- akademik va tarmoq, institutlari, universitetlar va firmalarning
ilmiy-tadqiqot
bo‘linmalari ular davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi yoki boshqa turda 194
qo‘llab quvvatlanuvchi fundamental ilmiy-tadqiqotlar va izlanish
loyihalari uchun mas’ul bo‘ladi. Sanab o‘tilgan korxonalar hisobotlar, turli
hujjatlar, ixtirolar, ilmiy maqolalar shaklida intellektual mahsulot ishlab
chiqaradi hamda ilmiy kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi;
texnik va sanoat-texnik korxonalar - ular innovatsion nou-xauga ega
bo‘lib, boshlang‘ich loyihalar ustida ishlaydilar, sinov namunalari yaratish
va ularni sinab ko‘rish bilan shug‘ullanadilar, texnik tavsiflar, patentlar,
standartlar va reglament tayyorlaydilar. Mazkur tuzilmalar namunalar
tayyorlash uchun kuchli ishlab chiqarish quvvatlari, professional va
texnologik markazlarga ega bo‘lishi kerak;
ilmiy va muhandis texnik xodimlar, shuningdek, innovatsion
faoliyatning joriy muammolarini yechishda talab qilinuvchi malakali
kadrlar uchun ta’lim va o‘qitish tuzilmalari;
tadqiqot va loyihalarning bajarilishini nazorat qiluvchi hamda
ularning sanoat sektori bilan o‘zaro aloqalarini muvofiqlashtiruvchi
korxonalar;
mahsulot va xizmatlarga talabni va ularning tarqalishini o‘rganish
bilan shug‘ullanuvchi konsalting korxonalari;
ilmiy-texnik axborot xizmatlari -ular istiqbolli loyihalar haqida
ma’lumot to‘plash, tayyorlash va tarqatish bilan shug‘ullanadi;
iste’molchilar va mahsulotni sotish masalalari bilan shug‘ullanuvchi
professionallarni birlashtiruvchi bozor strukturalari.
YUqorida sanab o‘tilgan struktura birliklari o‘rtasidagi aloqalar
sxemasi murakkab bo‘lib, bevosita aloqalarni ham, vositachilar va
taqsimot tarmoqlari hamkorlikni o‘z ichiga oladi.