www.interfinance.uz
6
1. O‘zbekistonda jamg‘armalar hajmi yildan-yilga o‘sib boryapti, bu
iqtisodiyotda makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlashda muhim omil hisoblanadi.
2. Iqtisodiy o‘sishning Solou modeliga ko‘ra, jamg‘armalar va investitsiyalar
ekstensiv iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai hisoblanadi. Ushbu nazariya
O‘zbekiston iqtisodiyotiga oid ma`lumotlar bilan mos tushadi: iqtisodiy o‘sish va
jamg‘armalar hajmi o‘sishi o`rtasida kuchli bog`lanish mavjud. Demak. yaqin
kelajakda iqtisodiy o‘sish sur`atlarini saqlab qolish uchun jamg‘armalar hajmining
ham barqaror ortib borishiga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak.
3. O‘zbekistonda jamg‘armalar va investitsiyalar o`rtasidagi muvozanat ijobiy
holatda, demak ushbu muvozanat ham muhim makroriqtisodiy muvozanatlardan biri
ekani hisobga olinsa, kelajakda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishda
jamg‘armalar va investitsiyalar o`rtasidagi muvozanat ko`rsatkichiga e`tibor berilishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: |