14-mavzu: Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning zamonaviy muammolari 1- topshiriq. Ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalangan holda jadvalni to‘ldiring.
Insert usulidan foydalanib savollarga javob bering.
“V” - bilaman
“+” - men uchun yangi ma’lumot
“-” - men bilgan ma’lumotni inkor qiladi
“?” - noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot
Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.
№
Mavzu savollari
V
+
-
?
1.
“Estetika”ning lug‘aviy ma’nosi
2.
“Estetika” atamasini birinchi bor qo‘llagan faylasuf
Komediyaning mazmuni va inson hayotidagi ahamiyati
8.
Hazilning kesatiqdan farqini ko‘rsating
9.
Estetik tarbiyaning turlarini sanab o‘ting
10.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri
2 - topshiriq. Jamiyatdagi muammoli vaziyatlar haqida fikr bildiring. KEYSLAR 1. Siz do‘stlaringiz bilan kafega kirganingizda u yerdagi devorda osilgan televizorda qo‘shiq va unga ishlangan behayo kliplar namoyish etilayotgan edi. Kimlardir bu klipni tomosha qilib, xotirjam tamaddi qilib o‘tirardi, kimlardir esa, o‘zaro gaplashib unga e’tibor ham bermasdi. Do‘stlaringiz ham odatiy holdek, bu namoyishga e’tiborlarini qaratib o‘tirdilar va hatto ekrandagi holatlarga zavqlanib munosabat bildirdilar.
Keys yuzasidan savollar: 1. Bunday holatga sizning munosabatingiz qanday? 2. Umuman jamoat joylarda qo‘yilayotgan bunday namoyishlarni siz qanday baholaysiz? 3. Yoshlar o‘rtasida bunday namoyishlarni tomosha qilish qanday holatlarga olib kelishi mumkin? Bu haqda sizning fikringiz qanday?