Izoh:
* O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) har yili 31-dekabrga qadar 11-sinfni bitirib, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlarida qatnashgan o‘quvchilar soni va ular to‘plagan ballar yig‘indisi hamda talabalikka qabul qilinganlar soni haqidagi ma’lumotlarni tumanlar (shaharlar) va umumta’lim muassasalari kesimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidan va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallaridan so‘rov asosida oladi;
** Umumta’lim muassasasi 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi Davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat ishlari orqali aniqlanadi;
*** Umumta’lim muassasasidagi oliy va birinchi malaka toifali pedagog xodimlar soni tegishliligiga ko‘ra tasarrufida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idora yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;
**** Umumta’lim muassasasining rahbar va pedagog xodimlari faoliyati hamda pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va u yerdagi o‘qitish muhitining holati Davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘quvchilar va pedagog xodimlar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish orqali aniqlanadi.
Umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish masalalari mazkur Baholash mezonlariga ilovaga muvofiq Umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Mazkur Baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2018-yil 17-dekabr
Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga
ILOVA
Umumta’lim muassasalarining reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash