30
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi
4/4 va 1 ni sonlar o‘qi chizmasida ayni bitta nuqtaga joylashtirish.
l)
bir xil suratga yoki bir xil maxrajga ega ikki
kasrni ularning qiymatlari
haqida fikr yuritish orqali taqqoslash. Taqqoslashlar faqatgina ikki kasr
bir
xil sonni nazarda
tutgandagina teng bo‘lishini tushunish. Taqqoslash
natijalarini >, = yoki < belgilari bilan yozish va kasrlarning ko‘rgazmali
modelidan foydalanib xulosalarni asoslash.
m)
sodda (maxraji 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12 bo‘lgan) kasr son sonning ulushi,
to‘plamning qismi ekanligini, aralash sonni tushunish, kasr sonni so‘zlar,
sonlar va modellar yordamida tasvirlash;
n) bir xil maxrajli sodda kasrlarni taqqoslash,
tartiblash va ular ustida
qo‘shish va ayirish amallarini bajarish;
3. SA.2
a)
Sonlarning ko‘paytmasini tushunish, misol uchun 5 × 7 ko‘paytmani - 5
ta to‘plamning har birida 7 tadan narsa bo‘lgan holatda narsalarning
umumiy soni sifatida sharhlash. Masalan, narsala
rning umumiy soni 5 ×
7 sifatida ifodalanishi mumkin bo‘lgan hayotiy vaziyatni qarash.
b)
Bo‘linma butun son bo‘lgan vaziyatni talqin qilish, misol uchun 56 : 8 ni -
56 ta narsadan tashkil topgan to‘plamni teng 8 ta guruhga bo‘lganda har
bir
guruhdagi narsala
r soni sifatida yoki shu to‘plamni har biri 8 ta
narsadan iborat teng guruhlarga bo‘lganda guruhlar soni sifatida
sharhlash. Masalan, guruhlarning soni 56 : 8 sifatida ifodalanishi mumkin
bo‘lgan hayotiy vaziyatni qarash.
c)
elementlari soni teng guruhlar, tu
zilmalar va o‘lchov miqdorlarini o‘z
ichiga olgan vaziyatlarga oid matnli masalalarni yechish uchun 100
gacha bo‘lgan sonlar bilan ko‘paytirish va bo‘lish amallaridan
foydalanish,
misol uchun, masalani ifodalash uchun rasmlar va
noma’lum son belgisi bo‘lgan tenglamalardan foydalanish;
d)
uchta son, ko‘paytirish yoki bo‘lish
amali qatnashgan tenglikda
noma’lum sonni aniqlash. Masalan, 8 ×? = 48; 5 = ? ÷ 3; 6 × 6 =?
Tengliklarning har birida tenglikni to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydigan
noma’lum sonni aniqlash;
e)
sonlarni eng yaqin 10 yoki 100 gacha yaxlitlash uchun o‘nli sonlar
tushunchasidan foydalanish;
f)
o‘nli sonlar, amallar xossalari va/yoki qo‘shish va ayirish o‘rtasidagi
munosabatlarga asoslangan usullar
va algoritmlardan foydalanib, 1000
gacha bo‘lgan sonlar bilan qo‘shish va ayirish amallarini og‘zaki bajarish.
g)
o‘nli sonlar va amallar xossalariga asoslangan usullardan foydalanib, bir
xonali butun sonlarni 10
– 90 oraliqdagi 10 sonining ko‘paytuvchilariga
ko‘paytirish (masalan, 9 × 80, 5 × 60).
h) tenglamalarni tanlash usuli bilan, berilgan
va izlanayotgan sonlar
orasidagi o‘zaro munosabat asosida yechish;
i)
miqdorlar (narx-
navo, massa, vaqt, uzunlik, yo‘l, yuz, tezlik) orasidagi
munosabatlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan (2-3 qadamli)
masalalarni arifmetik
usulda yechish;
Dostları ilə paylaş: