Mehmonxona sohasida axborot texnologiyalar
Mehmonxona xizmati – bu xizmat ko‘rsatish sohasining eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ushbu soha juda jadal raqobat va ko‘rsatayotgan xizmat turlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Boshqaruv nuqtayi nazaridan mehmonxona xo‘jaligi murakkab tizim bo‘lib, har xil va bir-biri bilan bog‘langan quyitizimlardan tashkil topgan bo‘ladi. Masalan, nomerlar bandligini boshqarish, ovqatlanish xizmati, texnikaviy xizmatlar, yordamchi xizmatlar va boshqalar. Quyidagi jadvalda ushbu quyitizimlarning qisqacha mazmunini yoritilgan.
Mehmonxona xo‘jaligining asosiy xizmatlari
Xizmat turi
|
Mazmuni
|
Nomerlarni boshqarish
|
Nomеrlar bеrish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish, masalan, bronlash, mehmonlarni kutib olish, qayd qilish, joylashtirish, to‘lovlarni qayd qilish, hujjatlarni tayyorlash, nomerlarda sanitariya holatini nazorat qilish va boshqalar.
|
Ma’muriyat faoliyati

Tijorat xizmatlari
|
Asosan marketing bo‘limi bilan bog‘lik faoliyat turi bo‘lib, bozorni o‘rganish, reklamalarni amalga oshirish, matbuot va boshqa xizmatlarni qamrab oladi. Ushbu xizmatlarning asosiy maqsadi – bu mehmonxona mahsulotini bozorga chiqarish va yangi xizmat turlarini ishlab chiqish.
|
|
Dostları ilə paylaş: |