89. kompyuterkonfirensiyalari
a.
Kompyuter konferensiyalari biror muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilari o’rtasida axborot almashish uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanadi. Albatta, bu texnologiyaga kirish huquqiga ega bo’lganlar soni chegaralangan. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko’p.
Kompyuter konferensiyalari (telekonferensiyalar) ommaviyligi bo’yicha elektron pochtadan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Agar elektron pochta xabarni «birdan birga» printsipida uzatsa, tarmoq yangiliklari xabarni «birdan ko’pchilikka» printsipida uzatadi. Har bir xabarni uzatish mexanizmi «mish-mish» tarqalishini eslatadi: tarmoqning har bir bo’g’ini biror yangilikni «bilsa», axborotni barcha tanish bo’g’inlarga uzatadi. Ular o’z bilgan bo’g’inlariga va h.k. Shunday qilib, xabar qisqa muddat ichida butun dunyodagi konferensiya ishtirokchilariga yetib boradi.
Xalqaro mustaqil telekonferensiyalar tarmog’i UseNet deb nomlanadi. UseNet deyilganda, Internetning barcha foydalanuvchilarigaguruhli munozaralarda ishtirok etish imkonini beruvchi tizim tushuniladi. Guruh yangiliklarining muhim jihatlaridan biri butun dunyo bo’ylab millionlab insonlar bilan muloqot qilish imkoniyatidir. Mutaxassislar o’z hamkasblaridan tez va malakali yordam olishlari mumkin. Bu tarmoq birinchi navbatda texnik mutaxassislar o’rtasida axborot almashish uchun o’ylab chiqilgan. Hozirda UseNet 40.000 dan ortiq telekonferensiyalarni ta’minlaydi. Mavzular guruhi turli-tuman va deyarli barcha soha qiziqishlarini o’z ichiga oladi. Rus serverlari o’rtacha 15.000 – 19.000 guruh yangiliklarni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |