10. Noma’lum metall 3,52 g kislorod yoki 8,36 g galogen bilan birika oladi. Galogenni aniqlang.
A) ftor B) xlor C) brom D) yod
11. Fosfat kislotaning asosli tuzi molekulyar massasi 397 g/mol, ekvivalent massasi esa 66,166 g/ekv bo’lsa, tuz neytronlari sonini aniqlang.
A) 204 B) 162 C) 210 D) 198
12. 1:2:4 mol nisbatda olingan metan, vodorod, kislorod aralashmasi portlatilgandan keyin sistema normal sharoitga keltirildi. Hosil bo’lgan aralashmaning o’rtacha molyar massasini hisoblang.
A) 21,4 B) 24,66 C) 38,0 D) 35,0
13. Azot va kislorod aralashmasidagi azot elektronlari soni kislorod elektronlari sonidan 3,5 marta ko’p bo’lsa, aralashmaning o’rtacha molyar massasini ko’rsating.
A) 28,8 B) 29,2 C) 29,0 D) 31,2
14. Metan va is gazidan iborat 50 ml aralashmani yondirish uchun 75 ml kislorod qo’shib yondirildi. Suv bug’lari kondensatlangandan keyin aralashma hajmi 70 ml bo’lib qolgan bo’lsa, metanning dastlabki aralashmadagi hajmiy ulushini toping. A) 20 B) 40 C) 60 D) 80
15. Propan bilan to’ldirilgan idish massasi metan bilan to’ldirilgan idish massasidan 1,4 g ga og’ir, noma’lum gaz bilan to’ldirilgan idish massasidan esa 0,7 g ga og’ir bo’lsa, noma’lum gazni aniqlang. (Idishlar bir xil hajmga ega) A) NO B) CO C) BH3 D) SiH4
Dostları ilə paylaş: |