Algebra va funksiyalar (AF) 1. Tabiat va jamiyatdagi qonuniyatlar, munosabatlar mohiyatini
tushunish;
2. Funksiyalar va algebraik belgi va timsollar yordamida hayotiy
vaziyatlar va tabiatdagi hodisalarni matematik tilda ifodalash va tahlil qilish,
bu jarayonlardagi o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarni matematik
nuqtai nazardan talqin qilish;
3. Miqdoriy munosabatlarni tushunish va ularning matematik modelini
tuzish hamda ulardan foydalanish;
4.
Chiziqli, kvadratik, ratsional, irratsional, ko‘rsatkichli (eksponensial),
logarifmik, darajali va trigonometrik tenglamalar, tengsizliklar va ularning
sistemalarini yechishda standart yechish metodlarini qo‘llay olish hamda
yechimlarni ko‘rgazmali ifodalash;
5.
Algebraning asosiy tushunchalari, formulalari, g‘oyalari va
metodlarini bilish va ulardan masalalar yechishda foydalanish.
Geom etriya va o‘lchashlar (GO‘) 1. Yassi va fazoviy geometrik shakllarga doir asosiy tushunchalar,
ularning asosiy xossalarini amaliy mazmundagi masalalar yechishda qo‘llay
olish, chizma, model va real dunyodagi geometrik shakllarni taniy olish;
2. Geometrik munosabatlar haqida matematik va mantiqiy fikrni
rivojlantirish;
3. Koordinatalar sistemasi va boshqa tasvirlash tizimlarida fazoviy
munosabatlarni tasvirlash va ularning geometrik o‘rnini aniqlash, sodda
geometrik yasashlarni amalga oshirish;
4. Matematik vaziyatlarni tahlil qilishda simmetriya va geometrik shakl
almashtirishlardan foydalanish;
5. Isbot qilish metodlari va masalalarni yechish algoritmlaridan
foydalanish, masalalar yechish jarayonida asosli matematik mulohazalar
yuritish;
Лойиҳа