1 tursunov u. A



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix06.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#54839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekistonda jamg‘armalar va investitsiyalar holatini makroiqtisodiy jihatdan statistik baholash

www.interfinance.uz 

                                                                                                                     

2

 

ekanligini,  iqtisodiyotda  jamg‘arish  darajasi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa  mamlakatda 



iqtisodiy  o‘sish  potensiali  shunchalik  katta  bo`lishini  isbotlab  berdi  [2].  Ammo, 

iqtisodiy  rivojlanishda  ishlab  chiqarish  omillariga  urg‘u  beruvchi  klassik  maktab 

ham,  jamg‘arish  darajasi,  aholining  o‘sishi  va  texnologik  rivojlanishni  iqtisodiy 

o‘sishni  asosi  sifatida  ko`rsatuvchi  Solou  modeli  ham  iqtisodiy  voqeliklarni  faqat 

uzoq  va  juda  uzoq  muddatdagina  tavsiflab  bera  oladi.  Qisqa  muddatlardagi 

iqtisodiyotdagi  o‘zgarishlarni  esa  boshqa  bir  olim  “Buyuk  inqiroz” davridagi  keskin 

iqtisodiy  pasayishning  sabablarini  izohlash  chog‘ida  ta’riflab  berdi.  Bu  inson 

angliyalik  atoqli  iqtisodchi  Jon  Meynard  Keyns  hisoblanadi.  Keyns  nazariyasiga 

ko‘ra  qisqa  muddatlarda  iqtisodiy  pasayishlar  va  tushishlarning  sababi  ishlab 

chiqarish  omillari  emas,  balki  mamlakat  aholisi  xarajatlarining  o‘zgarishidir.  Ya’ni, 

iqtisodiyotda  qisqa  muddatlarda  mamlakat  aholisi  qanchalik  ko`p  xarajat  qilsa, 

mamlakat miqyosida shuncha ko‘p mahsulot sotiladi. Demak, shuncha ko‘p mahsulot 

ishlab chiqariladi. Keyns nazariyasi jamg‘armalar va jamg‘arishga oid muhim farazni 

ham  ilgari  suradi,  ya’ni  qisqa  muddatlarda  aholi  kamroq  jamg‘argani  ma’qul,  zero 

aholi  qancha  kam  jamg‘arib  shuncha  ko‘p  xarajat  qilsa,  shuncha  ko`p  mahsulot 

sotiladi va tabiiyki shuncha ko‘p mahsulot ishlab chiqariladi [3]. 

Jamg‘armalarning  makroiqtisodiy  jarayonlardagi  ahamiyatini  hisobga  olib, 

O‘zbekistonda jamg‘armaning holatini aks ettiruvchi quyidagi grafikni keltiramiz. 

 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin