2-Variant 1.Elektron to’lov tizimlari (ETT) to’g’risida umumiy tushunchalar. Elektron to’lov tizimlari (ETT) to’g’risida umumiy tushunchalar. Elektron to’lov tizimi – bu umumiy to’lov tizimlarining bir qo’rinishi bo’lib, elektron to’lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaksiya (ingl — transaction, lot. transactio — kelishuv, shartnoma) operasiyasini amalga oshiradi. Elektron pullar – elektron to’lovlarning asosi sifatida pul, tovar va hizmatlar muamolasini faollashtirilishiga katta ta’sir o’tkazadi.
1980 yillarda- muamolaga ilk bor magnit va debet kartalar kiritilib, fiat (naqd) pullar elektron tizimga o’tkazila boshlandi.
1990 yillardan boshlab elektron to’lov umumiy to’lov tizimining jiddiy elementiga aylanib, pul miqdorini o’zida saqlovchi smart-kartalar muomalaga kiritildi. Magnit va smart-kartalar naqd pullarni to’liq almashtirmagan bo’lsada, kartalardagi pul miqdori sezilarli darajada ko’paya boshladi. Elektor to’lovlar pul muamolasidagi harajatlarni kamaytirishda, kartalar egalariga tezkorlik, qulaylik va anonimlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etdi.
2000-yillarga kelib elektron pullar elektron tijoratda eng asosiy rolni bajarishni boshladi. AQSH Federal Rezerv bankining Maslaxat Kengashi elektron pulga “elektron shaklga o’tkaziladigan pullar” deb tushuncha berdi. Elektron pullar standart bank hisob-raqami shaklidagi bank yoki moliya institutining kafolatiga ega bo’ldi. Aynan shu davrda dasturiy paketlar shakllangan.
2010-yillarda yangi Bitcoin-nomli pи́ring (ingl. peer-to-peer, P2P — tengma-teng) pul tizimi yaratildi. Bunda R2R texnologiyasi qo’lliniladigan, nazoratchi organ, markaziy bank yoki pressing markazlar aralashmagan, tranzaksiya va pul emissiyasi tarmoq ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan jamoaviy harakat sodir etiladi. Bu kriptovalyutaning odatiy elektron puldan yana bir farqli jihati shundaki, u birorta ham mamlakat valyuta tizimiga bog’lanmagan.
Hozirgi kunda elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala qilishning eng ommabop turiga aylandi. Yirik davlatlar butun dunyoga tarqalgan va ommaviy tusga ega bo’lgan elektron pul muamolasi bilan bog’liq bank kartalarni chiqarishgan. Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan tizimlar bu:
VISA, MasterCard, VISA Electron i Maestrodir.kam
Bundan boshqa kartalar bilan ishlaydigan bir qancha tizimlar ham mavjud albatta, faqat ular qamrab olgan amal qilish doirasi nisbatan torroq.
Qo’shimcha qilish joizki, VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSh dollarni tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul kilinadi. Dunyoda to’lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi. MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to’lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shaxrida joylashgan.
Internet-banking tizimida ishlaydigan to’lov tizimlari ishlatish doirasi, xududlarni qamrab olishi va to’lov imkoniyatiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ularning ayrimlari MDX davlatlari xududida amal qilsa, ba’zilari xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirishda ishlatiladi.
Shulardan eng mashxur elektron tizimlardan biri Webmoney hisoblanadi. Bu tizimaksariyat internet-do’konlarning elektron to’lovlarida ishlatiladi va o’zining o’ta mustahkam xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda Webmoneytizimidan foydlanuvchilarning qariyib 70 foizi rossiyaliklardir. O’zbekistonda ham mazkur to’lov tarmog’i ohirgi 2 yil ichida keng ishlatila boshlandi va, hattoki, uning WMZ-belgilarini milliy valyuta — so’mga almashtiradigan saytlar paydo bo’ldi.