1-topshiriq



Yüklə 19,95 Kb.
tarix06.06.2020
ölçüsü19,95 Kb.
#31715
1топширик

1-topshiriq


Nazorat savollari:

1.Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmeti va uning asosiy komponentlari haqida ma’lumot bering?

2. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasining asosiy vazifalari?

3. O’qitish mazmuni va yo’llarining umumiy tavsifi?

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli.

Javoblar

1. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi predmeti va uning asosiy komponentlari haqida ma’lumot bering?

Bolalar bogchasida matematik ta`lim berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:

1. Matematika o’qitishda ko’zda tutilgan maqsadlarni asoslash.

2. Bog’chada matematika o’qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo’ladi.

3. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish ya`ni bolalar hozirgi kunda zarur bo’lgan bilimlarni, malakalarni, ko’nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo’lishlari uchun o’quv ishlari metodikasi qanday bo’lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish

4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko’rsatma qo’llanmalar va texnik vositalarni ishlab.

5. Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish.

Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy komponentlaridir.

Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta`lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir. Amaliy maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan amaliy maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog’lay olishidan, ya`ni olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishga, bolalar to’plam va son haqida; kattalik (mikdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang’ich tasavvurga ega bo’ladilar, joy va vaqtni bilishni o’rganadilar: bolalar olgan bilimlarini o’zlarining kundalik mehnat va o’yin faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak.

2. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasining asosiy vazifalari?

Tushuncha-bu predmetlar va xodisalarni ba’zi bir muxitni alomatlariga ko’ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to’g’ri chiziq va xokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki xodisalarning bir- biriga o’xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda obyektlar nazarda tutiladi. Odatda, obyektlar ma’lum muhim va muhim bo’lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu obyektga tegishli va bu xossasiz obyekt mavjud bo’la olmaydigan xossalarga aytiladi. Obyektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo’lmagan xossalar xisoblanadi. Obyekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo’lsa, u xolda bu obyekt xaqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo’ladi. Obyektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashhil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo’lgan obyektlar to’plami tushuncha hajmini tashhil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo’lgan obyektlar to’plami ham ekan. Matematik tushunchalar o’z navbatida insoniyat to’plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real obyektlarning ko’pgina xossalaridan ko’z yumgan xolda ularni ideallashtirish natijasida xosil bo’ladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematiqani o’rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o’z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o’rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jixatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:

— Ko’rgazmali dasturli xujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish bo’yicha ko’rsatmalar va xokazo);

— metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar, masalan, maktabgacha tarbiya to’g’risida o’quv qo’llanmalar, o’yinlar va xokazo);

— jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilgor tajriba va olimlarning fikrlari.

Xozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashhil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi.

Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi - bolalarni faqat matematiqani bilishdan emas, balki ularni xayotga tayyorlash, o’zlarining xayotdagi o’rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.

3. O’qitish mazmuni va yo’llarining umumiy tavsifi?

Bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarni sha-kllantirishda tarbiyachi o`qitishning har xil usullarni — amaliy, ko`rsatmali, og`zaki, o`yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator o’millar—-mazkur bosqichda еchiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh, va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.

Tarbiyachitsing mеtod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor bеrib turishi quyidagilarni ta'minlaydi:

— elеmеntar matеmatik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;

— ugеnglik va tеngsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o`lchami, shakli bo`yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o`lchami yoki soni bo`yicha ort-tirish yoki ,kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob'еkt-larning miqdori, shakli, kattaligini umumiy bеlgi sifatida ajratish, aloqa va bog`lanishlarini aniqlash m"alakasi;

— bolalar o`zlashtirgai amalin ish usullari (masalan, qarshi qo`yish, sanash, o`lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo`llashga yo`naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo`lgan bеlgilar, xossalar, bog`lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo`naltirish. Masalan, o`yin shart-sharoitlarida bеlgilarning tartibi, almashinib kеlish krnuniyatini, umumiy xossalarni topishni o`rgatish mumkin.

Elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy mеtod еtakchi mеtod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o`rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modеllar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o`zlashtirishga yo`naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli.

Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffakiyatli о‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini о‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.

Umumlashtirish va mavhumlashtirish qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash va guruxlarga ajratish asosida о‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borgunga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasidagi barcha о‘quv-tarbiya ishlari bilan о‘zviy ravishda boglab maxsus ish olib boriladi.

Matematik bilimlar bolalarga ma’lum sistema va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar о‘zlashtirib oladigan darajada bо‘lishi kerak. Shuning uchun xam bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bulinib, ular birin ketin o’rganib boriladi.

Tarbiyachi xar bir yosh guruxining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga о‘z guruxidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlangich matematik tasavvurlarni о‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida xar bir mashg‘ulotning qanday muhim о‘rin egallashini kо‘z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi.

Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli – mashg‘ulotdir.

Dastur vazifalarining kо‘pchilik qismi mashg‘ulotlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va kо‘nikmalar hosil qilinadi.

Atrofdagi xamma narsani mikdor jixatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning о‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va kо‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.

Mashg‘ulotlarda va kundalik xayotda didaktik uyinlardan xamda uyin-mashklardan keng foydlaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda о‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustaxkamlanadi, chukurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir kancha hollarda, masalan, joyni bilish kо‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda uyinlar asosiy о‘quv vazifasini utaydi.

Mashg‘ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari utilgan materialni takrorlashni birga tо‘g‘ri olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan ya’ni, mashg‘ulot tuzulishi bilan taqsimlanadi.

Mashg‘ulot tuzulishi dastur vazifalarining xajmi, mazmuni, birga kushib olib borilishi, tegishli bilim va kо‘nikmalarning о‘zlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh hususiyatlari bilan belgilanadi.

Maktabga borish davriga kelib bolalar to’plam va son, shakl va kattalik haqida о‘zaro boglangan bilimlarni nisbatan kо‘prok egallagan, fazoda va vaqtni mo’ljalga olishni bilishni o’rgangan bo’lishlari zarur.



Bolalar miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va kattaliklarni o’lchash ekanligini tushuna boshlaydilar.
Yüklə 19,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin