Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur:
tasviriy san’atning ta’lim tizimida tutgan o‘rni;
tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi;
tasviriy san’atni o‘qitish metodlari va texnologiyalari tarixi;
tasviriy san’at bo‘yicha yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalarning xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
tasviriy san’atni o‘qitish metodikasining yondosh fanlar bilan bog‘liqligi;
tasviriy san’atni o‘qitish metodlari, texnologiyalari, ularning nazariy asoslari;
umumiy o‘rta ta’limda tasviriy san’at mazmuni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tasviriy san’at mazmuni;
tasviriy san’at o‘qitishda didaktik prinsiplar;
tasviriy san’at turlari va janrlari, uni o‘qitishning texnologiyalari
tasviriy san’at bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni tashkil etishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
tasviriy san’atga o‘quvchilarda mehr uyg‘ota olish;
tasviriy san’atni o‘qitishning metod va texnologiyalarini qo‘llay olish;
tasviriy san’at bo‘yicha mustaqil tahsil olishga o‘quvchilarni yo‘llash;
tasviriy san’at bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholay olish;
tasviriy san’at darslari, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha talab qilingan barcha hujjatlarni yuritish;
tasviriy san’at darslarini rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
muhandislik grafikasi fanining ta’lim tizimida tutgan o‘rni;
muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi;
muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodlari va texnologiyalari tarixi;
muhandislik grafikasi fanining bo‘yicha yaratilgan o‘quv adabiyotlarining xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi;
muhandislik grafikasi fanining o‘qitish metodlari va texnologiyalari, ularning nazariy asoslari;
muhandislik grafikasi fanining o‘qitishning didaktik prinsiplari;
umumiy o‘rta ta’limda muhandislik grafikasi fanining mazmuni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muhandislik grafikasi fanining mazmuni;
muhandislik grafikasi fanining bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi;
muhandislik grafikasi fanining o‘qitishda zamonaviy metod va texnologiyalarni qo‘llay olish;
muhandislik grafikasi faniningfaniga o‘quvchida mehr uyg‘ota olish;
o‘quv-tarbiya jarayonida muhandislik grafikasi fanining adabiyoti materiallaridan foydalana olish;
muhandislik grafikasi fanining bo‘yicha bilimlarini baholash;
muhandislik grafikasi fanining o‘qitish bo‘yicha talab qilingan hujjatlarni tayyorlash;
chizmalarni mustaqil tahlil qilish, viktorina va olimpiadalar o‘tkazish;
muhandislik grafikasi fanining darslarini rejalashtirish;
grafik ishlarni tekshirish va baholash;
grafik ishlarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |