1. Turkiston xonliklarini bosib olish yo`lidagi dastlabki harakatlar. Turkiston masalasida ingliz-rus raqobatining kuchayishi


Rossiya imperiyasi tomonidan o‘rta osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi



Yüklə 85 Kb.
səhifə2/3
tarix27.09.2023
ölçüsü85 Kb.
#149308
1   2   3
2-mustaqil ish

2.Rossiya imperiyasi tomonidan o‘rta osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi


Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatishga harakat qildi. Bunda, eng avvalo, xonliklar to‘g‘risida ko‘proq ma'lumotlar to‘plash maqsadida o‘z elchilarini bu yerlarga jo‘natdi. Pyotr I hukmronligi davridayoq Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspeditsiya jo‘natilgan. Ammo bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so‘ng podsho hukumati harbiy istehkomlar qurishga kirishdi. 1718-yilda Irtish daryosi sohilida shunday istehkomlardan yettitasi qurib bitkazildi. Sayyoh, savdogar, elchilar sifatida yuborilgan ayg‘oqchilar tomonidan O‘rta Osiyoning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy ahvoli, suv va quruqlikdagi yo‘llari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ib borildi. XIX asrda Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojining ortishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun qo‘shimcha iste'mol bozorlarining zarurligi, to‘qimachilik sanoati uchun arzon paxta tolasi yetkazib beradigan hududga ega bo‘lish muammolari O‘rta Osiyoning bosib olinishini yanada tezlashtirdi. Shuning uchun XIX asrning o‘rtalarida bu hududni bosib olish Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi. Bundan tashqari xalqaro doirada ingliz tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi, Angliyaning bu hududga nisbatan qiziqishi ortib borishi Rossiya imperiyasi hukumatining istilochilik harakatlarini yanada tezlashtirdi. Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi XIX asrdan boshlab strategik ahamiyatga ega bo‘lgan xonliklarning tabiiy boyliklari, xomashyo mahsulotlariga qiziqa boshladi. O‘rta Osiyoga 1825-yilda M. Murkroft Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun yuboriladi. U Buxoroga kelib, qaytib ketayotganda ikki hamrohi bilan halok bo‘ladi. 1832-yilda Buxoroga A. Byorns, 1844-yilda mayor I. Volf, 1843-yilda Xiva va Buxoroga kapitan J. Abbot yuborilgan. O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordamberish va ularga Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklifi bilan Buxoroga kelgan Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakillari Ch. Stoddart va A. Konnoli 1842-yilda amir tomonidan qatl qilindi. Bunga javoban Angliya hukumati Buxoroga qarshi Afg‘oniston bilan sulh tuzib, ularni qurollantiradi. Shundan keyin Afg‘oniston Buxoro amirligi hududining bir qismini bosib oldi. Natijada 1855-yilda o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohilidagi hududlar Afg‘oniston viloyatiga aylantirildi. XIX asrning o‘rtalariga kelib Angliyaning O‘rta Osiyoga nisbatan olib borayotgan bunday siyosati va podsho hukumatining Qrim urushidagi (1853-1856) mag‘lubiyati Rossiya imperiyasini Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarini bosib olish harakatlarini tezlashtirishga undadi. Buning uchun u, eng avvalo, unga olib boradigan yo‘llar, ayniqsa, Rossiya imperiyasini O‘rta Osiyo bilan bog‘lovchi savdo yo‘llarini to‘liq o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Buning natijasida asosiy yo‘l hisoblangan Toshkentga boradigan Orenburg yo‘lida harbiy istehkomlar qurdi. Sirdaryoning Orolga quyilish joyida 1847-yilda Raim qal'asi bunyod etildi. Chegara hududlarida yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo‘lgan aholiga talonchilik va bosqinchilik qilib turuvchi guruhlarning hujumlarini bartaraf etish podsho hukumatining O‘rta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlashiga bahona bo‘ldi. Bundan tashqari to‘qimachilik sanoati uchun xomashyo bo‘lgan paxtaning yetishmasligi O‘rta Osiyo yerlari va resurslariga ehtiyojni yanada oshirdi. Bu davrda AQSHda shimol va janub o‘rtasida boshlangan fuqarolar urushi (1861-1865) tufayli Rossiyaning to‘qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik vujudga keldi. Turkiston harbiy okrugi askarlari. 1867-yil O‘rta Osiyoga qarshi istilochilik yurishi bosqichlari XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi uzoq vaqt davom etgan o‘zaro urushlar ularning iqtisodiy va harbiy jihatdan zaiflashib qolishiga olib keldi. Bunday vaziyat oxir-oqibat xonliklarning istilo qilinishlarini osonlashtirdi. Shunday qilib, XIX asrning o‘rtalariga kelib xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, ichki nizo va ziddiyatlar, davlat boshliqlarining uzoqni ko‘zlab ichki va tashqi siyosat olib bormaganliklaridan nochor ahvolga tushib qoldi. Shunday vaziyatda Rossiya imperiyasi hukumati o‘zining siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaatlarini ko‘zlab O‘rta Osiyoga harbiy istilochilik harakatlarini boshlaydi.
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich - 1847-1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi. Ikkinchi bosqich - 1865-1868-yillarni qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. Uchinchi bosqich - 1873-1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‘ldi. To‘rtinchi bosqich - 1880-1885-yillarda turkmanlarning bo‘ysundirilishi edi. Shunday qilib, 1864-1885-yillarda - 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi. O‘rta Osiyo xonliklari hududining katta qismi bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.
Rossiya imperatori Aleksandr II (1855-1881) ning 1859-yilda Qo‘qon xonligini bosib olishning davom ettirilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasidan so‘ng harbiy harakatlar kuchaydi. Buning uchun, eng avvalo, xonlikning Toshkent shahri bosib olinishi zarur edi. Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal'asi harbiy harakatlarning tayanchiga aylandi. Podsho qo‘shinlarining Oqmachit qal'asini bosib olish borasidagi dastlabki harakatlari (1852-yil) mag‘lubiyatga uchragach, 1853-yilda uni egallash uchun ikkinchi marta hujum boshlanadi. 3 mingdan ortiq kishidan iborat harbiy qo‘shinga 400 kishidan iborat qal'a himoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko‘rsatdi. Dushman tomonga nisbatan soni juda oz bo‘lgan, qurshovda qolgan qal'a himoyachilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qildilar. Kuchlar notengligi oqibatida podsho hukumati qo‘shinlari tomonidan qal'a egallanadi. Keyinchalik bu qal'a harbiy harakatlar uchun tayanch punktga aylandi va unga Perovskiy forti deb nom berildi

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin