6.4. Musiqa madaniyati fani bo‘yicha o‘quv dasturlari malaka
talablari va ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi
lozim.
6.5. Musiqa madaniyati fani bo‘yicha darsliklarni ishlab chiqishga
qo‘yiladigan talablar:
barcha paragraflarda mavzuga mos matn, illyustratsiyalar, savollar,
topshiriqlar va mashqlar bo‘lishi. Ular turli tuzilish va murakkablik darajasiga
ega bo‘lishi;
savollar bilimlarni rivojlantirishi, yangi mavzuni o‘rganish uchun zarur
bo‘lgan mavjud faoliyat tajribasiga asoslanishi;
tinglash faoliyati uchun berilgan kuy
qo‘shiqlar o‘quvchilarning
psixofiziologik
xususiyatlariga va berilayotgan mavzuga mos bo‘lishi lozim.
Лойиҳа
|