1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari montaji


-variant 1.Binolarni ketma-ket usulda barpo etish. Ketma-ket usulda



Yüklə 156,74 Kb.
səhifə4/48
tarix21.12.2023
ölçüsü156,74 Kb.
#188543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
1-variant Temir-beton karkasli bir qavatli sanoat binolari monta-hozir.org

3-variant
1.Binolarni ketma-ket usulda barpo etish. Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’ektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar etarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq vaqt bir erda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi.

2.Karkas elementlarini o’rnatish ketma-ketligi
Elementlarni o’rnatish ketma – ketligiga bog’liq holda montaj qilishning differensial
(alohida), kompleks va aralash (kombinatsiyalashgan) usullari qo’llaniladi.

Differensial usulda bir xil nomli konstruktiv elementlar bir vaqtda mustaqil oqimlar
bilan montaj qilinadi. Bunda montajchilarning ish unumi oshadi va kranlarni yuk ko’tarish qobiliyatidan yanada to’laroq foydalaniladi. Differensial montaj bitta yoki bir – birining ketidan harakatlanuvchi bir qancha montaj mexanizmlari bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu usul bir qavatli sanoat binolarida faqat stropila fermalarini ketma – ket o’rnatishga imkon bermaydi, chunki hatto ularning montaj uzellari to’liq payvandlanganidan keyin ham ularning mustaxkamligini ta’minlab bo’lmaydi. Barpo etilayotgan binoda ketma – ket stropila osti va stropila fermalari o’rnatilganda fermalarga plitalarini o’rnatish uchun montaj kranidan foydalanish qiyin bo’ladi yoki imkoni bo’lmaydi.


Kompleks usulda barcha konstruksiyalarni o’rnatish bir oqimda olib boriladi, natijada
binoning to’liq montaj qilingan yacheykalari paydo bo’ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy muddatlari qisqaradi. Montaj qilishning kompleks usuli konstruksiyalarni binoning har bir yacheykasida kompleks o’rnatishdan iborat va karkasining konstruksiyalari metalldan bo’lgan binolar uchun
xosdir. Birinchi yacheyka uchun avval to’rtta ustun montaj qilinadi, ularga darxol loyihaviy holat ta’minlanadi va ular orasida zarur bo’ylama bog’lanishlar o’rnatiladi. Keyin ikkita kranosti to’sini o’rnatiladi, stropilaosti fermasi montaj qilinadi. YAcheykani montaj qilish stropila fermalarini progonlar va bog’lanishlar bilan o’rnatish, yopma elementlarni qo’yish orqali tugallanadi. Keyin konstruktiv elementlarni o’rnatish ketma – ketligi saqlanadi, lekin montaj qilinadigan elementlar soni o’zgarishi mumkin. Kompleks usuldan turli ismli konstruksiyalarning massalaridagi farq katta bo’lganda qo’llanish maqsadga muvofiq emas.
O’z ichiga avvalgi ikki usulning afzalliklarini qamrab olgan aralash usulda elementlarni o’rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo’l qo’yiladi.



Yüklə 156,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin