Biz endi matn qismlarini ajratish mumkinligini bilamiz
yarim qalin yoki og‘ma shrift bilan. Bundan tashqari, belgining fiksirlangan kenglikdagi matn qismlarini kiritish mumkin
110. HTMLda ro‘yxatlar - HTMLda ro’yxatlar axborotni mantiqiy ketma-ketlikdagi elementlarga bo’lish imkonini beradi. Formatlash stillari yordamida yaratiladigan bunday ro’yxatlar tilning boshlang’ich rivojida foydalanilgan brauzerlar tomonidan ham ta’minlanadi.
Biz ro’yxat yaratishning quyidagi teglari bilan tanishamiz:
– ro’yxat elementi (bunda berkituvchi teg talab qilinmaydi);
…
– ta’riflash ro’yxati tegi;
…
– ta’riflash ro’yxati qismi hisoblangan ta’riflanayotgan (aniqlanayotgan) termin;
…
– terminni ta’riflash.
Matnli hujjatlarni formatlashda ro’yxatlar muhim rol o’ynaydi. Web-sahifada taqdim etilayotgan axborotlarning tushunarliligi juda muhim. Ro’yxatlar axborotni huddi shunday ko’rinishda taqdim etishga yordam beradi. Foydalanuvchilar, butun matnni o’qib chiqmasdan, o’zlariga zarur bo’lgan axborotga oson o’tadilar. Ro’yxatlar axborotni nafaqat tushunarli bayon etish, balki mantiqiy tartiblashga ham yordam beradi. Bu foydalanuvchining avvaldan o’rnatilgan tartib bo’yicha harakatlanishiga imkon beradi. Ro’yxatlar yordamida hujjatning mazmunini shunday joylashtirish mumkinki, foydalanuvchini tez va zarur ketma-ketlikda asosiy g’oya bilan tanisha olsin.
Ro’yxatlarning yana bir muhim xususiyati – axborotni ajratish imkonini beruvchi chekinish (otstup)lardan foydalanish. Shunday qilib, bo’g’inga kiruvchining e’tibori zarur axborotga qaratiladi.