1-variant Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar


Intellektual mulk huquqini himoyalash tizimi



Yüklə 16,02 Kb.
səhifə2/3
tarix04.11.2022
ölçüsü16,02 Kb.
#67404
1   2   3
1-variant Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar

Intellektual mulk huquqini himoyalash tizimi

Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, ixtirolar,
yangi kashfiyotlar hamda ularni patentlash, litsenziyalash va
sertifikatsiyalashning o‘rni salmoqlidir. Chunki, dunyoning qaysi
burchagida bo‘lmasin bunyod etilgan ixtiro bu mulk hisoblanib, undan
barcha xalqlar foydalanishi mumkin.
Bugungi kunda yaratilgan intellektual mulkni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko’pgina mamlakatlarda, jumladan bizning mamlakatimizda ham intellektual mulkni himoya qilish maqsadida ko’pgina xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Ana shunday tashkilotlardan biri bu Butun jahon intellektual mulk tashkiloti hisoblanadi. Butun jahon intellektual mulk tashkilotining tarixi 1883-1886yillardan
Sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasi, Adabiy va badiiy
asarlarni muhofaza qilish, Bern konvensiyasi qabul qilingandan
boshlangan. Bu Konvensiyalar “Xalqaro byurolar” deb nomlangan o‘z
kotibiyatlarini tashkil etishni ko‘zda tutgan edi. 1893yilda bu ikki kotibiyat
“Intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha birlashgan xalqaro
byurolar”ga birlashtirildi.
Hozirgi Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (qisqartirilgan
shaklda “BIMT”, ingliz tilida –“WIPO”, fransuz va ispan tillarida
“OMRI”) 1967yil 14 iyulda imzolangan. “Butun jahon intellektual mulk
korxonaini ta’sis etish Konvensiyasi”ga muvofiq tuzilgan. Bu Konvensiya
1970 yildan o‘z faoliyatini boshlagan.
Hozirda Butun jahon intellektual mulk tashkiloti o‘z faoliyat yuritishi
bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tizimi tarkibiga (1974yil
dekabridan) kiruvchi ixtisoslashgan muassasadan iborat.
Bundan tashqari intellektual mulkni muhofaza qilishda mamlakatimizda patentlash va litsnziyalash tartibi ham joriy qilingan. Ularning qay tartibda amalga oshirilish qoidalari esa tegishli qonun hujjatlarida belgilangan.
3) Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion siyosat
Faol innovatsion siyosatni amalga oshirish muhim ustuvor
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Innovatsion faoliyat bugungi kunda va
yaqin kelajakda respublika iqtisodiyoti rivojlanishining muhim
shartlaridan biri, ishlab chiqarish va tarmoqlarni modernizatsiyalashning
real mexanizmlari bo‘lib hisoblanadi.
Innovatsion siyosat uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan va
mamlakat qudrati va salohiyatining o‘sishida muhim omil, iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi va mustahkam rivojlanishning hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Bu esa strategik muhim ilmiy-texnika va istiqbolli innovatsion
loyihalarni Yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiyalash,
texnik va texnologik yangilash, mahalliy innovatsion texnologiyalarni
faollashtirishni ko‘zda tutadi.
Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishning moliyaviy
mexanizmi butun innovatsion loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlashga
qaratilgan bo‘ladi.
Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga
ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat o‘tkazishni quyidagicha ifodalash
mumkin:
milliy xavfsizlikni ta’minlash;
iqtisodiy barqarorlikka erishish, iqtisodiyotning imkoniyatlarini
kengaytirish va umumiy quvvatini oshirish;
sanoatni texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida mamlakatimiz
tovar va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish;
tabiiy resurslarni asrash va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhit
muammolarini hal qilish;
aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish, munosib turmush tarzini
ta’minlash;
sog‘liqni saqlash va ta’lim olish uchun imkoniyatlar yaratish;
oziq-ovqat, xomashyo, material va energiyaga bo‘lgan milliy
ehtiyojlarni kafolatli ta’minlash.
Boshqa mamlakatlar tajribalaridai kelib chiqqan holda innovatsion
jarayonning tarkibiy qismlarini quyidagicha aks ettirish mumkin:

Yüklə 16,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin