1-dars. O’simlik organlari. Ildiz turlari va tizimlari. 2-dars. Ildiz xillari bilan tanishish. 3-dars. Ildizning tashqi va ichki tuzilishi 4-dars. Ildizning o’sishi va nafas olishi. 5-dars. Ildizning tuproqdan suv va mineral tuzlarni shimishi. 6-dars. Mineral o’гitlar. Bu bo’limda 1, 2, 3, 6- darslar morfologik tushunchalarni rivojlantirishga qaratilgan. “ Poya” mavzusi bo’yicha darslar. Poya bobidan o’rin olgan mavzularning didaktik maqsadi o’quvchi-larni poyaning umumiy belgilari, novda, kurtaklarning xillari, uiarning poyada joyiashishi, poyalarning xilma-xilligi, ichki tuzilishi, o’sishi, poyada oziq moddalarning harakatlanishi, shakli o’zgargan novdalar, ularning o’simlik va inson hayotidagi ahamiyati bilan tanishtirish sanaladi, o’quv dasturida ushbu bobni o’rganish uchun 8 soat vaqt ajratilgan bo’lib, mavzularni darslarga quyidagicha taqsimlash tavsiya etiladi: 1-dars. Poya. Novda 2-dars . Kurtak 3-dars. Poyalarning xilma-xilligi 4-dars. Poyaning ichki tuzilishi 5-dars. Poyaning bo’yiga o’sishi 6-dars. Poyaning eniga o’sishi 7- dars. Poyada oziq moddalarning 8-dars. Shakli o’zgargan yer osti novdalar. Piyozbosh.Tugunak ildizpoya. Bu bo’limda 1, 2, 3, 8- darslar morfologik tushunchalarni rivojlantirishga qaratilgan. 4. Morfologiyaga oid darslarda ishlatiladigan tarqatma materiallar bilan tanishtirish. Ildizning tashqi tuzilishi va ildiz sistemasining tiplari o’rganilganda loviya uruгi va buгdoy donining ikki xaftalik undirilgan o’simtalaridan, гo’za va makkajo’xorining tozalangan ildizlaridan, loviya va buгdoy uruгlarining ikki xaftalik o’simtalaridan ildizning qismlari, ayniqsa ildiz гilofi va ildiz tuklari o’rganilayotganda xam tarqatma material sifatida foydalaniladi. O’simliklardan tayyorlangan gerbariylardan xam foydalanish mumkin.