1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari



Yüklə 156,74 Kb.
səhifə39/48
tarix21.12.2023
ölçüsü156,74 Kb.
#188543
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta-hozir.org

2.Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko’chirish usullari.
Fermalarni quyi belbog’larining tayanch bog’lamalari ostiga uchlariga harakatlanuvchi polispast bloklari mahkamlangan ko’ndalang to’sinlar keltiriladi. Fazoviy konstruksiyani loyihadagi holatga vertikal ko’tarilgandan so’ng uning ko’taruv ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yon tirgaklar demontaj qilindi.


Burish usuli bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo’lgan inshootlarni butun ko’rinishda montaj qilish amalga oshiriladi. Inshoot konstruksiya kabi, avval uning o’rnatish hududida gorizontal holatda yig’iladi, bu fazoviy konstruksiyaning asosi burish sharniridan foydalangan holda poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi holatiga o’rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, minoralar va massasi 100 t va undan ortiq bo’lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi.

Surish usulida konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig’iladi, keyin esa bu tayanchlarga vaqtincha o’rnatilgan yo’llar bo’ylab gorizontal ko’chirish yo’li bilan o’rnatiladi. Bu usul ko’p oraliqli ko’priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari kons truksiyalarini montaj qilishda, shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo’lganda erda boshqa ishlar bilan surishga tayyorgarlikni qo’shib olib borishda keng qo’llaniladi. Bu usul amaldagi texnologik inshootlarni (domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi inshoot chetda yig’ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda ayniqsa samaralidir. Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 t gacha bo’lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va undan ortiq bo’lganda po’lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin.

3.Qo’llaniladigan montaj mexanizmlari.
Montaj qilish texnologiyasini amalga oshirish uchun texnik vositalar sifatida minorali kranlar, o’ziyurar strelali va chorpoyali kranlar tavsiya qilinadi. Binoning eni 18m gacha bo’lganda minorali va strelali kranlarni binoning bir tomoni bo’ylab, agar eni katta bo’lsa binoni ikki tomonidan yoki ichiga o’rnatiladi. YUk ko’tarish qobiliyati 5...25t gacha bo’lgan minorali kranlar ko’p qavatli sanoat binolarini konstruksiyalarini montaj qilishda keng qo’llaniladi. Qo’llanilayotgan strelali kranlar gusenitsali va pnevmog’ildirakli yurish qismiga ega bo’lib, 16t dan 100t gacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega va oddiy strela yoki minorali-strela jihozlariga ega. Kranlardan (minorali va strelali) foydalanishning aralash varianti pastki qavatlarda o’rnatiladigan ustunlar og’irligi 8...10t bo’lsa, qolgan element konstruksiyalarining og’irligi 5t dan oshmasa qo’llaniladi. Bu holatda yuk ko’tarish qobiliyati 16...25t gacha bo’lgan strelali kranlar pastki qavatlardagi ustunlarni, boshqa qolgan barcha elementlar yuk ko’taruvchanligi 5t lik minorali kran bilan montaj qilinadi.


Yüklə 156,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin