1-Variant Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish.
Plastik kartlar turlari va to’lovlarini amalga oshirish.
Bugungi kunda mamlakatimizda plastik kartochkalar orkali tulov tizimlari kengayib bormokda. Bu zamonaviy va qulay tulov vositasi bulib. uning yordamida mijoz tovar va xizmatlar uchun nakd pulsiz tulov amalga oshirishi bank muassasalari va bankomatlar orkali nakd pul olishi mumkin.
Xozirgi kunda “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan xolda xisob kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish buyicha qo’shimcha chora-tadbirlar tug’risida”gi Karori ijrosini ta’minlash maksadida o’z mijozlari uchun UZKART tizimida milliy valyutadagi maxalliy tulovlarni amalga oshirishlari uchun sumdagi mikroprosessor kartochkalar chikarmokda.
Mijozlar talablaridan kelib-chikkan holda 3 turdagi Sumdagi plastik kartochkalari mavjud:
- jismoniy shaxslar uchun bank plastik kartochkalari;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank plastik kartochkalari.
1. Jismoniy shaxslar uchun bank plastik kartochkalari – bu jismoniy shaxsning shaxsiy kartochkasi bulib kartochka egasiga karta xisobvarag’idagi pul mablag’laridan foydalanish imkonini beradi. Kartochka egalarini rag’batlantirish maksadida kartxisobvarag’idagi koldik mablag’ga bank tomonidan kushimcha foiz xisoblanadi.
2. Korporativ kartochkalar - yuridik shaxs uchun takdim etilib korxonaning vakolatli xodimiga hisobvarakdagi pul mablag’larni boshkarish imkoniyatini beradi. Korporativ bank kartasi fakat nakd pulsiz shakllar korxonaning ma’muriy xarajatlarni amalga oshirish uchun muljallangan. Masalan xizmat safari kanselyariya yong’in va maishiy xizmat xarajatlari uchun ishlatish maksadga muvofik. Korporativ bank kartalari orkali nakd pul berilishiga yul kuyilmaydi.
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bank plastik kartochkalari – bank tomonidan YaTTga beriladigan karta egasiga karta xisobvarag’idagi pul mablag’lari doirasida tovar yoki xizmatlarni sotib olish uchun milliy valyutada nakd pulsiz shaklda tulovlarni amalga oshirish xukukini beruvchi tulov vositasidir. Kayd etish joizki, bank tomonidan joriy yilning o’tgan 8 oyi davomida
VISA plastik kartochkalari orkali 9210423 ta tranzaksiya o’tkazilgan bo’lib, ular orkali bajarilgan tulovlar mikdori 304,8 mlrd. sumni tashkil etdi.
Jumladan, savdo va pulli xizmat kursatish shoxobchalarida utkazilgan tulovlar 272,1 sumni (tranzaksiyalar soni 8916168 tani) va kartochkalar orkali berilgan nakd pullar mikdori 32,7 mlrd. sumni (tranzaksiyalar soni 294255 tani) tashkil kildi.
Bank tomonidan savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalaridagi terminallar ustida olib borilayottan monitoring ishlari ham izchil davom ettirilib, ular samaradorligi oshirilmokda. Amaldagi qonunchilik asosida jihozlangan savdo va pulli xizmat ko’rsatish shoxobchalariga terminallarni dasturlab o’rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmokda. Terminallar o’rnatiladigan yangi obyektlarni aniqlashda esa, bank kartochka ushlovchisi bulgan mijozlarning talab va takliflariga tayanmokda.