14. Temperament tushunchasi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi
*a) Lotincha “aralashma” so’zidan olingan bo’lib narsalarning tegishli nisbati degani
15. Insonning fikrlash jarayonlari orqali qaror qabul qilishi, hamda qabul qilingan qaror asosida o‘z xarakatlarini yo‘naltirishi – bu?
*a) Iroda
16. Qon so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, serharakat, kuchli ta’sirlanuvchi harakatchan, muvozanatli tip. Yangi shart sharoitga tez moslashadi, tez ishga kirishib tez soviydi, o‘z o‘rnini, rolini tez almashtiradigan tip. Uning yuz ifodasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamlarga bo’lgan munosabatini bilish oson
*a) Sangvinik
17. Sariq o‘t organizmda ustun miqdorda bo‘lishi asos qilib olinib, ta’surotni tez qabul qilib olish, kuchli qo‘zg‘olish, terisiga sig‘maydigan shoshqaloq odam xususiyati hisoblanadi. «Jangovar, jo‘shqin, oson va tez ta’sirlanadigan tip». Chaqqon, tez harakat qiladi, qattiq va tez gapiradi, o‘zini tutib turishi qiyin.
*a) Xolerik
18. Organizmda shilimshiq modda flegma miqdori ko‘pligi bilan ifodalanadi. Bu tipdagi odam xotirjam, vazmin, bosiq,harakatlarining va nutqining tempi sust,diqqatini sekinlik bilan to’playdi va qiyinchilik bilan ko’chiradi ta’surotni bir muncha sekin qabul qiladi, ishga shoshilmay kirishadi, lekin ishni puxta, oxirigacha etkazib bajarishga layoqatli tip. Hissiyotlari sekin paydo bo‘ladi, ammo barqaror va davomli bo‘ladi.
*a) Flegmatik
19. Qora o‘t miqdori bilan bog‘liq deb hisoblanadi. Reaksiasi sust, tortinchoq, ta’sirchan, arazchan. Uning faolligi sust, o’ziga ishonchi passiv. Samimiy, nozik didli va go’zalikka intiluvchan, ijodkor. U yangi sharoitga sekin ko’nikadi, e’tiborli va ehtiyotkor, lanj, o‘zini tez yo‘qotib qo‘yadi, biror ishda tashabbuskorlik ko‘rsatmaydigan bir qarorga kelishi mushkul bo’lgan xarakter egasidir.
*a) Melanxolik
20. Zarb qilish, belgi, tamg‘a ma’nolarini anglatuvchi shaxsning individualligi psixik jarayonining o‘tish xususiyatlarida namoyon bo‘luvchi individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradigan individual psixologik xususiyat.
*a) Xarakter
21. Xarakterning nimasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin: introvert tip - odamovi, ichimdagini top, boshqalar bilan til topishga qiynaladigan tip, ekstrovert tip - his xayajonga berilganlik, ko‘p gapiradigan, maqtanchoq, ko‘p narsaga beqaror qiziqadigan tip. Boshqarib bo‘lmaydigan tip – oraliq tip (ambovert), g’ayritabiiy, sun’iy qiliqlar, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan o‘rinsiz shubhalanish bilan qarash. o‘z salbiy qiliqlarini bila turib davom ettirish - xudbinlikninng oliy shakli
*a) Xarakter aksentuatsiyasiga qarab
Dostları ilə paylaş: |