1 tursunov u. A



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix06.04.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#54839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekistonda jamg‘armalar va investitsiyalar holatini makroiqtisodiy jihatdan statistik baholash

www.interfinance.uz 

                                                                                                                     

4

 

tahlilda  juda  katta  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Ushbu  katta  ko`rsatkichkni  qisman 



berilgan  ma`lumotlarning  vaqtli  qator  ekanligi  bilan  izohlasa  bo‘ladi.  Shunga 

qaramasdan,  bu  yerda  eng  kichik  kvadratlar  usulida  topilgan  regression  tenglama, 

bog‘lanishni  ancha  ishonchli  aks  ettirgan  deb  xulosa  qilishimiz  mumkin.  Umuman 

olganda,  yalpi  ichki  jamg‘arma  va  yalpi  ichki  mahsulot  o`rtasidagi  bog`lanishni  aks 

ettiruvchi  rasmdan  va  regressiya  tenglamasidan  shuni  xulosa  qilish  mumkinki,  yalpi 

ichki  mahsulot  va  yalpi  ichki  jamg‘armalar  o`rtasida  sabab  va  oqibat  bog`lanishi 

mavjud. 

Yalpi  ichki  jamg‘armalar  makroiqtisodiy  ko`rsatkichi  bilan  bog‘liq  muhim 

iqtisodiy  ko‘rsatkich  bu  yalpi  investitsiyalardir  (keyingi  o‘rinlarda  investitsiyalar)  . 

Yalpi  investitsiyalar  xorijiy  adabiyotlarda,  hisobotlarda  “investitsiyalar”,  “kapital 

shakllanishi”  (ingliz  tilida  capital  formation),  “yalpi  kapital  shakllanishi”  (gross 

capital  formation)  shaklida  uchraydi.  Mamlakat  iqtisodiyotida  jamg‘arma  va 

investitsiyalar o‘rtasidagi muvozanat muhim hisoblanadi. Bundan tashqari yalpi ichki 

jamg‘armalar  yalpi  investitsiyalarning  chet  el  investitsiyalarini  mustasno  qilganda 

yagona manbasi hisoblanadi.  

Investitsiyalar  jahon  makroiqtisodiy  tahlili  amaliyotida  3  guruhga  bo‘linadi: 

biznesga  yo‘naltirilgan  investitsiyalar  (business  fixed  investments),  uy  xo‘jaliklari 

investitsiyalari  (residential  investments),  tovar  moddiy  zahiralariga  investitsiyalar 

(inventory  investments).  Biznesga  yo‘naltirilgan  investitsiyalar  bu  firma  va 

korxonalar tomonidan sotib olingan asosiy vositalardir. Uy xo‘jaliklari investitsiyalari 

esa  uy  xo‘jalikarining  yangi  uy  va  yer  sotib  olish  uchun  qilgan  xarajatlaridir.  Tovar 

moddiy  zahiralariga  investitsiyalar  esa  firma  va  korxonalar  omborlaridagi  tovar 

moddiy zahiaralari qoldig‘ining o`tgan yilga nisbatan ortishidir.  

O‘zbekistonda  investitsiya  siyosati  davlat  makroiqtisodiy  rivojlanish 

siyosatining  muhim  ajralmas  qismidir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.  M. 

Mirziyoyevning  “O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha 

harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 

va  liberallashtirish”  deb  nomlangan  uchinchi  yo‘nalishda  ham  2017-2021-yillarda 

O‘zbekistonda  investitsiya  muhitini  yaxshilashga  alohida  e`tibor  berilishi  ta`kidlab 

o`tilgan [4].  

Xo‘sh,  O‘zbekistonda  jamg‘arma  va  investitsiyalarning  o‘zaro  mutanosibligi 

qanday? Mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan investitsiyalarni amalga oshirish 

uchun  milliy  jamg‘armalar  yetarlimi?  Bu  savollarga  javob  berish  uchun,  avvaliga, 

O‘zbekistonda jamg‘arma va investitsiyalarning umumiy hajmi va  yillar davomidagi 

dinamikasiga e`tibor berishimiz kerak. 



“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 4, август, 2017 йил 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin