1. Umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Yüklə 34,87 Kb.
səhifə5/5
tarix01.12.2023
ölçüsü34,87 Kb.
#170603
1   2   3   4   5
(2)3112 29.12.2018

METODIKASI
Mazkur Metodika umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini (bundan buyon matnda reyting deb yuritiladi) tuzishda umumta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari uchun asos hisoblanadigan zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan reyting tumanlar (shaharlar) kesimida tanlash asosida har yili tuziladi.
2. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish o‘quv yili davomida amalga oshiriladi.
2-bob. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish
3. Umumta’lim muassasalari reytingini tuzish maqsadida har yili 10-yanvarga qadar Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i asosida reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, umumta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda har yili 20-yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Davlat inspeksiyasining hududiy bo‘limlari va tasarrufida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari (bundan buyon matnda hududiy bo‘linmalar deb yuritiladi) xodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumta’lim muassasalari reytingini aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, umumta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalarni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuziladi.
4. Reytingda qatnashadigan tumanlar (shaharlar) va umumta’lim muassasalari ro‘yxati komissiya tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-fevralgacha Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
5. Davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha jadvallar har yili 1-martga qadar ishchi guruhlar orqali hududiy bo‘linmalarga yetkaziladi.
6. Hududiy bo‘linmalar tomonidan reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha jadvallarga tegishli ma’lumotlar kiritilib, mazkur ma’lumotlar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar ishchi guruhlarga taqdim etiladi. Ma’lumotlarning ishchi guruhlarga belgilangan muddatdan kechikmay, sifatli va to‘g‘ri taqdim etilishi uchun hududiy bo‘linmalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
7. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida hududiy bo‘linmalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganilishi mumkin.
Asoslantiruvchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan, shuningdek yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
8. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan Davlat inspeksiyasiga har yili 15-iyungacha taqdim etiladi.
3-bob. Reytingni aniqlashga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish
9. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ishchi guruhlar tomonidan har yili mart-may oylarida umumta’lim muassasalari 9-sinf o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish yoki test sinovlaridan iborat nazorat ishlari o‘tkaziladi.
10. Nazorat ishlari o‘tkaziladigan fanlar va savollar miqdori komissiya tomonidan belgilanadi.
11. Nazorat ishlari o‘tkazish uchun ishchi guruhlar tomonidan kamida bitta sinf qur’a tashlash orqali aniqlab olinadi.
12. Nazorat ishlari boshlanishidan oldin bitiruvchi sinflar o‘quvchilari va pedagogik jamoa bilan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi. Bunda pedagog va rahbar xodimlar faoliyati, ta’lim muassasasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit va pedagog xodimlarning dars berish mahorati haqida o‘quvchilar fikri, shuningdek umumta’lim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘qitish muhitining holati haqida pedagog xodimlar fikri o‘rganiladi.
Ijtimoiy so‘rovnoma savollari xalq ta’limi tizimidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladi.
13. Pedagogik jamoa bilan o‘tkaziladigan so‘rovnomada umumta’lim muassasasining barcha pedagog xodimlari qatnashadilar.
4-bob. Reyting ballarini hisoblash metodikasi
14. Reytingni aniqlash quyidagi hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi:
tegishli formula asosida reytingda ishtirok etayotgan barcha umumta’lim muassasalarining ballari har bir ko‘rsatkich bo‘yicha alohida hisoblanadi;
tegishli ko‘rsatkich bo‘yicha eng katta natijaga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasiga mazkur ko‘rsatkich uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;
qolgan barcha umumta’lim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega bo‘lgan umumta’lim muassasasining balliga nisbatan hisoblab chiqariladi;
har bir ko‘rsatkich bo‘yicha hisoblangan ballar yig‘indisi asosida umumta’lim muassasasining reytingi belgilanadi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
15. Reyting natijalari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi.
16. Reytingni aniqlashga oid ma’lumotlar Davlat inspeksiyasida besh yil davomida saqlanadi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/3112/2420-son)

Yüklə 34,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin