u ­ nosabatning murakkab tizimini ham ko‘radi, boshqa ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi. Maslahat berish ish ini chizm ada quyidagicha tasvirlash mumkin.
Psixolog maslahat 0 ‘qituvchi Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o’qituvchi o’z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon boladi.
1. O’quvchi muammolari bo'yicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o’rganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam ko’rsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o'quvchilar, hunar bilim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o'quv yurti talabalarida uchraydigan o'quv malakalari va ko'nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi muammolarni tashxis qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial tashxisni amalga oshiradi. Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-atvor sabablarini va shakllarini beigilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik, alkogolizm, o'g'irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda ishtirok qilish, ilmiv psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi.
Psixologik xizmatning ushbu yo'nalishi psixologdan inson shaxsi va individualligini tarkib toptirish jarayonida faol ishtirok etishni taqozo qiladi. Xalq ta’lim tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan holda mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo'lib, yosh, davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonunivatlarini amaliyotga tatbiq etadi, o'qituvchilar jamoasiga bolalar, o'quvchilar va talabalar ta’lim va tarbiyasini individuallashtirishda yordamlashish, ularning qobiliyati, maylini o'sish darajasiga qarab o'qituvehilarga korreksion ishlarni amalga oshirishda ko'rsatmalar beradi.
Psixologik xizmatning ushbu yo'nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan narsa bu bolalar, o'quvchilar, talabalar o'sishida kechikish, ularda xulqning buzilishi, ta’limda o’zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o'rganish hisoblanadi. Amaliy psixolog bolalar, o'quvchilar, talabalarning psixik taraqqiyotdagi, xulq-atvor muomalasidagi nuqsonlar va hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korreksiya qilish dasturini ishlab chiqaradi va amaliyotga uni tatbiq etadi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o'tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o'stirish maqsadida treninglar olib boradi.
Korreksion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tom onidan amalga oshiriladi. Mazkur ishning pedagogik jihati esa psixologning pedagoglar, ota-onalar bilan hamkorligida oikaziladi va butun mas'uliyat uning zimmasiga tushadi.
Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi:
a) amaliy psixologning maxsus ishi;
b) mashg'ulot ayrim bolalar, o'quvchilar, talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yo’naltirilgan boradi;
d) ota-onalar pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘u!otlar olib borish nazarda tutiladi.
Rivojlantiruvchi psixokorreksion ishlar dasturini shunday tuzish kerakki, unda korreksion ishga jalb qilinuvchilar guruhining qadriyatga yoiialganligi, etnopsixologik va etnomadaniyat xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Psixologning psixoprofilaktik ishlari
Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini tahlil qilib, biz psixologik xizmat doirasida alohida diagnostik ish, alohida korreksion ish haqida gapirish m umkin emas degan xulosaga keldik.
Psixologik xizmatda diagnostik — rivojlantiruvchi yo‘nalishlar ishning yagona yoiialishlaridir. D.B. Elkoninning ta’kidlashicha, bolalarni tanlash uchun, aniqlangan chetlashishlarni tuzatish maqsadida psixik taraqqiyotni nazorat qilishga yo'naltirilgan maxsus tashxis zarur. Taraqqiyotda bo’lishi mumkin bo’lgan chetlashishlarni ertaroq tuzatish uchun psixik taraqqiyotni nazorat qilish kerak. Amaliyotchi psixolog faqatgina tashxis qo'yish bilan cheklanm asdan, keyingi rivojlanish dasturini ishlab chiqadi, o'zi bergan tavsiyalarning bajarilishini nazorat qiladi, korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni o'zi ham olib boradi.
Amaliyotchi psixologning diagnostik-korreksion ishi rnurakkab faoliyat turlaridan biri bo'lib, maxsus psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Amaliyotchi psixologning diagnostikkorreksion faoliyati murakkab, javobgarlikni talab qilishi bilan birga kam ishlangandir. Bu jarayon birinchi bo'lib, tarbiyasi qiyin va normal bolalarni o'rganishga bag'ishlangan pedadogik tadqiqotlarda L.S.Vigotskiy tomonidan qollangan. I.Shvansara shaxs taraqqiyotini tashxis qilishning bosqichli eksperimentalpsixologik nuqtayi nazarini taklif etadi.
Bu bosqichlar quyidagilar:
1. Psixologga rasmiy iltimos.
2. Psixologik muammoni aniqlash.
3. Tadqiqot metodini tanlash.
4. Psixologik tashxis qo'yish.
5. Amaliy tavsiyalar.
Psixologning rasmiy iltimosga javob tarzidagi ishini birinchi nuqtayi nazar sifatida psixologning yoki bu tarbiyasi qiyin o"quvchiga nibatan o'qituvchining m a’lum ijtimoiy talabiga javobini ko'rsatish mumkin. Bu holda o'quvchiga «tarbiyasi qiyin» tashxisi (diagnozi) o'qituvchilar, tibbiyot xodimlari, voyaga yetmaganlar ishi bo'yicha nazorat xodimlari tom onidan qo'yilgan bo'ladi.
Psixologning vazifasi — qiyinchiliklarning sabablarini aniqlash va ularga mos tuzatish (korreksiya) metodlarini topishdan iborat.
Psixoprofilaktik ish — amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
Psixoprofilaktika muammolari ko'proq Amerika adabiyotlarida aks etgan. Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiladi. Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog'lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha o'quvchilarni qamrab oladi. Ko'pchilik mualliflarning ta'kidlashicha, maktab ruhiy sog'liq profilaktikasi uchun qulay hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani o'tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar. Ik k in c h i bosqich profilaktika m uam m olari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi — bolaning o'qishi va xulq-atvoridagi qiyinchiliklarni iloji boricha ertaroq aniqlab, ularni vo'qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va o'qituvehilarga maslahat berishni ham o'z ichiga oladi (bolaning o'qishi о zgarishi uchun ta'lim uslubini o'zgartirish). Uchinchi bosqich. Psixolog o’qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol ko4rinib turadigan muammolari bor bolalarga o’z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi — jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yo’qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi qiyin» bolalarga qaratiladi va o'quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi. Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik xizmatni ruhiy sogiiq xizmati sifatida faoliyat ko‘rsatishning tarafdori boiib chiqmoqdalar. Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi b o iib , maktabdagi barcha o bquvchilar uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar.
1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish;
2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag‘asida vujudga kelishi mumkin b o ig a n psixologik nuqson va muammolarni o’z vaqtida oldini olish hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda kam foydalaniladi. Вunga maktabda o lqituvchilarning bola haqida ko'p gapirishlari dalil boiadi. Chunki maktabda o'quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama m aiu m o t beradigan mutaxassis yo‘q.
Ta’lm-tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib alohida o ‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o bquvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.
Psixologivada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlavdigan xususiyatlar tushuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi — rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkonivatlarini har bir shaxsning faolligini ta'm inlashdan iborat. Bu nuqtayi nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qivin» bolalarga emas, barcha o'quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo’ladi.
Bunday diagnostik islming asosiy maqsadi — o bquvchi psixik taraqqiyotining umumiy holatini bilishdan iborat. Bunday ko‘p qirrali va to'liq tashxis natijalari psixolog uchun ham, ota-onalar, o'qituvchilar uchun ham «tarbiyasi qiyin» bola bilan olib boriladigan tuzatish va rivojlantirish ishlarining voMlarini aniqlash imkonini beradi. Bu usul yutuqlar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Bu usulni qollash juda ko‘p vaqtni olganligi uchun, uni amalga oshirishning har doim ham iloji bolm aydi. Negaki, uzoq vaqt davomida nafaqat psixolog, balki «tarbiyasi qiyin» o'quvchi ham charchaydi, tekshiruvda ishtirok etishdan bosh tortadi, topshiriqlarni o ‘zi sezmagan holda nomiga bajaradi. Tajribadan ma'lum bolishicha, ayniqsa, og‘zaki metodikalar qanchalik to’liq bo'lmasin, qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari bunday metodikalar shaxsni toliq xarakterlash uchun yetarli bolmaydi.
Rasmiy iltimosga ikki xil munosabat, ikki xilma-xil ish uslubi mavjud. Birinchisi, rasmiy iltimosga o ‘ziga xos bolm ag an javob qaytarishdir. Bu ikki usul bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, rasmiy talabga javob tarzida (uning mazmuniga bogMiq boln iag an holda) psixodiagnostik metodlar to‘plami qo’llaniladi. Ikkinchidan, rasmiy talabga o kziga xos javob qaytarishning usuli boiib, mashhur amerikalik psixolog K.Rodjers psixologiya fani va amaliyotiga kiritgan psixologik ish to^g'ri hisoblanadi. Uning fikricha, «tarbiyasi qiyin» bola bilan ishlash uchun, rasmiy talabning mazmuni qiyinchiliklar sabablarini tushunishga teng, lekin bu muhim ahamiyatga ega emas. Bola shaxsini rivojlantiradigan shunday sharoit yaratish kerakki, bu sharoit uni xulq-atvorning salbiy shakllaridan voz kechishga va yangi ijobiy shakllarini yaratishga majbur qilsin. Rasmiy iltimosga o'ziga xos bo’lmagan javob qaytarishga teskari uslub — bu rasmiy talabga qat'iy mos tushadigan diagnostik metodikalarni tanlashdan iborat: masalan, yomon o'zlashtirish haqida shikoyat tushganda, birinchi navbatda bilish jarayonlarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Bunday tashxis o'zlashtirm aslik sabablarini aniqlav olmasagina, boshqa ko'rsatkichlar qaraladi. Tashxis natijalariga mos ravishda, ko'pincha trening turida amalga oshiriladigan tuzatish ishlari olib boriladi.
Psixoprofilaktik ishlarning usullaridan biri pedagogik psixologik konsiliumni tashkil etishdir. Yu.K.Babanskiyning ta ’kidlashicha, o ‘quvchilarni o'rganishni yaxshi y olga qo'yish uchun, to liq yozma tavsifnomalar yozishdan kokra sinf o'qituvchilarining o ‘quvchilar haqidagi fikrlarini jam oa b o iib m uhokam a qilish, sinfga va o fcquvchilarga individual yondashuv rejalarini ishlab chiqish yaxshi natijalar beradi. Bunday jamoa boiib, muhokama qilishlarni shartli ravishda pedagogikpsixologik konsilium deb ataladi. Psixologik-pedagogik konsilium o'qishda orqada qolish sabablarini yoki xulq-atvordagi kamchilik natijalarini muhokama qilishga yoiialtirilgan boiadi. Pedagogik konsiliumda psixologning vazifasi — o'quvchi intellektual taraqqiyotini baholashda o'qituvehilarga har xil tomondan yondoshuvga yordamlashishdan iborat. Pedagogik konsilium imkoniyatlarini baholashda sub’yektivizmdan holi bo'lishga, ularni obyektiv baholash imkonini beradi. Lekin, shuni ta ’kidlash lozimki, o'qituvchilarda u yoki bu o'quvchi haqida o'z fikri bo'ladi, bu fikrlarni o'zgartirish juda qiyin. Shuning uchun konsilium natijasi foydali bo'lishi uchun psixolog unga jiddiy tayyorlanishi kerak. Psixolog konsiliumda ishtirok etib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. Pedagogik jam oa o'quvchi psixik va shaxsiy xarakteristikalarini turli tomondan ko'rsatish, bunda albatta ijobiy kuchli tom onlarni ta ’kidlash joiz. Kuzatish, suhbat, psixotashxis natijalariga asoslanib, o'quvchi muammolarining kelib chiqishi haqida isbotlangan farazlarni keltirish zarur.
2. H ar bir o'qituvchida o'quvchiga nisbatan munosabatni o'zgartirishga erishish zarur. Bu juda qiyin vazifa bo'lib, uni ehtiyotkorlik bilan hal qilish zarur, konsilium o'tkazguncha sekin-asta boshlash kerak. Ko'pincha o'qituvchi o'quvchiga nisbatan fikrini o'zgartirgisi kelmaydi. O'qituvchi bunda psixolog nima haqida gapirayotganini tushunmaganligi uchun emas, balki ongli ravishda o'z hayotini murakkablashtirgisi kelmaganligi uchun shunday qiladi.
3. Barcha o'qituvchilarning o'quvchi muammolarini, uning shaxsi mohiyatini jamoa bo'lib, tushunishlariga erishish.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Psixologik xizmatning asosiy vazifasi — tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iboratdir.
Ilmiy tadqiqot vazifalari — o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning m uhim m uam m olarini, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar, maktab psixologlari, psixologlar bilan o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta ’sirni ham da psixologning odobini o ‘z ichiga oladi.
Amaliy vazifalar — psixologik tadqiqot natijalarini amalda psixologik xizmat ishida q o ‘llab, bolalarning maktab ta ’limiga tayyorligini aniqlash, o ‘quvchilarning o ‘qish faoliyatini osonlashtirish, o bquvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish, o 4quvchilaming qobiliyat va moyilliklarini aniqlash va rivojlantirish, talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish, turli xildagi «qiyin» bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani hal qilishdan iboratdir.
Tashviqot ishlari — psixologik bilim larni, psixologik u m um ta’limni targ‘ib qilib, o ‘quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ota-onalar uchun seminarlar, m a’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, anjum anlar o‘tkazishdan iborat.
Bu sharoitlarning barchasiga alohida to^xtalamiz. Kichik maktab yoshida insonning maqsadli yo‘nalishi — ta ’lim va tarbiyasi amalga oshiriladi. Xuddi shu yosh psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi, harakatning ichki rejasi, faol aqliy faoliyatga ehtiyoj, o’quv ko’knikm a va malakalarini egallash uchun juda qulay yoki senzitiv yosh hisoblanadi. Boshqacha aytganda, kichik maktab yoshining oxiriga kelib bola o ‘qiy olishi va o bqishni istashi kerak.
Ta’limning keyingi bosqichlarida vujudga keladigan barcha m uam m olar (o ‘zlashtira olmaslik, maktabga borishni istamaslik) yoki bolaning o ‘qiy olmasligiga, o ‘qishga qiziqmasligiga bog‘liq b o ‘ladi. Boshlang‘ich sinflaming oxirida u yoki predmetga qiziqish borliqqa, bilish jarayonlariga faol munosabatini belgilaydi.
Maxsus o'tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, boshlang'ich sinf o'quvchilarida yorqin individual farqlarni ko'rish mumkin. Bu ular o'quv faoliyatida ko'zga tashlanadi. O'quv faoliyatida boshlang'ich sinf o'quvchilarining umumiy va maxsus qobiliyatlari birinchi o'rinda turadi. Tajriba o'tkazilgan bolalarning 80 %ida qandaydir muvaffaqiyatga erishilgan. Shunday qilib, maxsus qobilivatlarni o'quvchilar individual farqlarining asosi sifatida qarab, o'quv-tarbiya ishlarida ularni hisobga olish zarur. O'quvchilarning shaxsiy va psixik rivojlanishida um um iy maxsus qobiliyatlar muhim omil hisoblanadi. O'quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini anglashi, ularning qanchalik rivojlanganligidan qat’iy nazar um um an shaxsning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti muhim hisoblanadi. O'smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi.
Muloqotdagi muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, o'zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning o'rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday ko'rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot o'smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga e ’tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. 0‘smirda xuddi shu tengdoshlari bilan muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim ko'rsatkiehi bolm ish qadrivatlar shakllana boshlaydi. Ularda asosan muloqot — qadrivatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari orasida o'zini ko'rsatishga, o'zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, o'ziga ishonish, xatti-harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, o'z fikriga ega bo’lish, mustahkam iroda, o’z-o’zini nazorat qilish, halollik, koiigilchanlik kabi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga sabab boiadi. Psixologik tashviqot ishlari teleko'rsatuv va radio orqali eshittirish qilish, yakkama-yakka maslahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan iboratdir. Psixologik xizmatning uchala vazifasi o ‘zaro chambarchas bogiiq, ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq.
Maktabdagi psixologik xizmat O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika Tashxis markazi tomonidan tashkil etilib, quyidagi tartib va darajaga egadir:
1. Yuqori darajada — psixologik xizm at vazifalarini aniqlash, uning hujjatlarini tartibga keltirish Respublika xalq taiim i vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazining buyurtmasiga binoan yuqori malakali psixologlar (pedagogika institutlari, universitetlarining psixologiya kafedralari) tom onidan amalga oshiriladi.
2. O‘rta darajada — m azkur hujjatlar tom onidan hali hisobga olinmagan yangi masalalarni amaliy ravishda hal etish — psixolog mutaxassislar (Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi viloyat, tuman, shahar tashxis markazi) tomonidan amalga oshiriladi.
3. Asosiy ommaviy darajada — psixologik xizmatning kundalik vazifalarini, amaliy psixologik xizmat haqidagi qonun va qoidalarga binoan psixologik jihatdan to'g'ri hal qilish.
Bu ish amaliyotchi psixologlar (maktab psixologi), viloyat xalq taiim i boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat boiimlari, tuman, shahar xalq taiim i boiim lari qoshidagi psixologik xizmat (boiim lar) xonalari, maktab, maktabgacha tarbiya muassasalari, kasb-hunar kollejlaridagi amaliyotchi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi. Maktab psixologi maxsus tayyorgarlikka ega (pedagogika institutlarining amaliyotchi psixologlar tayyorlaydigan maxsus kurslarini, universitet va institutlarning psixologiya fakultetlarini bitirgan) bo’lishlari kerak.



Yüklə 103,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin