Tarbiya nazariyasi nimani o’rgatadi?
tarbiya jarayonining mazmuni, usuli, tashkil etish masalalarini
Ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari nimalardan iborat
ta’lim-tarbiya maqsadlari, ta’lim-tarbiya mazmuni, ta’lim-tarbiya metodlari, ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari, ta’lim-tarbiya vositalari, ta’lim-tarbiya natijalari
O‘quvchilarni maktabda va yozgi oromgohlarda dam olishlarini ta’minlash bo‘yicha kimlar bilan xamkorlikda amalga oshiradi?
sinf rahbarlari, maktab ota-onalar qo‘mitasi, tuman sog‘likni saqlash bo‘limi va tuman kasaba uyushmalari bilan;
Dars kuzatish maqsadlari qaysilar?
o‘rganish, tahlil, nazorat va o‘rgatish
“Tarbiya” so’zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Ma’naviy manbalar va xozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o’qituvchining o’quvchi bilan bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqoti
Rahbar madaniyatiga nimalar kiradi?
intizom, insoniylik, ijodkorlik, so‘zlashuv odobi, fuqarolarni gaplarini to‘liq eshita bilish va unga tegishli to‘g‘ri javobni berish;
Ta’lim sifatini oshirishda qaysi sifat omili hal qiluvchi o‘rin egallaydi?
sinfdagi barcha o‘quvchilarningo‘zlashtirish darajasi;
Dars jarayonini kim boshqaradi ?
o‘qituvchi
Modul nima?
Modul lotincha «modulus» so‘zidan olingan bo‘lib me'yor, o‘lchov ma'nosini anglatadi.
Ta’lim vositalari?
Darslik, texnika vositalar, ko’rsatmali vositalar
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni qabul qilingan sanani aniqlang?
2019-yil 29-aprel
Maktabda ta`limning asosi nima ?
Dars
Dars jarayonining samardorligi nimaga bog‘liq?
o‘qituvchining salohiyati va mahoratiga
“Texnologiya” so‘zining izohiy lug‘atdagi ma’nosi nima?
biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi;
Dostları ilə paylaş: |