1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida. O`zbekiston toponimikasi va etnografiyasining bog`liqlik jihatlari



Yüklə 127,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix22.12.2023
ölçüsü127,89 Kb.
#189940
1   2
Lecture - 12


— 
VIII 
asrlarda Choch, Shosh, Shoshkent, Binkent deb atalib kelgan 
va ayni vaqtda shu nomdagi feodal davlatning poytaxti bo`lgan. Buyuk ipak yo`lida 
joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib 
borgan turli aloqalarida muhim rol o`ynagan. 
VI asrda turk xoqonligi tarkibiga qo`shib olingan. Turklar shaharni zabt etgach, 
uning atrofini kuchli mudofaa devorlari bilan o’rab olganlar. Arxeologik qazish 
vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va ro`zg`or buyumlari bu erda yuksak 
madaniyat bo`lganligidan dalolat beradi. 
Bundan tashqari Toshkent hududida VI —VIII asrlarga oid bir qancha qasrlar 
harobasi (masalan, Toshkentning shimoli-sharqiyidagi Oqtepa tepaligida) saqlanib 
qolgan. 
VIII
 
asr boshlarida Toshkent arablar bosib oladilar: shahar aholisi arablarga 
qattiq qarshilik ko’rsatganlar. 
Toshkent o`zaro urushlar, qo`zg`olonlar, ko`chmanchi qabilalar hujumlari 
natijasida bir necha marta vayron qilingan. IX asrda shahar oldingi o’rnidan shimoli-
sharqiy tomonda — Bo`zsuv kanali etagida barpo bo`lgan. 


Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshg`ariy ma`lumotlariga ko’ra, shahar XI 
asrdan Toshkent deb atala boshlagan. 
IX — X asrlarda Toshkent Somoniylar davlati, X asr oxirlaridan XIII asr 
boshigacha Qoraxoniylar va Qoraxitoylar davlatlari tarkibida bo`lgan. Qadimiy 
manbalardan bayon qilinishicha, Toshkent bu davrda qal`a, ichki va tashqi 
shahardan iborat bo`lib, atrofi bir necha qator mudofaa devori bilan o’ralgan. 
Shaharda kulolchilik, o`q-yoy, gazlama, gilam, chodir hamda charm mahsulotlari 
ishlab chiqarish rivojlangan. 
XIII 
asr boshida Toshkentni Muhammad Xorazmshoh bosib oladi va 1214 yili 
Mo`g`ul qo`shinlari yo`lini to`sish maqsadida aholini ko`chirib, shaharga o`t 
qo`ydiradi. Shahar bir necha vaqtgacha tiklanmaydi. Faqat Temuriylar davlati 
tarkibiga qo`shib olingandan keyingina qayta quriladi, 1404 yilda Ulug`bek 
ixtiyoriga mulk tarzida beriladi. Keyinchalik Temuriylar o’rtasida boshlangan taxt 
uchun kurashdan foydalangan Mo`g`ul xoni Yunusxon Toshkentni o`z qarorgohiga 
aylantiradi. 
1501 yilda Shayboniyxon Mo`g`ullarni tor-mor etib Toshkentni idora qilishni 
o`z amakilari — Suyunchxo`jaxon va Ko`chkinjixonga topshiradi. Ularning davrida 
Toshkent O’rta Osiyoning hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayot 
markazlaridan biriga aylanadi. 
XVI asrning birinchi yarmida Toshkentda katta qurilish ishlari olib boriladi. Bir 
qancha saroy va madrasalar quriladi. Masalan, Baroqxon va Ko`kaldosh madrasalari 
Shayboniyxonlar davrida qurilgan ko’rkam va hashamatli binolardandir. 
Hunarmandchilikning rivojlanishi savdo-sotiq aloqalarining kengayishiga olib 
keladi. 
XVI asrning ikkinchi yarmida Qozon va Astraxan’ xonliklarining bosib olinishi 
va Rus davlatiga qo`shib olinishi natijasida Toshkent bilan Moskva o’rtasida savdo 
aloqalari rivojlanadi, har ikki tomon bir-biriga elchilar yuboradilar. 1576 yilda 
Toshkent Shayboniyxonlardan Abdullaxon qo`l ostiga o`tadi. Uning o`limidan 
keyin esa Toshkentni Qozon xoni Tavakkal bosib oladi (1599). 1613 yili 
Ashtarxoniylardan Imomqulixon qozoqlarni tor-mor keltirib, Toshkentni qaytarib 
oladi va Toshkentga o`z o`g`li Iskandarni noib qilib tayinlaydi. 
Biroq Iskandarni tez orada qo`zg`olon ko`targan toshkentliklar o`ldiradilar. 
Bundan g`azablangan Imomqulixon Toshkent aholisini qirg`in qiladi. XVIII asr 
boshida Toshkent uchun Jung`oriya xonligi bilan Qozoq xonligi o’rtasida ko`p 
urushlar bo`ladi. 1723 yilda qozoqlar yengilib, Toshkent Jung`or xoni Galdan-
TSiren qo`liga o`tadi. Bu davrda Toshkent aholisi uzumchilik hamda poliz ekinlari, 
bug`doy, tariq, arpa, suli, zig`ir, kunjut etishtirish bilan shug`ullangan. 


Shahar rastalarida ipak mato ip-gazlama, zarbof kiyimlar ko`p bo`lgan. Rus 
savdogarlari Toshkentga movut, qunduz terisi va turli bo`yoqlar keltirishgan. 
Toshkent bilan Balh Xiva, Buxoro, Samarqand, Qulob, Shahrisabz va boshqa 
shaharlar o’rtasida savdo-sotiq rivojlangan. Pul muomalasi u davrda hali yaxshi 
rivojlanmagan edi. Toshkent aholisiga xonlik g`alla va qoramol bilan to`lanadigan 
maxsus soliq (hosilning o`ndan bir qismi miqdorida) solgan. Jung`oriya xonligi 
barham topgandan keyin (1758 yil) Katta o’rda hujumlari natijasida Toshkent ko`p 
zarar ko’radi. 
XVIII asr o’rtalarida Toshkent to’rt daha (Sebzor, Ko`kcha, Beshyog`och, 
Shayxontahur) ga bo`lingan bo`lib, ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. 
Bu davr tarixda «Chor hokim» (to’rt hokim) nomi bilan mashhur. Shaharning devori 
(uzunligi 14 km) va Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag`bon, Chig’atoy, Ko`kcha, 
Samar-qand, Kamolon, Beshyog`och, Qo`qon, Qashqar, Qo`ymas degan 12 ta 
darvozasi bo`lgan. 
XVIII asrning oxirlarida Shayxontahur dahasining hokimi Yunusxo`ja qolgan 
uch daha hokimligini ham o`z tasarrufiga olib, Toshkentda feodal tarqoqlikka chek 
qo`yadi. Bir necha harbiy yurishdan so`ng u Katta o’rdadan Toshkent atrofidagi 
qishloqlarni qaytarib olishga, Toshkent aholisiga tinchlik bermayotgan ko`chmanchi 
qozoqlarni bo`ysundirishga muvaffaq bo`ladi. 
1799 yili Qo`qon qo`shinlari Toshkentni qamal qildi, ammo toshkentliklarning 
kuchli zarbasiga uchrab, orqaga qaytadi. 1800 yili Yunusxo`ja Qo`qon xonligiga 
qarashli Quramani bosib oladi. Biroq 1807 yili Qo`qon qo`shinlari bilan bo`lgan 
jangda Yunusxo`ja yengilib, Quramani qaytarib beradi. Yunusxo`ja vafot etgach 
(1810 yili), Toshkentga uning o`g`li Sultonxo`ja hokim bo`ladi. Yunusxo`janing 
o`limidan foydalangan Qo`qon xoni Olimxon o`z ukasi Umarxon qo`mondonligida 
qo`shin yuborib, Toshkentni egallaydi va unga Sultonxo`janing ukasi Hamidxo`jani 
hokim qilib tayinlaydi. Hamidxo`ja Qo`qonga bo`ysunmay qo`yadi. Natijada 
Olimxon shaxsan o`zi qo`shin tortib, Toshkentni Qo`qon xonligyga uzil-kesil 
qo`shyb oladi. Shundan boshlab Toshkent hokimi faqat Qo`qon xoni tomonidan 
tayinlanadigan bo`ldi. 
XIX asr o’rtalarida Toshkent O’rta Osiyoning Rossiya bilan savdo-sotiq 
qiluvchi eng yirik markaziga aylanadi. 
Rossiya bilan O’rta Osiyo shaharlari olib borayotgan savdo-sotiqning 40%i 
birgina Toshkentga to`g`ri kelar edi. Har yili Orenburg va Semipalatinsk 
shaharlariga Toshkentdan paxta, paxta mahsulotlari, ipak, guruch, quruq mevalar, 
jun va boshqa mahsulotlar ortilgan tuya karvonlari jo`natilar edi. U erdan esa 
Toshkentga ip-gazlamalar, temir metall buyumlar, mo`yna va boshqalar keltirilardi. 
1865 yili Toshkent chor qo`shinlari tarafidan bosib olindi. 1867 yildan 
Turkiston general-gubernatorligi Sirdaryo viloyatining markaziga aylandi. Toshkent 


aholisi ikki yoqlama — podsho mustamlakachilar hamda mahalliy ekspluatatorlar 
zulmi ostida qoldi. Ijtimoiy va milliy mustamlaka zulmining avjga chiqishi 
natijasida Toshkent mehnatkash ommasi 1892 yilda qo`zg`olon ko`tardi. 
1899 yili Zakaspiy temir yo`li bu ergacha etib keldi. 1905 yili esa Toshkentni 
markaziy Rossiya bilan bog`lovchi eng yaqin yo`l — Orenburg — Toshkent temir 
yo`li qurildi. Toshkent asosiy temir yo`l uzeli, savdo va tranzit punktiga, ko`p 
millatli Turkiston o`lkasining ma`muriy-siyosiy markaziga aylandi. Shaharda yangi 
sanoat korxonalari hamda savdo muassasalari vujudga keldi. 
1813 yili Toshkentda III sanoat korxonasi, jumladan 15 ta paxta tozalash 
zavodi, 3,5 mingdan ortiq hunarmandchilik ustaxonasi, 22 rus va chet el savdo 
firmalarining bo`limlari, 186 ta katta-kichik magazin bor edi. Toshkent aholisi, 
asosan, xunarmandchilik, dehqonchilik, bog`dorchilik va savdo-sotiq bilan 
shug`ullanar edi. eski shaharning sharqiy tarafida yangi shahar barpo qilinib, 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o`zgarishlar asosan Toshkentning shu qismida ro`y 
bergan. Trshkentda sanoat korxonalari rivojlanishi tufayli mahalliy kapitalistlar sinfi 
bilan bir qatorda mahalliy ishchilar sinfi ham etishib chiqa boshladi. Mahalliy 
ishchilar sinfi, asosan, paxta tozalash, yog`-moy, vino-aroq, g`isht, pillakashlik 
korxonalari va boshqa korxonalar ishchilaridan, temir yo`l, tramvay ishchilaridan 
shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalaridan yollanib ishlayotgan ishchilardan 
iborat edi. Toshkentdagi Bosh temir yo`l ustaxonasi (hozirgi Toshkent teplovoz 
vagon remonti zavodi)ning 800 ishchisidan 120 tasi mahalliy millat vakili bo`lgan. 
Turkiston proletariatining ko`pchilik va ilg`or qismini tashkil yetgan. Toshkent 
ishchilari Rossiyada sinfiy kurash maktabini o`tgan rus ishchilari ta`sirida asta-sekin 
siyosiy qurashga jalb etila boshlaydilar. 1903 yili Toshkentda sotsial-demokratik 
to`garak tuziladi. 1904 yili esa dastlabki mayovkalar o`tkaziladi, yashirin 
bosmaxonalar tashkil qilinadi va «Iskra» gazetasi tarqatila boshlaydi. 
Toshkent 
mehnatkashlari 
ham 
1905—1907 
yillardagi 
Turkiston 
mehnatkashlarining g`alayonlarida ishtirok etdilar. Butun Rossiya Oktyabr’ ish 
tashlashi podsho hukumatining eng «mustahkam» va so`nggi tayanchi bo`lgan 
armiyani ham qo`zg`atdi. Turkiston armiyasida g`alayon o`sib bordi. Natijada 
Toshkent Tuproq qo’rg`oni soldatlarining qurolli qo`zg`oloni bo`ldi. 1912 yili Lena 
oltin konlari ishchilarining otilishiga javoban Toshkent yaqinida joylashgan 
Troitskiy harbiy lager’ sapyorlari qo`zg`olon ko`tardilar. 
1916 yil 25 iyunda podsho Nikolay II «imperiyadagi begona aholi erkaklarini» 
mardikorlikka safarbar qilish to`g`risida farmon berdi. Turkistonning tub aholisi 
safarbarlikka qarshi norozilik namoyishlari o`tkazdi. Joylarda bu harakat 
qo`zg`olonga aylandi. Jumladan, Toshkent mehnatkash ommasi 4 iyulda qo`zg`olon 
ko`tardi. 


1917 yil 25 oktyabrga o`tar kechasi Petrogradda qurolli qo`zg`olon boshlanib, 
muvaqqat hukumat ag`darib tashlandi, hokimiyat ishchi va soldat deputatlari 
Petrograd Soveti qo`liga o`tdi. 
G`alayonda qatnashgan ishchilarning g`alabalari to`g`risidagi xabar 27 
oktyabrda Toshkentga ham etib keldi. Bu xabardan ruhlangan ishchilar burjua 
hokimiyatiga qarshi qurolli qo`zg`olon ko`tardilar. 28 oktyabrda qo`zg`olonchilar 
qo`mitasi tuzildi. Qo`mita Toshkent ishchilar va soldatlarining- qo`zg`olondan 
norozi bo`lgan kuchlarga qarshi kurashiga boshchilik qildi. O`sha kuni soat 6 da 
temir yo`l ustaxonasi gudok chalib, qurolli qo`zg`olon boshlashga signal berdi. 
Qo`zg`olon 31 oktyabrgacha davom etdi. Qo`zg`olon natijasida 1 noyabrda 
Toshkentda yangi hokimiyat o’rnatildi. Lekin bu hokimiyat Turkiston xalqlariga 
ozodlik keltirmadi. 
2- jahon urushigacha besh yilliklar davrida Toshkentda bir qancha sanoat 
korxonalari — «Qizil tong» tikuvchilik fabrikasi, «O’rtoq» tamaki fabrikasi, 
poyabzal fabrikasi, mashinasozlik zavodi, Toshkent to`qimachilik kombinati, 
metallsozlik zavodi va boshqalar qurildi. O`zbekiston bo`yicha Toshkentda birinchi 
bo`lib GOELRO rejasini amalga oshirishga kirishildi. Bo`zsuv, Qodiriya va Bo’rjar 
GESlari bunyod qilindi. 2- jahon urushi yillarida ko`pgina g`arbiy tumanlardan 
sanoat korxonalari, oliy o`quv yurtlari, madaniy-maishiy muassasalar Toshkentga 
ko`chirildi. Toshkent mamlakatning eng yirik sanoat markazlaridan biriga aylanib 
qoldi. Ikkinchi jahon urushi davrida O`zbekiston Qizil Armiyaning qudratli 
arsenaliga aylanib qoldi. 
Sovet hukumati nemis boshinchilariga qarshi umumiy harbiy safarbarlik 
o`tkazdi. O`zbekistonning harbiy xizmat yoshidagi minglarcha aholisi, shu jumladan 
o`zbek yoshlari ham Vatanni yovuz boshinchilardan himoya qilish uchun urush 
maydonlariga jo`nab ketdilar. O`zbek jangchilari Vatan urush frontlarining 
hammasida kurash olib bordilar. Minglab jangchilarimiz Sankt-Peterburg, Moskva 
mudofaalarida ishtirok etdilar. O`zbek jangchilari Ukraina, Belorussiya, Qrim, 
Boltiq bo`yi respublikalarini ozod qilishda qatnashdilar. Urush davrida 118 ming 
o`zbek jangchilari har xil davlat orden va medallari bilan mukofotlandi va 65 kishi 
«Qahramon» unvoniga sazovor bo`ldi. 
Ikkinchi jahon urushi maydonlarida minglarcha o`zbek yoshlari qo’rqmas 
razvedkachi, mohir snayper, dovyurak tankchi, to`pchi, ziyrak partizanlar sifatida 
dong chiqardilar. 
Urush yillarida o`zbek xalqi frontni qurol, oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan 
ta`minlashda katta xizmat ko’rsatdilar. 
O`zbek xalqi O`zbekistonga ko`chirib keltirilgan korxonalarni joylashtirish, 
front talabini qondirish uchun bir qancha yangi korxonalar, zavod-fabrikalarni ishga 
tushirdi. Bu korxona, zavod-fabrikalarni ishga solish uchun energetika bazasini 


kengaytirish uchun Toshkent vohasida 6 GES, Farg`ona vodiysida issiqlik 
elektrostantsiyasini qurish, Chirchiq va Bo`zsuvda 5 GES, Sirdaryoni bo`g`ib 
Farhod GES lari qurildi. Shunday qilib, urush yillarida O`zbekiston sanoatining 
barcha tarmoqlari kengaydi. 
Qishloq xo`jaligida ham xalqimiz fidokorlik namunalarini ko’rsatdi. Jamoa 
xo`jaligi mehnatkashlari tashabbusi bilan 40 — 42-yillarda Shimoliy Toshkent 
kanali «hashar» yo`li bilan qurilib, Moskva, Sankt-Peterburg va Toshkent aholisini 
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minladilar. 
Urush o`zbek xalqini og`ir sinovdan o`tkazib, yuqori darajada chiniqtirdi. 
Toshkent sanoati 1943 yilda 1940 yildagiga nisbatan 3 baravar ko`p mahsulot berdi. 
Ukraina, Belarussiyaning g`arbiy tumanlaridan Toshkentga vaqtincha ko`chirilgan 
aholi boshpana va ish bilan ta`minlandi. 
Ko`chirib keltirilgan bolalarga alohida g`amxo’rlik qilindi. Bir qancha bolalar 
uylari ochildi. Minglab Toshkentliklar bolalarni o`z qaramog`iga oldilar. 
Toshkentlik Shoahmad va Bahri Shomahmudovlar oyiasi 15 ta turli millat bolalarini, 
Bahrixon Ashurxodieva 8 bolani olib parvarish qildilar. 
Urushdan keyingi yillarda Toshkendagi og`ir sanoat tarmoqlari tez sur`atlar 
bilan rivojlandi. Yirik sanoat korxonalari — «O`zbekselmash», «Ekskavator 
zavodi», «Tashtekstilmash», «Tashxlopkomash», «Tashkentkabel’», Toshkent 
yog`-moy kombinati, Toshkent karborund zavodi, mashinasozlik, elektrolampa va 
elektromexanika zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati va boshqalar qurildi. 
eski sanoat korxonalari ta`mirlanib yangi asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Yalpi 
sanoat mahsuloti 1917 yilga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan 150 marta 
o`sdi. 
1966 yilgi zilziladan keyin Toshkent qardosh respublikalar yordamida, yangi 
bosh reja asosida qurildi. Toshkent birodarlashgan shaharlar jahon federatsiyasining 
a`zosi, birodarlashgan shaharlar birinchi konferensiyasining qatnashchisidir. 8 ta 
chet el shahri — Qarochi (Pokiston), Patiala (Hindiston), Tunis, Tripoli (Liviya), 
Marokash, Bamako (Mali), Skople (Yugoslaviya) va Sietl (AQSH) bilan 
birodarlashdi. 
Hozirgi kunda Toshkent tanib bo`lmas darajada o`zgarib bormoqda. Shahar 
loyixasi me`morlar tomonidan qayta ishlanib, milliy uslubdagi turar joy dahalari qad 
ko`tarmoqda. Uning keng asfal’tlangan ko`chalari, osmono`par uylari, o`nlab 
madaniyat va istirohat bog`lari, yuzlab kinoteatrlari shahar mehnatkash ommasiga 
xizmat qilmoqda. 
Toshkent shahri va uning vohasi iqlimi mo``tadil, daryolari sersuv, tuprog`i 
kimyoviy elementlarga boy bo`lishi, bu vohada sug`orma dehqonchilikning 
qadimdan rivojlanishiga qulay sharoit yaratgan. 


Toshkent vohasi, shu jumladan shaharni Chirchiq daryosi ob-hayot bilan 
ta`minlaydi. Chirchiq daryosining o`ng sohilini 120 ta, chap sohilini esa katta-kichik 
41 ta kanal va ariqlar o`z suvlari bilan ta`minlaydi. Demak, bu ariq va kanallarning 
gidrotoponimikasini batafsil bayon qilish, bu toponim, gidronim va etnonimlarni 
ilmiy jixdtdan tahlil qilish kitob hajmini yanada kengaytirib yuboradi. Shuning 
uchun biz Toshkent shahrining asosiy suv arteriyasi bo`lgan, Chirchiq daryosidan 
bosh oladigan: Iskandar, Zahariq, Bo`zsuv, Anhor, Kaykovus, Solar, Qorasuv kabi 
kanallar, shahardagi ayrim nomlarning toponimikasi haqida fikr yuritamiz, xolos. 
Bo`zsuv — Toshkent shahrini oralab o`tadigan kanal nomi. N. G. Mallitskiy 
Bo`zsuvni «buzoq suvi» deb izohlaydi. Orenburg viloyatidagi Buzuluk daryosining 
nomini ham ba`zilar Buzoq suv deb atashadi. Aslida esa Bo`zsuv suv rangiga ko’ra 
shunday nom olgan. Shunisi qiziqki, Chirchiqning bosh irmoqlaridan biri Ko`ksuv 
deb ataladi, haqiqatan ham bu suv shishaday ko`m-ko`k. 

Yüklə 127,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin