1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida



Yüklə 324,5 Kb.
səhifə51/56
tarix27.05.2022
ölçüsü324,5 Kb.
#59721
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
1452183509 63273

Xo`jayli — XII — XIII asrlarda barpo qilingan. Xo`jayli so`zining leksik mazmuni xo`jarlar, ya`ni katta er egasi bo`lgan kishilar ma`nosidadir. Xo`jayli so`zini xo`ja eli degan xalq nomidan olingan, deb ta`riflaydi sharqshunos olim B. A. Ahmedov.
Mo`ynoq — Orol dengizi janubidagi yarim orol, shahar. Mo`yin (bo`yin), oq aslida — ak — «kichik» so`zlaridan yasalib, «kichik bo`yin», «bo`yincha», «yarim orol» ma`nosida.
Tuyamo`yin — Amudaryo quyi oqimidagi joy. Sirtdan qaraganda «tuya bo`yini» dek tuyuladi. Aslida tog`, daryo va qumlik joylarning tor qismini — yo`lagini «Tuyamo`yin» deb atashgan. Tuyaning qing`ir va tor bo`yniga o`xshatilgan bo`lsa ajab emas.
To`rtko`l — Qoraqalpog`iston jumhuriyatining janubidagi shahar. SHaharning yaqin yillarga qadar to`rt tomoni ko`l bo`lgan. SHuning uchun ham shunday nom berilgan. Hozir ham To`rtko`lligicha saqlanib kelmoqda.
Farg`ona vodiysida eng katta, serxosil, qadimdan paxta etishtirib kelayotgan, O`zbekistonning gullagan viloyatlaridan uchtasi, ya`ni Andijon, Farg`ona va Namangan.
Andijon — O`zbekistonning xushmanzara va qo`hna shaharlaridan biri. U Farg`ona vodiysining janubi-sharqida joylashgan.
SHahar nomining kelib chiqishi to`g`risida bir qancha fikrlar bor. Bir afsonada aytilishicha, shaharning nomi Afrosiyob noibining qizi Andijon nomidan kelib chiqqan deyiladi. Boshqa bir rivoyatda bu so`zning birinchi qismi «Andi» — shaharga asos solgan kishining nomi, ikkinchi — «jon» qismi esa jon degan ma`noni anglatadi, deyiladi. Birovlar qachonlardir bu erlarni «andi — hind» lar ishg`ol qilganlar, bu hindlar makoni deydilar. YAna bir guruh kishilar esa «Andi» shaharga asos soluvchi, «jon» esa baxsh etmoq demakdir, deyishadi. YAna bir guruh kishilar karvon yo`lida ketayotganda qaroqchilar xujum qilib «O`nta jonni» o`ldirganlar. Andijon so`zi o`nta jon so`zining buzilganligidan kelib chiqqan, deb ta`kidlaydilar. X asrda yashagan arab geografi va sayyohi Ibn Havkal Andijon shahri to`g`risida «Dehqonchiligi rivojlangan shahdr, iqtisodiy va siyosiy jihatdan ham rivojlangan, katta hunarmandlar shahri» deb yozgan.
Andijon shahrining paydo bo`lishi va nomi haqida tarixchilarimiz quyidagicha fikr yuritadilar. Masalan, mashhur tarixchi V. Nalivkin o`zining «Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva» degan kitobida «Andijon» so`zi hozirgi shahar hududida yashagan «andi» qabilasi nomidan olingan, deb ko`rsatadi. «Andi» so`ziga «gan» qo`shimchasini qo`shish bilan «Andigan» yasalgan va keyinchalik bu Andijonga aylanib ketgan, deb yozadi. SHahar IV asrdan V asrgacha Andukon, XII asrdan to XIX asrgacha Andijon deb yuritiladi.
Andijon shahri toponimikasi haqida ba`zi bir tarixchi olimlar, jumladan, S. Jalilovning shu sohadagi fikri ham haqiqatga yaqindir. YAqin yillarga qadar, hatto hozir ham ayrim kishilar bu shaharni Anjon deb keladilar. Ayrim kishilarning aytishlari bo`yicha O`rta Osiyo chorizm tarafidan bosib olingandan so`ng ruslar «j» tovushi oldiga «d» qo`shib aytishlari natijasida «Anjon» Andijon bo`lib qolgan. Xullas, Andijon shahar tarixi qadimiy yozma manbalarda aniq ta`riflangan bo`lsa-da, Andijon so`zining etimologiyasi haliga qadar ilmiy ravishda isbotlangan emas.

Yüklə 324,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin