2.Tasviriy matn.
3.Izoh mazmunli matn.
4.Didaktik matn.
5.Xabar mazmunli matn.
6.Buyruq mazmunli matn.
7.Hissiy ifoda mazmunli matn.
4. Hajm belgisiga ko‘ra matn tiplari haqida ma’lumot bering
Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, xalq
donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar,
nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha
gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi
tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Maksimal matn deyilganda keng ko‘lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan
butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar
maksimal matn hisoblanadi. Maksimal matn mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik butunlik
abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to‘g‘ri keladi. Bunday matn tarkibida
epigraf, so‘zboshi (muqaddima), so‘ngso‘z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi
mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid
ayrim masalalarga qo‘shimcha izoh, sharh bo‘lib keladi.
5. Mikromatn va makromatn haqida ma’lumot bering.
Matnning o'zida mikro va makro semangika, mikro va makrostruktura mavjud. Matnning
semantikasi ma'lumotlarni uzatishning kommunikativ vazifasi bilan belgilanadi; matn strukturasi
matn tarkibiy bo'linmalarining ichki tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari va ushbu birliklarning
matnlar ichidagi interfaol xarakteristikalari aniq bir xabar sifatida aniqlanadi.
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
Abzats qisqa xabar, oldingi xabar bilan keyingi xabarni bog‘lovchi vositalar , xabarning
to‘ldirilishi va xulosa qismlarni o‘z ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi»
qo‘llanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar o‘zaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik)
hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi.
Abzatslarning strukturasiga ko‘ra quyidagi ko‘rinishlari mavjudligi sanab o‘tiladi:
1) Sodda gapdan iborat bo‘lgan
abzatslar;
2) Qo‘shma gapdan iborat bo‘ladigan abzatslar;
3) Periodik nutq formasidan iborat bo‘lgan abzatslar;
4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bo‘lgan abzatslar;
5) Ko‘chirma-o‘zga gapli abzatslar.
7. Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
Abzatsdagi «xabar» tema-rematik munosabatdagi gaplarda ifodalanadi. Tema (yunoncha thema
– asos bo‘lgan narsa) deb gapning aktual bo‘linishida so‘zlovchi va tinglovchi uchun ma’lum
bo‘lgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga o‘tish uchun asos xizmatini bajaruvchi
qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire – ma’lumot, sharh) esa temadan keyin kelib
so‘zlovchi tinglovchiga bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism,
gapning yangi ma’lumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa
rema vazifasida keladi
8.Ifoda maqsadiga ko‘ra matnning qanday tiplari mavjud?
Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli