1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi


 ES. EHTIMOLLIK VA STATISTIKA



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/121
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150121
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121
4. ES.
EHTIMOLLIK VA STATISTIKA
4. ES.2 
a) 
O‘zgaruvchilarning qiymati yoki berilgan ma’lumotlarga ko‘ra sodda 
grafik, murakkab bo‘lmagan diagramma, jadvallar, shkalalar tuzish. 
b) 
O‘lchovlar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plamini birlik kasrlarda (1/2, 1/4, 1/8) 
aks ettirish uchun chiziqli grafik yasash. Chiziqli grafikda keltirilgan 
ma’lumotlardan foydalanib, kasrlarni qo‘shish va ayirish bilan bog‘liq 
masalalarni yechish. Masalan, chiziqli grafikda hashorotlar to‘plamidagi 
eng uzun va eng qisqa namunalar orasidagi farqni aniqlash va 
sharhlash; 
c) 
To‘plamlarning birlashmasi va kesishmasi haqida tasavvurga ega bo‘lish, 
ularni Venn diagrammasi yordamida tasvirlash.
Лойиҳа


38 
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi 
TUSHUNTIRISH XATI 
 
Matematika fani asoslarini yaratishga ulkan hissa qo’shgan 
Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al F
arg’oniy, Abu Rayxon Beruniy va 
Mirzo Ulug’bek kabi buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni 
tarbiyalash, zamonaviy
bilimlarni o’quvchilarga yetkazish hamda 
mamlakatimiz 
yoshlarini 
matematika 
go’zallikllaridan 
bahramand 
bo’lishlariga sharoit yaratib berish – barcha uchun ham qarz, ham farz 
hisoblanadi. 
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning 
ustuvor yunalishlaridan biri sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va 
ta’limi rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator 
tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Matematika olamni bilishning asosi 
bo’lib, tevarak-atrofda kechayotgan 
voqea va hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda hamda 
ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning taraqqiyotida muhim 
ahamiyatga ega. 
Muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Matematika 
hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli 
bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”. 
Mashhur rus matemati
gi A.Ya.Xinchin ta’biri bilan aytganda: 
“Matematika fanini o’zlashtirib borish natijasida kishi sofdil, rostgo’y, 
haqiqat uchun kurashuvchi mard va vatanparvar bo’lib tarbiyalanadi”. 
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-
texnika va 
texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan 
dunyoda raqobat-
bardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo 
etadi, bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatish bo‘yicha ham 
xalqaro tajriba va andozalarni joriy etish orqali 
ta’minlanadi.
Ma’lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini 
rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani 
tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-
intizomlilikka o‘rgatadi va eng muhimi 
mulohaza yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi.
Prezidentimiz aytganlaridek, “Matematika hamma fanlarga asos. Bu 
fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada 
muvaffaqiyatli ishlab ketadi”. 
Matematika
 
olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-
atrofimizdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib 
berishda ahamiyati juda katta, vaholanki matematik bilimlarsiz ishlab 
chiqarish va fanning rivojlanishini tassavur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun 
ham 
matematik madaniyat va savodxonlik
— umuminsoniy madaniyatning 
tarkibiy qismi hisoblanadi.
Matematika fanini o‘qitishdan ko‘zlangan zamonaviy maqsad va 
vazifalar quyidagilardan iborat: 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin