1-variant. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi, kapital migratsiyasi



Yüklə 175,11 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü175,11 Kb.
#164847
  1   2   3   4

1-variant.

  1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi, kapital migratsiyasi;

Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash — i.ch. ni tashkil qilish shakli, maʼlum bir mahsulotni hamkorlikda tayyorlash uchun korxonalar oʻrtasida maxsus i.ch. aloqalari. Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashgan sari I.ch.k. rivojlanib boradi va u, birinchi navbatda, korxonalarning cheklangan turdagi mahsulot, mahsulot qismlarini i. ch.ga ixtisoslashuvida koʻrinadi. Bu jarayon korxonalar oʻrtasida raqobat kurashini x.am oshiradi.
I.ch.k. ixtisoslashtirish shakllaridan biri boʻlib, korxona va tarmoqlar oʻrtasidagi aloqalar ixtisoslashtirishning kengayishiga, yangi tarmoqlar vujudga kelishiga, eskilarning boʻlinib ketishiga sabab boʻladi (qarang Ishlab chitsarishni ixtisoslashtirish). Kooperatsiyalash xalq xoʻjaligida i.ch. imkoniyatlarini oshiruvchi vosita boʻlib, i.ch. quvvatlaridan yaxshiroq foydalanishga, i.ch. jarayonini tezlashtirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga imkon beradi, natijada mehnat unumdorligi oshadi. I. ch. k. agre-gatlar boʻyicha (predmetli) kooperatsiyalash (murakkab mahsulot ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga bir qator korxonalar shu mahsulotni tayyorlash uchun zarur boʻlgan qismlar, mas, motor, nasos, kompressor va b. lar yetkazib beradi), detallar boʻyicha kooperatsiyalash (bunda qator ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga detal va qismlar — podshipnik, porshen, gilza, silindr, reduktor va b. yetkazib beradi); texnologik (bosqichli) kooperatsiyalash (bir korxona ikkinchisi uchun alohida tex-nologik jarayonlar va ishlarni ba-jarib beradi) kabi koʻrinishlari bor.
Hududiy jihatdan kooperatsiyalashning mahalliy (shu xududning oʻzidagi i.ch. korxonalari oʻrtasidagi aloqa) va mintaqaviy (bir necha hududlardagi i.ch. korxonalari oʻrtasidagi aloka) shakllari bor. Kooperatsi-yalashgan aloqalar vaqt jihatidan d o -i m i i (bunda korxonalar i.ch. harakteriga koʻra, oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yaʼni muayyan mahsulotning bir qismi birinchi korxonada tayyorlansa, boshqa qismi ikkinchi korxonada tayyorlanadi) yoki vaqtinchalik (bunda korxonalar bir-biri bilan ehtiyojga koʻra, vaqtincha bogʻlanadi) boʻlishi mumkin. Kooperatsiyalashgan aloqadagi korxonalar soni va tayyor mahsulot tannarxida kooperatsiya orqali yetkazilgan de-tallar, uzellarning salmogʻi I.ch.k. da-rajasi koʻrsatkichlari hisoblanadi. I.ch.ni ixtisoslashtirish rivojlangan sari kooperatsiyalashgan aloqalar ham rivojlanib boradi. Bu jarayon avtomo-bilsozlik, traktorsozlik, aviasozlik kabi sohalarda yaqqol koʻrinadi. Masalan, dunyoga mashhur "Toyota" avtomobil kompaniyasi minglab kichik va oʻrta kompaniyalar bilan kooperatsiyalashgan holda hamkorlik qiladi.
Oʻzbekistonda I.ch.k. mashinasozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik, qurilish materiallari kabi sanoat tarmoklarida, qishloq xoʻjaligi da yaxshi rivojlangan. Masalan, paxta teradigan mashinalar, traktorlar, samolyotlar, oziq-ovqat i.ch. da koʻplab mustaqil korxonalar oʻzaro kooperatsiya aloqalariga ega.
Kapitalni xorijga chikarish, uning davlatlar orasida faol migratsiyasi zamonaviy jaxon xujaligi va xalkaro iktisodiy munosabatlarning eng muxim ajratib turuvchi tomoniga aylandi.
Kapital olib chikish jaxon xujaligining chukur rivoji davrida tovar olib chikiish monopoliyasini sindirdi. Tovar olib chikishni tuldirib va uning vositachisi bulib, kapital olib chikish xalkaro iktisodiy munosabatlar tizimida aniklovchi omilga aylanmokda. Iktisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IXRT)ning baxolashiga karaganda, 80-yillarda (1983-yildan boshlab) tutridan tugri investitsiyalarning yillik usishi taxminan 34% ni tashkil etdi, yaʼni, bu xalkaro savdo usishidan kariyb 5-marta kuprokdir.
Kapital olib chikish uzida maʼlum davlat milliy oborotidan bir kism kapitalni olib uni boshka davlat ishlab chikarish jarayoni va oborotiga tovar yoki pul formasida joylashtirishni namoyon kiladi. Oldingi kapital olib chikish jaxon xujaligi pereferiyasiga kapitalni eksport kiladigan kam sonli sanoati rivojlangan davlatlarga xos edi. Jaxon xujaligining rivojlanishi bu jarayon doirasini sezilarli kengaytirdi: kapital chikarish xar kanday muvaffakiyatli, dinamik rivojlanayotgan iktisodiyotning funksiyasi bulib kolmokda. Kapitalni ilgor sanoati rivojlangan davlatlar xam,urtacha rivojlangan davlatlar xam, riojlanayotgan davlatlar, ayniksa “yangi industrial davlatlar xam chikarmokdalar.
Kapital olib chikishning asosiy sababi uning maʼlum davlatda nisbatan iisbatan" ortikchaligidadir. Ishbilarmonlik foydasi yoki foiz olish maksadida u chet elga chikariladi. Kapital eksporti ichki investitsiya uchun kapital yetishmagan xolda xam amalga oshirilishi mumkin. 90-yillar boshida umumjaxon ortikcha kapital 180-200 mlrd. doll-ga baxolanmokda. XX asrning ikkinchi yarmidan kapital chikarish tinimsiz usmokda. Kapital eksporti usish surʼatlari buyicha tovar eksportini xam, sanoati rivojlangan davlatlar yalpi ichki maxsulotini xam orkada koldirmokda. Kapital olib chikish mikyosining keskin kupayishi fonida uning xalkaro migratsiyasi kuchaymokda.
Xalkaro kapital migratsiyasi-kapitallarning egasini foyda keltiruvchi, davlatlar orasidagi karama-karshi xarakatdir. Xar bir davlat bir vaktning uzida kapitalning importyoru va eksportyoridir: kesishgan investitsiyalar sodir bulmokda.
Katta foyda uchun kapital olib chikishning eng muxim sabablari kuyidagilardir:
1) Kapital olib chikilayotgan davlatda uning ortikcha tuplanganligi;
2) Jaxon xujaligining turli zvenolarida kapital talabi va taklifining moye kelmasligi;
3) Maxalliy bozorni monopolizatsiya kilish imkoniyati mavjudligi;
4) Kapital eksport kilinadigan davlatda arzonrok xom-ashyo va ishchi kuchining mavjudligi. Masalan, kayta ishlash soxasidagi nemis ishchisi Tayvanlikdan 4-marta, Braziliya va Meksikalikdan 9-marta va Rossiyalikdan 54-marta kimmatrok “turadi”.
5) Barkaror siyosiy xolat va umuman kulay investitsion muxit.
Amalda investitsiya kilish zaruriyati uzida investitsion muxitning barcha kismlarini mujassamlashtirgan sabablar kompleksi va shuningdek ayrim bozorlarning nisbiy ustunligi tamoyili bilan belgilanadi.

Kapital olib chikishga sabab buluvchi va uni ragbatlantiruvchi omillar kaysilar?
1.Kapital olib chikishni faollashtiruvchi, xarakatlantiruvchi kuch milliy iktisodiyotlarning usib borayotgan uzaro boglikligidir. Ishlab chikarishning baynalminallashuvi xalkaro kapital xarakatiga katga taʼsir kursatadi. Kapital eksporti, ayniksa tugridan-tugri investitsiyalar shaklida, ishlab chikarishni xalkaro ishlab chikarishga aylanishi, xalkaro maxsulot yaratilishining bosh omilidir. Xalkaro maxsulot-global xalkaro bozorda sotiladigan maxsulotdir. U unifikatsiya kilingan va geografik, milliy yoki boshka uziga xosliklardan katʼiy nazar sotiladi (avtomobillar, samolyotlar, radioelektronika, kompyuterlar va b.).
2. Xalkaro sanoat kooperatsiyasi, trasmilliy korporatsiyalarning shuʼba korxonalariga kuyilmalari. Masalan, turli davlatlarning aloxida mustakil korxonalari bir xalkaro korporatsiya doirasida soxaviy, texnologik, detalli ixtisoslashish soxalarida xamkorlik urnatmokdalar. Kapital eksporti bu alokalrni taʼminlaydi.
3. Sanoati rivojlangan davlatlarning iktisodiy usish surʼatlarini ushlab turish, sanoatning ilgor soxalarini rivojlantirish, bandlik darajasini saklash uchun sezilarli xajmda kapital jalb kilishga yunaltirilgan iktisodiy siyosati.
4. Xorijiy kapital jalb kilish yordamida uz iktisodiy rivoji uchun sezilarli turtki berish, “kambagallik doirasidan” chikib ketishga xarakat kilayotgan rivojlanayottan davlatlarning iktisodiy uzini tutishi.
5. Ekologiya omillari sezilarli taʼsir kursatadi. Xalkaro korporatsiyalar kattiklashayotgan ekologik normalar tufayli ishlab chikarishni sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotganlarga kuchiradilar.
6. Kapital okimini yunaltiruvchi va tartibga soluvchi xalkaro moliya tashkilotlari muxim rol uynaydilar.

Yüklə 175,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin