1-topshiriq: Mexanika.
Topshiriq rejasi:
1.Nyutonning birinchi qonuni.
2. Inersial sanoq tizimlar. Inersiya kuchi.
3. Nyutonning ikkinchi qonuni. Kuch. Massa. Impuls.
normal va tangensial tezlanishlar.
4. Tabiatda kuchlar.
5.Nyutonning uchinchi qonuni.
6.Elastik urilish.
1.Nyutonning birinchi qonuni
Nyutonning birinchi qonuni ta'r ta'riflari:
1. Har qanday jism tinch holatini yoki to'g'ri chiziqli tekis harakatini bu jismga boshqa jismlar ta'sir qilmaguncha saqlaydi.2. Shunday sanoq sistemalari mavjudki, bunday sanoq sistemalarida jismga boshqa jism ta'sir qilib uning boshlang'ich vaziyatini o'zgartirmaguncha o'zining tinch holatini yoki to'g'ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. 3. Inersiyal sanoq sistemasida erkin jism o'z tezligini o'zgartirmaydi.
→ Nyutonning birinchi qonuni:
9=const; a=0; F=0
F-kuch-vektor kattalik.
Shuning uchun, Nyutonning birinchi qonuni inersiya qonuni deb ham ataladi.
2.Inersial sanoq tizimlari.Inersiya kuchi
Mexanik harakat nisbiydir va uning xususiyatlari sanoq tizimiga bog'liq bo'ladi. Nyutonning birinchi qonuni istalgan sanoq tizimida bajarilavermaydi, shuning uchun bu qonun bajariladigan sanoq tizimlari inersial sanoq tizimlari deb ataladi. Boshqa sanoq tizimlariga nisbatan o'zining tinch holatini yoki to'g'ri chiziqli tekis. harakatini saqlay oladigan sanoq tizimlari inersial sanoq tizimlari bo'la oladi. Koordinata boshi Quyosh markaziga joylashgan geliotsentrik sanoq tizimini juda katta aniqlik bilan inersial sanoq tizimi deb hisoblash mumkin, uning koordinata o'qlari oʻrganiladigan planeta yoki yulduzlarga yo'naltirilgan bo'ladi.Xuddi shu holat uchun, Yer bilan bog'langan sanoq tizimi inersial sanoq tizimi bo'laolmaydi, chunki Yer nafaqat Quyosh atrofida, hattoki o'zining o'qi atrofida ham aylanishini hisobga olish zarur. Ammo Yerdagi mexanikaviy harakatlar uchun Yer bilan bog'liq bo'lgan sanoq tizimini inersial sanoq tizimi deb hisoblash mumkin.Tajribalardan ma'lumki, bir xil ta'sir ostida turli jismlar o'zining harakat tezligini bir xil o'zgartirmaydi, boshqacha qilib aytganda, har xil tezlanish qiymatlariga ega bo`ladilar. Tezlanish faqat ta'sir kuchiga bog'liq bo'lmay, jismning o'zining xususiyatiga, ya'ni .massasiga ham bog'liqdir. Jismning massasi - materiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bo'lib, uning inersial va gravitatsiyaviy xususiyatlarini belgilaydi.. Inersial massa jism inertligining o'lchov birligi bo'lib, inertlikni o'zi esa, jismning o'z holatini saqlab qolish xususiyatidir.
3.Nyutonning ikkinchi qonuni
Nyutonning ikkinchi qonuni ta'rifi: Har qanday jismning inersiyal sanoq sistemalarida erishadigan tezlanishi ta'sir etuvchi kuchga to'g'ri proporsional boʻlib, jismning massasiga esa teskari proporsional boʻladi.
→ Nyuton 2-qonuni: ā= —⇒ F = mā. m
F = F₁+F₂ +...+F₁-teng ta'sir etuvchi kuchlar:
→ kuchlar bir xil yo'nalgan bo'lsa (a=0): F=F₁+F₂
→ kuchlar qarama-qarshi yo'nalgan bo'lsa (a=180): F=F₁-F₂
→ kuchlar o'zaro perpendikulyar yo'nalgan bo'lsa: F = = √F²+F²
→ kuchlar o'zaro a burchak hosil qilgan boʻlsa: F= √F+F+2FF, cos a
Dostları ilə paylaş: |