"Matematika o‘qitish metodikasi” fani tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari, uning mazmuni.
Tayanch so’z va iboralar: metodika, matematika, o’qitish, tuzilishi, o’qitish mazmuni. - 20 ball Metodik sistema - bu beshta komponentdan iborat murakkab struktura (tuzilishi)dir. (o‘qishning maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va o‘qitishni tashkil etish formalari).
Klassifikasiya - bu barcha o‘qitish usullarini gruppalarga bo‘linishidir.
O‘qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir.Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko‘pchiligida o‘qitish metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo‘lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, malaka va ko‘nikmalarga erishiladi, o‘quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobiliyatlari rivojlanadi, deb tavsiflanadi.
Shunday qilib o‘qitish metodlari o‘zlashtirish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi 3 ta asosiy funksiyani bajaradi.
Hozirgi kunda mashhur didakt M.N.Skatkinning hisobiga ko‘ra, metodik adabiyotlardan o‘qitish metodlari 65 kamida ko‘rsatiladi. Ma'lum o‘qitish metodlaridan ta'limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlarini ongli tanlab olish uchun oldin hamma o‘qitish metodlarini va mavjud o‘qitish metodlari klassifikasiyasini o‘rganib chiqish zarur.
O‘qitish metodlari klassifikasiyasiga har xil yondashishlar mavjud bo‘lib, eng maqsadga muvofiq har xil metodlarni o‘z ichiga olgan klassifikasiya bu akademik Yu.Babanskiy bergan klassifikasiyadir. Umuman olganda, o‘qitish metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekanligini biz yuqorida ko‘rib o‘tdik. Binobarin, bunday faoliyat tashkil qilish, rag‘batlantirish va kontrol qilishni nazarda tutadi: Shunga ko‘ra o‘qitish metodlari ham uchta katta gruppaga bo‘linadi, o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlari: o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish metodlari: o‘quv-bilish faoliyatining samaradorligini kontrol (nazorat) qilish metodlari.
O‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish metodlarini bir nechta gruppalarga bo‘lib klassifikasiyalash mumkin.
O‘quvchilar bilim oladigan manbalar bo‘yicha, og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metod (tushuntirish suhbat, hikoya, kitob bilan ishlash va h.k.); ko‘rsatmali metodlar (atrof-tevaraqdagi predmet va xodisalarni kuzatish);
O‘quvchi fikrining yo‘nalishi bo‘yicha; induksiya, deduksiya va analogiya; metodlar.
Pedagogik ta'sir o‘quvchilarning o‘qishda mustaqillik darajasi bo‘yicha o‘qituvchi boshchiligida bajariladigan o‘quv ishi metodi; o‘quvchilarning mustaqil ishlari metodi.
O‘quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasi bo‘yicha; izohli-illyustrativ metod; reproduktiv metod; bilimlarni problemali bayon qilish metodi; qisman izlanish va tadqiq qilish metodi;
1. Og‘zaki metodlar. Bunda qisqa muddat ichida hajmi bo‘yicha eng ko‘p axborot berish, o‘quvchilar oldiga muamolar qo‘yish, ularni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatish imkonini beradi.