Musiqa madaniyati o‘quv predmetining asosiy vazifalari:
musiqiy xotira, diqqat, tasavvur, xarakatlar koordinatsiyasi kabi
psixologik faoliyatlarni shakllantirish, badiiy va musiqiy didni rivojlantirish;
o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini tinglab, idrok etishga o‘rgatish;
kuy ohangini, ifoda vositalarini xis qilish;
musiqa savodiga oid nazariy bilim (kalit so‘zlar)larni bilish va amalda
qo‘llash;
kuy va qo‘shiqlarni tinglash orqali tuzilishi, janr (ommaviy va
professional) jihatlarini bir-
biridan ajrata olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
vokal-
jamoa bo‘lib kuylash malakalarini rivojlantirish:
xalq og‘zaki ijodining professional janri, milliy maqom ijrochilik
san’atining mahalliy uslublari haqidagi boshlang‘ich bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslari: musiqa
tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi faoliyat turlari bo‘yicha olib
boriladi.
Dostları ilə paylaş: |