Operatsion tizimlar fani
1-vazifa. Xotira turlari (1 ball) 2-vazifa. Operatsion tizimlarda fayl tizimlari (1 ball) 3-vazifa. Windowsda topshiriqlarni rejalashtirish (3 ball) TOPSHIRIQLAR: Har bir talaba o’zi ishlayotgan kompyuterida quyidagi topshiriqlarni rejalashtirishni o’rganishi kerak: Kompyuter qo’shilganda tuit.uz saytini ochishingizni eslatuvchi xabar (C:\Windows\System32\msg.exe) ekranga chiqarilsin
Kompyuter qo’shilganda Chrome brauzeri ekranga chiqarilib, unda tuit.uz sayti yuklangan bo’lsin.
Kompyuterni har kuni soat 22:00 da avtomatik o’chirishni rejalashtiring
Har soatda “Kompyuterdan uzoqlashing, ko’zingizni dam oldiring!” degan xabar ekranga chiqarilsin
Ishning maqsadi: talabalarni Windows OTda topshiriqlarni avtomatik ravishda bajarilishini rejalashtirishni o‘rganish bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Ishning bajarilish tartibi: Topshiriqlarni rejalashtirish uchun Windows oilasi OTda Windows Schedulerdan foydalaniladi.
Windows Scheduler ma'lum bir vaqtda yoki tizimdagi hodisaga javoban topshiriq va vazifalarni (fon rejimida) bajarish uchun ishlatiladi. Uning yordamida tizimdagi zararli dasturlarni tekshirish yoki muayyan skriptlarni bajarish uchun rejali (vaqtga bog’liq bo’lgan) jadvallarni tashkil etish mumkin.
Odatda, bunday topshiriqlar individual jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi:
kompyuterni yuklash jarayonini optimallashtirish va h.k.
Windows OTda topshiriqlarni rejalashtiruvchi bir nechta vositalar mavjud, ularga, Планировщик заданий, Schtasksbuyruq qatori vositasi hamda Windows PowerShell bir nechta cmdletlari. Ushbu vositalar mahalliy va uzoq ish stantsiyalarida ishlarni rejalashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
Windows topshiriqlar rejalashtiruvchisi (Task Scheduler, Планировщик заданий) dasturinini ochish uchun:
Boshqaruv paneli (Панель управления, Control Panel)ni ochish
Tizim va xavfsizlik (Система и безопасность, System and Security) yorlig'ini ochish