1. Ustаmа хаrаjаtlаrni tаnnаrхgа o’tkаzish



Yüklə 13,36 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü13,36 Kb.
#166126
Boshqaruv hisobi


8-variant
1. Ustаmа хаrаjаtlаrni tаnnаrхgа o’tkаzish
2. Mаhsulоt tаnnаrхigа kiritilаdigаn mеhnаt hаqi хаrаjаtlаri.
Javoblar
1. Ustama xarajatlarni taqsimlash kompaniyada ishlab chiqarilgan barcha
mahsulotlarga yoki kompaniya o‘z mijozlariga ko‘rsatadigan xizmatlar uchun
umumiy bazani tanlash orqali amalga oshiriladi.
Taqsimlash bazasi sifatida ishlab chiqarish bo‘linmalarining ustama
xarajatlariga to‘laroq mos keladigan omil tanlanishi lozim. Bazaga ko‘pincha
quyidagilar olinadi:
Ishlab chiqarishda ishlagan ishchilarni ish vaqti
Uskunalarni ishlagan vaqti
Mehnat sarflari
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi
Ustama xarajatlarni amaldagi miqdoriga asoslanib taqsimlash stavkasini
hisoblash ko‘pincha bir qancha muammoni keltirib chiqaradi:
buyurtmalarning tannarxini hisoblash hisobot davri tugaguncha
kechiktirilishi lozim, chunki ustama xarajatlar va ishlab chiqarish hajmini bundan
oldin hisoblab bo‘lmaydi;
ustama xarajatlar ham, ishlab chiqarish faoliyati ham oy sayin o‘zgaradi
va ustama xarajatlarni taqsimlash stavkalarining ko‘p darajada o‘zgarishiga olib
keladi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini taqsimlashning reja stavkasini hisoblash
quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Ustama xarajatlar prognoz miqdorini hisoblash
2. Ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash
3. Kelgusi davr uchun prognoz qilingan ustama xarajatlar miqdorini
bazaning prognoz miqdoriga ajratish
4. Ushbu stavkadan foydalanib, ustama xarajatlarni mahsulotning har bir
turiga o‘tkazish.
Reja stavkasini hisoblash uchun foydalaniladigan prognoz ma‘lumotlari
amalda haqiqiy ma‘lumotlarga mos kelmaydi. Bunday holatda mahsulot tannarxiga
o‘tkazilgan ustama xarajatlar haqiqatda qilingan ustama xarajatlar summasidan
farq qiladi, bu esa ustama xarajatlarning to‘la taqsimlanmasligiga olib keladi
yoki ustama xarajatlarning ortiqcha taqsimlanishiga sabab bo’ladi:
To‘la taqsimlanmagan ustama xarajatlarni yoki ortiqchasi bilan
taqsimlangan ustama xarajatlarni ikki usul bilan hisobdan chiqarish mumkin:
1. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summasi "Realizatsiya qilingan
mahsulot tannarxi" schetiga o‘tkazish orqali.
2. Tuzatish kiritilgan (korrektirovka) summani uchta "Tugallanmagan ishlab
chiqarish", "Tayyor mahsulot" va "Sotilgan mahsulot tannarxi" schetlari qoldig‘iga
mutanosib taqsimlash orqali.

2. Mahsulot tayyorlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan mehnatni yordamchi
yoki bilvosita mehnat deyiladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarishning ustama
xarajatlariga qo‘shiladi va so‘ngra joriy davr oxirida mahsulotga tegishli stavka
bo‘yicha taqsimlanadi. Bilvosita mehnatga tsex boshliqlari, brigadirlar, muhandis
xodimlar, qorovullar, tsex farroshlari mehnati kiradi. Noishlab chiqarish
xodimlarining, ya‘ni mahsulotni sotish bilan shug‘ullanadigan xodimlarning ish
haqi va ma‘muriy boshqaruv xodimlarining ish haqi hisobot davridagi sarflar
sifatida hisobga olinadi (davr xarajatlarida) va bunday xarajatlar vujudga kelishiga
qarab foyda va zararlar schetiga hisobdan chiqariladi.
Bekor turish vaqtini, ish vaqtidan tashqari ishlash vaqtini va mukofotlarni
hisobga olish
Band bo‘lmagan ish vaqti yoki bekor turgan vaqt – bu unumsiz, lekin haq
to‘lanadigan vaqtdir.
Bartaraf etiladigan bekor turish rejalashtirish yaxshilanganda xoli bo‘lish
mumkin bo‘lgan vaziyat oqibatida vujudga keladi. Bunday bekor turish bo‘yicha
sarflar mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki foydalar va zararlar schetiga hisobdan chiqarilishi kerak.Bartaraf etsa bo‘ladigan asosiy bekor turish hollari quyidagilardir:
Ishlab chiqarish jarayonining to‘xtab qolishi (uskunalarning sinishi,
materiallarning etishmasligi, ishni yaxshi rejalay olmaslik);
Boshqaruv qarorlari (buyumlarning texnik xususiyatini o‘zgartirish,omborda materiallarning yo‘qligi, rejalarning o‘zgarishi).
Muqarrar bekor turish korxonaning nazorat qilib bo‘lmaydigan yoki
muqarrar xarajatidir. U odatdagi ish sharoitidan yoki tashqi omillardan, choy
ichishga tanaffusdan, to‘satdan mahsulotga talabning kamayishi, ishlab chiqarish
uchun asosiy xom-ashyo etkazib beruvchida boshlang‘ich ish tashlashdan kelib
chiqadi.
Bunga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan (ularni umumiy
ishlab chiqarish sarflari schetida aks ettirish yo‘li bilan) xarajatlarning bir qismi
sifatida qarash mumkin.
Ish vaqtidan ortiqcha vaqt – bu mehnat qonunida belgilangan ish vaqtidan
ortiqcha ma‘lum davr bo‘lib, unga odatda ustama sifatida haq to‘lanadi.
Asosiy ishchilar uchun ortiqcha vaqt quyidagi sabablar bilan zarur bo‘ladi:
1)ishlab chiqarish jarayonida to‘la ishlanmagan vaqtni to‘ldirish;
2)dastlab rejalashtirilgan mahsulot miqdorini ko‘paytirish.
Bartaraf etish imkoni bo‘lgan ortiqcha ish vaqti xarajatlarini odatda shu
davridagi foydalar va zararlar schetiga o‘tkazib, hisobdan chiqariladi. Muqarrar
yoki zaruriy ish vaqtidan ortiqcha ishlar qiymati uni umum ishlab chiqarish
xarajatlari schetiga o‘tkazish yo‘li bilan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Mukofot haqi asosiy xodimlarga va yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga
yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari uchun to‘lanadi, unga oddiy ishlab chiqarish
xarajati deb qaraladi va mahsulot tannarxiga kiritiladi (umum ishlab chiqarish
xarajatlariga kirtish yo‘li bilan). Noishlab chiqarish xodimlariga to‘langan
rag‘batlantirish mukofotlari shu davrdagi foyda va zararlar schetiga o‘tkaziladi.
Yüklə 13,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin