97.Elektron tijoratda axborotni himoyalash
Forrester Research tadqiqotlariga ko’ra, tarmoqni himoyalashga sarflanadigan mablag’ning katta qismi ma’lumotlarni shifrlash va brandmauerlarni mustahkamlash bilan bog’liq. Ammo, tezkor shifrlash uchun anjom, raqamli sertifikatlarga xizmat ko’rsatish va himoyalanish qoidalari sifatida qilingan bunday o’zlashtirish, tijorat Web serverini buzish natijasida keltiriladigan moliyaviy zararni hisobga oladigan bo’lsak, odatda qisqa muddatlarda o’zini oqlaydi. Tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanadiki, qo’llab-quvvatlash xizmatiga bo’lgan barcha murojaatlarning 40%i hayolparast foydalanuvchilarning parolni tiklash iltimosi bilan bog’liq. Qo’llab-quvvatlash xizmatining bu yo’nalishdagi harajatlarni smart-kartalar yordamida sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Va nihoyat, Forrester tadqiqotlarida shu narsa ta’kidlanadiki, Fortune 1000 qatoridagi kompaniyalar tarmoqni himoyalash uchun yiliga kamida bir million dollar mablag’ sarflaydilar. Bu xarajat katta ko’ringani bilan buzishdan keladigan zarar bilan taqqoslanganda hech narsa emas.
Elektron tijoratlar uchun mahsulotlar va raqamli sertifikatlar xizmati ishlab chiquvchi VeriSign kompaniyasining korporativ marketing bo’yicha direktori Djina Klyayn Djorashning xabar berishicha buyurtmachilar raqamli sertifikatlarga 400 – 1000 dollar oralig’ida, bir Web server sertifikatining to’liq xizmatlari spektri uchun 200.000 –
dollar harajat qiladilar. Bunday sarflardan tashqari, himoyalash tizimining ajralmas qismi bo’lgan brandmauerning narxini ham hisobga olish zarur.
98.Axborot tizmlari xavfsixzligiga tahdidlar
Dostları ilə paylaş: |