1. Texnologiya fanida didaktik tushunchalar. Mavzusiga oid taqdimot tayyorlash



Yüklə 214,51 Kb.
səhifə3/5
tarix13.04.2023
ölçüsü214,51 Kb.
#97394
növüReferat
1   2   3   4   5
1. Texnologiya fanida didaktik tushunchalar. Mavzusiga oid taqdi

Yangi mavzu bayoni:

Stanoklarning elementlari asosiy va yordamchi elementlarga ajratiladi:

Tokarlik ishi deb, yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumni o‘zi o‘qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo‘nib ishlov berish usuliga aytiladi. Bu usulda tayyorlangan mahsulotlar tokarlik buyumlari yoki detallari deyiladi. STD-120 rusumidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogida ishlov berilayotgan material oldingi babkaning planshaybasi markazi bilan orqa babkaning o‘rta tishli markazi orasiga mahkam o‘rnatiladi. Bunda orqa babkaning korpusi staninaning yo‘naltiruvchi bo‘ylab ishlov berilayotgan material uzunligiga muvofiq surib kerakli joyda mahkamlanadi. Planshayba ishlov berilayotgan buyumni oldingi babkada boltlar va
qisqichlar yordamida o‘rnatish moslamasi bo‘lgan diskdan iborat. Stanokning asosiy detail stamina bo‘lib, u ikkita tayanchga o‘rnatilgan. Staninada oldingi va orqa babka va keskichlar o‘rnatish uchun tutqichli tayanch mavjud. Stakda himoya ekrani , chap tomonida esa elektrodvigatel va magnitli ishga tushurgich o‘rnatilgan. Elektrodvigatel shkivdan aylanma harakatni babkaning ikki pog‘onali shkiviga ponasimon kesimli tasma orqali uzatiladi. Oldingi babka materialni mustahkam o‘rnatish va uning aylanma harakat qilishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Stаnоklаrning аsоsiy qismlаri vа vаzifаlаri. Yog‘оchgа ishlоv bеrаdigаn tоkаrlik stаnоgining ish tаmоyillаri, undа bаjаrilаdigаn оpеrаtsiyalаr o‘rganiladi. Mavzuni o‘rganishda mehnat usullarini namoyish etish va mashq qildirish kabi o‘rganish metodlari muhim o‘rinni egallaydi. Bu metodlar oqilona tarzda almashtirilib turilishi zarur. Masalan, tashqi tsilindrik yuza yo‘nishga kirishilganda o‘qituvchi o‘quvchilardan biriga zagotovka va keskichni o‘rnatish hamda mahkamlab qo‘yishni taklif etadi. O‘qituvchi o‘quvchining qarakatlarini tahlil qiladi, uning xato harakatlariga hammaning diqqatini qaratadi. Keyin o‘qituvchi keskichni qo‘lda ravon va bir tekis siljitib silliq tsilindrik detallarni xomaki yo‘nishni namoyish qiladi nima uchun kesishning boshqa usulini emas, balki aynan shu usulini tanlaganini tushuntirib beradi. SHundan so‘ng ayrim operatsiyalarni o‘quvchilardan biri bajaradi. qolganlar uning ishlashini diqqat bilan kuzatib turishadi.


  1. Yüklə 214,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin