12-Mavzu:
Toponimika – etnos ongning tarkibiy qismi (4-soat).
Reja:
1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida.
2. O`zbekiston toponimikasi va etnografiyasining bog`liqlik jihatlari.
Dastlab, toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning vazifasini tarixiy
geografiya fani bajarib kelardi.
Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida
maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya`ni er tili deb ham atashadi.
Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo`lib, «topos» — joy, «onom» yoki
«onima» — nom, umuman joy nomini o’rganadigan fan degan ma`noni bildiradi.
Geografik nomlar va zamin qa`rida o’rganilmayotgan nomlar, insonlarga qo`yilgan
ismlar toponimikaning o’rganish manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob`ektdan:
mikro va makro toponimlardan iborat bo`lib, mikrotoponimika — grammatik
jihatdan mayda ob`ektlarni, ya`ni «turdosh otlarni», mikroob`ektlarning` nomlarini,
makrotoponimika esa atoqli otlar, ya`n yirik ob`ektlarning nomlarini tadqiq qiladi.
Hozirgi vaqtda toponimika faqat katta va yirik ob`ektlarning: tog`lar,
o’rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki kichik
ob`ektlarning — mahallalar, daralar; jarliklar, anhorlar, daryo irmoqlari, ariqlar va
ko`llarning nomlarini Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga
to`lig`icha kirmaydi, ammo ular toponimikani o’rganishda katta ahamiyatga egadir.
Nomsiz «ob`ekt» — toponim emas. Toponimika geografiyaga oid joylarni emas,
balki ularning nomlarini o’rganadi.
Toponimikaning tilshunoslik, tarih geografiya, arxeologiya va boshqa fanlarga
aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir. Toponimikaga oid ma`lumotlar
tadqiq qilinayotganda tarixiy ma`lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga oid tekshirish
natijalariga suyangan holda ish ko’rish zarur. Chunki toponimika ko`pincha tarixiy
dalillarga va isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlmkning nomini o’rganish
uchun, albatta, uning qaysi davrda yaratilganligini va nima sababdan shu nom
berilganligini tarixiy davr sharoiti muhiti nuqtai nazaridan tadqiq qilish talab etiladi.
Tadqiqotning yozma manbalarga ko`pincha arxeologiyaga oid ma`lumotlarga
suyangan holda ish ko’rish usuli nomlarning qo`yilgan davrini aniqlashga va
nomlarning paydo bo`lishini o’rganishga qo`l keladi. Bir nomning o`zgarishini
kuzatmoq uchun birmuncha vaqt ketadi.
Shuni unutmaslik kerakki, geografik nomlar ijtimoiy hodisa bo`lib, jamiyat
taraqqiyoti bilan mustahkam bog`liqdir. Ma`lum bo`lishicha, har bir tuman
toponimikasi murakkab tarixiy jarayon bilan bog`liq bo`lib, er ostida ko`plab
madaniy qatlamlar mavjudligi uni siichiklab tadqiq qilishni talab etadi. Toponimika
mstodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida o’rganish uchun toponimlarning paydo
bo`lishiga doir ma`lumotlardan foydalanish, nomlarning mavjud bo`lgan barcha
formalarini aniqlash, nom va atamalarni o`sha joy bilan bog`liq holda tanlash va eng
muhimlarini o’rganish zarur.
Toponimik asoslarga vaqt, manbalar va yo`nalishlar bo`yicha joylarga
aholining ko`chishi, o’rnashishi kiradi. Toponimlar aniq tarixiy jarayon bo`lib, u
aholining ko`chishi, madaniy, iqtisodiy vatil munosabatlari bilan vujudga keldi,
so`ng tarqala boshlaydi. Toponimika jamiyatning muomala vositasi bo`lgan tilni,
uning iqtisodiyotini, madaniyatini va tarixiy taraqqiyotini o’rganish jarayonida
o`sib, rivojlanib boradi. Toponimik nomlar manbai va ularni o’rganishda
qo`llanilgan uslub va usullarning to`g`riligini aniqlash maqsadida yozma va boshqa
manbalar qo`lyozmalar, akt materiallari, aholi joylashgan chegaralarni aks ettiruvchi
bosh (asosiy) va maxsus xaritalar hamda ilmiy safar xaritalari bilan solishtirib
chiqiladi. Toponomikada ham, moddiy va madaniy yodgorliklar o’rganilganidek,
oddiydan murakkabga, ya`ni bugungi kundan asrlar ichkarisiga kirib borish zarur.
Bilish murakkab dialektik jarayondir, chunki bu usul bilan madaniy qatlamlarning
eng qadimiysidan boshlab, to navqironigacha momlarning manbai asta-sekinlik
bilan ochiladi nomlarning «yoshi» aniqlanadi. O`z navbatida toponimik nomlar tarix
uchun ham bebaho manbadir. Geografik nomlar uzoq muddatli bo`lib, ma`lum
hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvohlik beradi. Nomlar ma`lum bir
aholining hamjihatligi yoki tarqoqligiga ham bog`liqdir.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nomlar juda kam bo`lgan, keyinchalik aholi
paydo bo`lib, qo`yilgan nomlar ham ko`p vaqtlar o`tishi bilan boshqa nomlarga
o`zgartirilib yuborilgan yoki butunlay yo`q bo`lib qyetgan. Ezma manbalardagi
toponimikaga oid ma`lumotlar tahlil qilinganda buni yaqqol ko’rish mumkin. Bu
noqeani hozirgi vaqtda ham aniq ko’rishimiz mumkin. Ayrim shahar va
qishloqlarning eski nomlari o’rniga yangi nomlar qo`yiladi, bu eski nom nima uchun
yo`qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo`yildi, buning sabablarini ham aniqlash
mumkin.
O`tmishda esa yangi zamindor (yer egasi) paydo bo`lishi bilan ko`pincha aholi
eski geografik nomlar o’rniga shu zamindorning nomini qo`yishgan.
Dialektologiyadan farqli o`laroq toponimikaga oid ma`lumot to`plashda, joylarning
nomlarini o’rganishda aholidan yoppasiga so’rash uslubi qo`llaniladi. Faqat shunday
uslub bilangina turli daralar, kichik soy va anhorlar, jarliklar, ko`llar va boshqa
shunga aloqador bo`lgan nomlarning miqdorini aniqlash mumkin, xolos. Shunday
joylarning hammasi aholi yashaydigan joylarning kartasiga yoki aholi joylari
ro`yxatiga kiritilmagan, ehtimol kiritilmasa ham kerak. Toponimikaning eng katta
xizmati shundaki, u hujjatxona hujjatlarini sinchiklab o’rganish, xalq og`zaki ijodi
asosidagi ayrim tomonlar va nihoyat hech qanday manbalarda aks ettirilgan
noma`lum joylarni bizga ma`lum qiladi. Toponimikaga oid ma`lumotlar yig`ishda
va joy nomlarining kelib chiqishini o’rganishda etnografiya ham katta rol o`ynaydi.
Toponimikaning ayrim toifalari va tizimlari o’rtasidagi o`zaro aloqalarni
o’rganish yo`li bilan toponimlarni tavsiflash toponimik tadqiqotlarning asosini
tashkil etadi. Ko`pgina mutaxassis toponimistlar mahalliy toponimlarni har
tomonlama regional tadqiq qilishga katta e`tibor beradilar. Bunda, albatta, mikro va
makro toponimikani o`zaro taqqoslash zarur. Toponimika vazifalarini aniqlar
ekanmiz, ma`lum joyning geografik nomi tarixi to`laroq, shu o`lkada yashagan
xalqlar tarixi bilan bog`liq xolda aniqlanishini uning asosiy maqsadi qilib olishimiz
zarur.
Bundan
tashqari,
toponimikaga
oid
tadqiqog
ma`lumotlaridan
foydalanilayotganda o`sha o`lka xalqlarining tilini o’rganish, arxeologiya va
etnografiyaga oid ma`lumotlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Toponimikaga oid tadqiqot olib borilayotgan tumanning tabiiy geografiyasini,
o`tmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Toponimikani o’rganishda
yuqoridagilarga amal qilingan taqdirdagina tadqiqotchi o`z maqsadiga erishishi
mumkin. Tadqiqotni toponimikaga oid ma`lumotning yaratilgan davri va tarixini
aniqlashdan boshlash kerak.
Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologik va semantik
jihatdangina emas, balki so`z yasalishi jihatidan ham tahlil qilmoqdalar.
Antrotoponim kishining ismi, familiyasi, laqabini (masalan, Mahmud Koshg`ariy,
Munis Xorazmiy), antrotoponimika kishi ismi, shahar, qishloq, ovul va shu kabi
joylarning nomidan olingan toponimlarni (masalan, Toshkentboy, Qo`qonboy,
Xo`jaqul, etnotoponim esa qabila, urug`-aymoq nomiga qo`yilgan nomlarni
(masalan, Qozoqboy, Qirg`izboy, o`zbek) o’rganadi.
Dalvarzin, Qo`ng`irot, Nukus, Mitan va hokazolarni istisno qilganda, barcha
toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismdan (komponentdan) iborat. Bunday
qaraganda hech qanday qo`shimchasiz faqat bir so`zdan iboratday tuyuladigan
Jizzah Qo`qon, Yozyovon, G`alcha kabi toponimlar aslida ikki komponentdan
tuzilgan.
Biroq, Qarshi (saroy, qasr), Hisor (qo’rg`on), Buxero (bihara — ibodatxona),
chim (qo’rg`on),
(
yon (bekat), yop (kanal) kabi nomlar mustaqil toponimlar shaklida
uchraydi. Ba`zan esa qum, zah supa kabi geografik atamalar ham hech qanday
qo`shimchasiz toponimlar hosyl qilgan. Biroq ana shunday birgina geografik
atamadan tuzilgan nomlar ko`pincha shu toponimlarning xalq og`zida qishartirilgan
shakli bo`lib chiqadi. Masalan, Qumqishloq deyish o’rniga Qum; Zahariq deyish
o’rniga Zah Supatepa deyish o’rniga Supa deb qo`ya qodishadi. Biroq hech qanday
qo`shimchasiz Tol, Pidana (yalpiz), YAntoq, Tulki kabi nomlar ma`naviy jihatdan
aslida bu o`simlik va hayvonlarga hech qanday aloqasi bo`lmasligi, ko`pincha
tamomila boshqa so`zlarning fonetik jihatdai o`zgarishi natijasida shu shaklni olgan
bo`lishi mumkip.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin: toponimika uch
prinspga asoslanadi: 1) toponimlarning paydo bo`lish tarixini o’rganish; 2)
toponimlarning geografiyaga oid ma`lumotlarini aniqlash; 3) asosiy qidirilayotgan
toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda alohida-alohida o’rganib, ulardan
xulosa chiqarishdir. Bu prinsplar qo`llanmaning muqaddimasidan to xotimasigacha
yoritib borilgan.
Toponimlardan nom olgan buyumlar, o`simlik, hayvonlar shu qadar ko`pki,
ba`zan hatto ularning etimologiyasi to`g`risida o`ylab ham o`tirmaymiz. Qo`qon
arava, buxoro qovuni, chust pichog`i kabi so`zlarda o`sha joy nomlari hamon esga
kelishi mumkin. Biroq akademiya (Afina yaqinidagi changalzor), vulkan (Tirren
dengizidagi Vulkano oroli nomidan), jersi (Normandiyadagi shahar), kofe
(Afrikadagi Kaffa o`lkasi nomidan), olimpiada (Gretsiyadagi eng baland Olimp
tog`i nomidan), roman (Rim shahri nomidan olingan) kabi so`zlarning ham aslida
toponimlar ekanini ko`pincha xayolimizga ham keltirmaymiz. quyida toponim
nomlarga bir qancha maqollar keltiramiz.
Kimyoviy elementlar. Ko`pgina kimyoviy elementlar joy nomlari bilan atalgan:
ameritsiy (Amerika), galliy (Frantsiyaning lotincha nomi — Galliya), germaniy
(Germaniya), golmiy (Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmning lotincha nomi —
Golmiya), yevropiy (Yevropa), indiy (Hindiston), lyutetsiy (Parijning lotincha nomi
— Lyutetsiya), poloniy (Polsha), ruteniy (Rossiya), ittriy (Shvetsiyadagi Itterbo
qishlog`i) va hokazolar.
Qit`alar (materiklar) va dengizlar nomlaridan hosil bo`lgan toponimlar.
Avstraliya — grekcha «Janubiya quruqlik» degan so`z. Antik dunyo olimlarining
faraz qilishicha, janubiy yarim sharda noma`lum quruqlik Terra australis inkognito
bo`lishi kerak edi. XVII asr o’rtalarida bu quruqlik kashf etilgach, inkognito
(noma`lum) so`zi tushib qoladi va janubiy yerni Terra Australis deya boshlaydilar.
Bir vaqtlar uni «Yangi Gollandiya» deb ham ataganlar. XIX asrdan e`tiboran
qishacha Avstraliya (Janubiya) shakli qaror topdi.
Yevropa — osuri tilida ereb — «kun botish», «qorong`ulik», «g`arb» demakdir.
Osiyo — ruscha Aziya, xitoycha Yasiya, yaponcha Adziya. Bu nom dastlab
Gomer dostonlarida tilga olingan. Miloddan oldingi V asrda Gerodot asarlarida
Osiyo deb hozirgi Turkiyaning g`arbiy qismi anglashilgan. Xullas, Osiyo nomi o’rta
dengiz sohillariga xos atoqli otdir. Bora-bora bu nom sharqiy yerlarga ham yoyilib,
umumlashib ketadi va avvali quyi Osiyo, so`ngra Buyuk Osiyo nomlari, XVIII —
XIX asrlarda Kichik Osiyo, O’rta Osiyo, Markaziy Osiyo singari ayrim qismlarni
anglatuvchi nomlar paydo bo`ladi. Osiyo nomining ma`nosi turlicha manba va
adabiyotlarda turlicha izohlangan: Aziya shahri nomidan, filosof Aziya ismidan,
Aziya vodiysi nomidan kelib chiqqan deb faraz qilinadi, osuri tilida asu «kun chiqish
tomon». «Sharqiy» ma`nosida qo`llanilgan.
Qora dengiz — janubiy xalqlar tomonidan berilgan nom qora so`zining
«shimol», «salqin» degan ma`nosi ham bor. Uning suvi qoramtir bo`lgani uchungina
qora dengiz deyiladi deb izohlash noto`g`ri. Milodimizdan avvalgi IX — VII
asrlarda yunonlar qora dengizni yoki mamlakatimizning janubiga joylashgan bu
dengizni «uzoq shimol» deb ham ataganlar.
Qizil dengiz — arabcha «Bahri axmar, grekcha eritreya. Afsonaga ko’ra, eron
shohi eritr (qizil qalpoq) bosib olgan va Nil tomon kanal qazitgan ekan. Boshqacha
izohi ham bor: qirg`oqlarida qizg`ish suv o`tlari va chig`anoqlar ko`p bo`lganidan
shunday nom olgan.
O’rta dengiz — Yevropa, Afrika va Osiyo o’rtalarida joylashgan dengiz.
Grekcha Mediterrano — «O’rta yer» so`zlaridan ruschaga aynan tarjima qilingan,
o`zbekcha shakli shundan qishartirib olingan. Tarixiy sharqiy manbalarida
ko`pincha Rum dengizi, Shom dengizi nomlari bilan ham mashhur bo`lgan.
O`lik dengiz — g`arbiy Osiyodagi ko`l. Suvi juda sho’r va unda hayot
yo`qligidan «hayotsiz», «jonivorsiz», «o`lik dengiz» deb atalgan.
Lotin Amerikasi — Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tillari
tarqalgan. Bu tillar lotin yoki roman tillar guruhiga kiradi. Bu yerda yashovchi
xalqlarning asosiy qismi lotin tilida so`zlashganligi uchun shunday nomni olgan.
Bolqon — Yevropadagi yarim orol. Turkiy tillarda balqon, balxan «tog`»,
«tog`li yer» degan ma`noni anglatadi. Turkmanistondagi Balxan nomini turklar
Yevropaga ko`chirgan bo`lishi ham mumkin (V. F. Minorskiy).
Bosfor — Qora dengizdan O’rta dengizga o`tadigan terda joylashgan bo`g`oz.
Turkiyada ko`pincha Bo`g`oz, Istanbul bo`g`ozi, Qora dengiz bo`g`ozi deb ataladi.
Bosfor xonancha «buqa» degan so`z. Afsonaga ko’ra, go`yo bu bo`g`ozdan buqalar
sakrab o`tgan emish. Ammo yana boshqa haqiqatga yaqinroq izoh ham bor.
Qadimda bu bo`g`ozdan suzib o`tadigan kema egalari boj haqini qoramol bilan
to`laganlar, shu-shu «buqa to`lanadigan bo`g`oz» nomini olgan.
Arabiston — G`arbiy Osiyodagi yarim orol. «Arab» aslida «cho’l» degan so`z,
shundan «cho’lliklar», «ko`chmanchilar» arablar so`zi hosil bo`lgan, so`ngra
«arablar yeri» Arabiston paydo bo`lgan.
Avstriya — aslida nemischa Osterreyx: ost — «sharqiy», reyx «o`lka», ya`ni
«sharqiy o`lka» degan ma`noni bildiradi.
Angliya — G`arbiy Yevropadagi Buyuk Britaniya davlatining nomi; V —
VI asrlarda kontinental Yevropadan shu yerga suzib o`tgan angl qabilalari nomidan
olingan.
O`simlik va xayvonlardan olingan nomlar.
Apelsin — gollandcha «xitoy olmasi» demakdir.
Yorkshir — cho’chqa zoti (Angliyadagi Yorkshir grafligi nomidan).
Kashtan — buklar oilasidan bo`lgan daraxt, Kichik Osiyodagi Kastan shahri
nomidan olingan.
Maxorka — Gollandiyadagi Amesofront shahri nomidan olingan bo`lib, dastlab
amerfor, keyinchaliq amerforqa, keyin maforqa va nihoyat, maxorqa deb atala
boshlangan. Yevropada maxorqa chekish ayrim kishilarga zararli deb
tushuntirilgach, kashandalar chekishini tashlay olmay burunlariga hidlay
boshlaganlar va uni nosovoy tabak (burnaki) deb ataganlar. O’rta Osiyo xalqlari esa
bu tamakini ishlash texnologiyasini ancha murakkablashtirib, uni endilikda burunga
hidlab emas, balki til ostiga tashlaydigan bo`lganlar. Uning nomi tobora o`zgarib,
hozirgi nos formasini olgan.
Simmental — qoramol zoti (Germaniyadagi vodiy nomi).
Sardina, «sardinka» — baliq (Sardiniya oroli nomidan olingan).
Geologiya va geografiya atamalaridan olingan toponimlar. Toponimlar
minerallar orasida ayniqsa ko`p uchraydi. Buni quyidagi misollardan ko’rish
mumkin: avstolitmineral (Avstraliya), agat (o`zbek tilida aqiq deyiladi) —
qimmatbaho tosh (Sitsiliyadagi Akaita daryosi nomidan), adulyar — mineral (Alp
tog`larining Adul tizmasi nomidan), alebastr — oq gips (Misrdagi alebastr shahri va
tog`i nomidan), almandin — qimmatbaho tosh (Kichik Osiyodagi Albanda shahri),
alyaskit — granitga o`xshash qattiq tosh (Alyaska), aragonit (Ispaniyadagi
Aragoniya pasttekisligi nomidan), baykalit (Baykal ko`lidan), birmit — kahraboning
bir turi (Birja nomidan), inderit — mineral (qozog`is-tondagi Inder tog`lari
nomidan), muskovit mineral (Moskva davlatining qadimgi nomidan, Moskoviya),
surik bo`yoq (Suriya nomidan), tuyamuyunit — mineral (Farg`ona vodiysidagi
Tuyamo`yin koni nomidan), ferganit (Farg`ona) va hokazolar. Xazorasp — ming ot,
Sariosiyo — bosh tegirmon, Go’rlan — ko’r va lang so`zlarining birikuvidan tashkil
topgan. Hindikush — hind, kush — o`lim, degan ma`noni bildiradi.
Gazlamalar. Boston — AQSHdagi shaharning nomidan, Jersi — Normandiya-
Frantsiya qirg`og`i yaqinidagi orol nomidan, Sarpinka — Saratov viloyatidagi
Saropta degan nomdan kelib chiqqan.
Antrotoponimika — Turkiy «Axmet», arabcha «Ahmad — maqtovli, maqtovga
sazovor» degan ma`noni anglatadi, undan Ahmetov degan familiya vujudga kelgan;
Baxmet — turkiy «boy» yoki Axmet arabcha Ahmad so`zlarining qo`shilishidan
Baxmetov familiyasi vujudga kelgan. Sabur (Saburov) — turkiy «sabr», arabcha
«sobir» (chidamli) so`zlaridan olingan. Mamon — turkiy mo`min (qobil, beozor,
yuvvosh ma`nolarida) so`zidan olingan Mamonov familiyasi shundan kelib chiqqan.
Polvonov — turkiy tillarda «polvon», forscha — «pahlavon» (botir, qahramon
ma`nosida) so`zlaridan olingan, keyinchalik ruscha «ov» qo`shimchasi qo`shilib
Polvonov familiyasi kelib chiqqan. Saymon turkiy «saymon» (abjir, chaqqon, dadil
ma`nolarida) — Saymonov familiyasi shundan olingan. Dashikturkiy «dashuk» —
«tashuk» (dimog`dor, kekkaygan ma`nolarida) so`zlaridan «Dashkov» familiyasi,
kurdyuk — turkiy «kuduruk» — «kuzuruk» — «quyruq» so`zlaridan ruscha
«Kurdyukov» familiyasi kelib chiqqan va hokazo.
Oziq-ovqat nomlari. Lag`mon (xitoycha) — «lag`» — uzun, «man» — hamir,
«uzun hamir» degan ma`nolarni bildiradi. Buterbrod (nemischa) — go`sht va non
yoki non va yog` degan ma`nolarni bildiradi. Pirog — qoraqalpoqlarda «burek»,
tatarlarda esa «chiyburek», har ikkisida ham go`shtli pirog degan ma`no bor. Bu
so`zning o`zagi «bur» o’ramoq, chulg`amoq ma`nolarini bildiruvchi fe`ldan
yasalgan, ruscha «pirog» so`zi shundan kelib chiqqan.
Ichimliklar nomlari. Toponimlarda ichimliklar nomlari ham ma`lum darajada
o`z aksini topgan, masalan: borjomi — mineral suv (Gruziyadagi kurort shaharning
nomi), esentuki — mineral suv (Shimoliy Kavkazdagi kurort shaharning nomi),
Toshkent mineral suvi (Toshkent shaharining nomidan olingan) va hokazo.
Bulardan tashqari, respublikamizning barcha ovul, qishloq, posyolka, vodiylari
va vohalari hamda viloyatlari nomlari ham toponimlar bo`lib, ularning ko`pchiligi
hali to`la o’rganilmagan. O’rganilganlaridan VII — X sinflarda O`zbekiston xalqlari
tarixi darsida foydalanish katta ham ta`limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bu
usulda toponimikaga oid ma`lumotlardan foydalanish yoshlarni tarbiyaning
ajralmas qismi bo`lgan estetik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning negizi bo`lib
xizmat qiladi.
Shuni aytish kerakki, mazkur joyga nomi berilgan o`simlik yoki hayvon yo`q
bo`lib ketgan, bu joylarda yashaydigan xalqlar esa boshqa bir yerlarga ko`chib
ketgan bo`lishi ham mumkin, biroq joy nomi deyarli o`z holicha qolaveradi.
Boshqacha qilib aytganda, geografik nomlarning ma`nosiga qarab bu yerlarda
qadimda qanday hayvonlar yashagani yoki qanday o`simliklar o`sganini aytib berish
mumkin. Mana sizga bir misol. Bir vaqtlar O’rta Osiyoda qulon deb atalgan yovvoyi
otlar uyur-uyur bo`lib yurishgan. Qulonni ovlay berib, qirib yuborishgan. Hozirgi
vaqtda qulon Turkmanistondagi Bodxiz qo’riqxonasida qolgan, xolos. Lekin
Qulonsoy, Qulonboshi, Qulontepa kabi joy nomlari ana shu qimmatli jonivorning
bir zamonlar ko`p bo`lganligidan dalolat beradi. Bulon degan ham hayvon bo`lgan.
Qulon va bulon to`g`risida xalq og`zida mana shunday she`r bor:
Qulon yurmas yerlardan.
Quvib o`tib boradi,
Bulon yurmas yerlardan
Qalqib o`tib boradi.
Bulonni bundan 9 asr oldin Mahmud Koshg`ariy «Qipchiqlar mamlakatda
bo`ladigan katta gavdali hayvon» deb ta`riflagan. Aslida bulon ruscha «los» deb
ataladigan katta bug`udir. Bulon, Bulonti kabi joy nomlari ana shu xayvonlardan
qolgan esdalikdir.
Boshqa bir misol. So`kso`k — saksovul. Munis Xorazmiy Xorazmda to`xtovsiz
urushlar natijasida el-yurt harob bo`lganini tasvirlab, bunday deb yozgan edi: «Bu
jihatdan Xorazm diyorida kaxat va gilo shoing` bo`ldi... Xivakning (ya`ni Xivaning)
oliy imoratlari munhadim (vayron) bo`lib, o’rniga so`kso`k va yulg`un ko`kardi».
Demak, bu o`simlik nomi Buxoro viloyatning Qorako`l tumanidagi So`kso`k degan
qishloq nomiga ko`chgan.
Respublikamizda o`zbekcha nomlardan tashqari arabcha, tojikcha, Mo`g`ulcha
nomlar ham ko`p uchraydi. Qashqadaryo viloyatida Maymanak degan qishloq bor.
Maymanak arabcha so`z bo`lib, «O`ng» tomon, «O`ng qo`l» degan ma`noni
bildiradi. Farg`ona vodiysidagi Pochchaota soyidan chiqarilgan bir ariq Barangar
deyiladi, bu nom esa Mo`g`ul tilida (barangdor) «O`ng qo`l, o`ng tomon» degan
ma`noni bildiradi. Samarqand viloyatidagi Bulung`ur tumani va kanalining nomi
Mo`g`ulcha «loyqa suv» degan ma`noni anglatadi. Reg, Reginav, Registon, Regzor
degan joylar nomi fors-tojik tilidagi reg, ya`ni «qum» so`zidan olingan. Registon
shaharning qum to`shab qilingan markaziy maydoni bo`lgan. Shuning uchun ham
nomlarni er tili deyishadi. Joy nomlari yuzlab, hatto minglab yillar yashaydi. Bu
nomlarning juda ko`pi hali o’rganilmagan. O`zingiz bir o`ylab ko’ring,
respublikamizda 17000 dan ortiq qishloq va aholi yashaydigan punktlar, 500 taga
yaqin quduq borligi ma`lum. Odatda, O’rta Osiyoda suv havzalari, jumladan ko`llar
kam deb kelinardi, holbuki birgina Tyanshan tog`larida 12000 soy va jilg`alar oqib
tushishi, Sirdaryo yoqasida 2118 ko`l borligi hisobga olingan.
Har bir qishloq atrofida yuzlab jarlar, tepaliklar, qirlar, buloqlar, quduqlar
borki, ularni har qanday mukammal xaritadan ham topib bo`lmaydi. Masalan, Zomin
tumanidagi birgina Tomtum qishlog`i atrofidan 300 dan ortiq mayda joy nomlari
yozib olingan bo`lsa, Toshkentdek azim shahar va uning vohasidan qancha
joylarning nomini yozib olish mumkin.
Ana shu aytilganlarni nazarga olib, bu paragrafda Toshkent shahri tarixi va
Toshkent voxasidagi joylar nomlarining kelib chiqish tarixi haqida (albatta
o’rganilganlarinigina) manbalarga asoslangan holda izohlab o`tamiz.
Toshkent — qadimiy va navqiron Toshkent shahri Chirchiq daryosining
sohilida bundan 2000 yil muqaddam vujudga kelgan. Akademik Ya. G`. G`ulomov
rahbarligida Arxeologiya institutining bir guruh yirik ilmiy xodimlari Toshkent
vohasida olib borgan arxeologik tekshirishlar natijasida Toshkent shahrining
«yoshi» ni aniqlash mumkin bo`ladi.
Toshkent — O`zbekiston jumhuriyatining poytaxti va Toshkent viloyatining
markazi bo`lib, o`lkamizning eng yirik shaharlaridan biri. U aholi soni jihatidan
Moskva, Sankt-Peterburg va Kiyevdan keyin to’rtinchi o’rinda turadi. Toshkent —
sanoati yuksak rivojlangan, fan va madaniyati ilg`or, juda ko`p xalqaro
uchrashuvlar, konferensiyalar, festivallar o`tkaziladigan joy, O’rta Osiyoning o`ziga
xos janubiy darvozasi. U respublikaning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan tog`lari
etaklarida, dengiz sathidan 440 — 480 metr balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida
joylashgan. Chirchiq daryosidan bosh olgan va butun shahardan o`tadigan Bo`zsuv,
Solor, Anhor, Qorasuv, Kaykovus, Bo’rjar, Oqtepa, Qoraqamish va boshqa kanallar
uning mikroiqlimiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Iqlimi kontinental, yillik o’rtacha
temperaturasi 13,3°; yanvarning o’rtacha temperaturasi —1,1°; iyulning o’rtacha
temperaturasi +27,5°. Yiliga 360 — 390 mm yog`in yog`adi. Maydoni
250
km
2
.
Shaharda 11 ta tuman: Ulug`bek, Shayxontohur, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy,
Bektemir, Sobir Raximov, Sirg`ali, Hamza, Chilonzor, Akmal Ikromov tumanlari
bor.
Qadimgi manbalarda hozirgi Toshkent o’rnida 2000 yil ilgari yirik obod shahar
bo`lganligi qayd qilingan. Arxeologik qazish natijasida Toshkent hududidan 2000
yil ilgari yasalgan sopol idishlar, bronza, oyna va turli mamlakatlarning tangalari
topilgan. Biroq hozirgacha Toshkentning o`sha davrdagi nomi aniqlanmagan.
Toshkent
Dostları ilə paylaş: |