Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati
vaqtga nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni,
uning yaratilishi to undan foydalanishni to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi
hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib
turadi:
Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil).
Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish,
yaratiladigan AAT ga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy
asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga
muvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va
ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning
texnik loyihasini rasmiylashtirish.
Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish)
Axborot tizimining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy
siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi
muhitgacha o‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir
bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar
va hujjatlar to‘plami shakllanadi.