1. Vegetativ ko`payishga hizmat qiladi. O`simlikni tuproqqa biriktiradi
tarix 19.12.2023 ölçüsü 7,86 Kb. #184735
7-mavzu ildiz turlari va tizimlari-hozir.org
7-mavzu ildiz turlari va tizimlari
7-MAVZU: ILDIZ TURLARI VA TIZIMLARI Ildizning vazifalari ILDIZ o`simliklarning vegetativ organi bo`lib u quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: 1. Vegetativ ko`payishga hizmat qiladi. 2. O`simlikni tuproqqa biriktiradi. 3. Tuproqdan suv va unda erigan tuzlarni shimadi va o`simlikning yer ustki qismiga yetkazadi. Ildiz novdadan farq qilib barg hosil qilish hususuyatiga ega emas. Ildizning turlari
Ildizlar , odatda kelib chiqishiga ko`ra asosiy, yon va qo`shimcha ildizlarga bo`linadi.
ILDIZ
ASOSIY
YON
QO`SHIMCHA
Ildizning turlari
Asosiy ildiz murtakdagi
o`sishidan hosil bo`ladi.
Qo`shimcha ildizlar
barg va poyadan hosil bo`ladi.
Yon ildizlar asosiy va qo`shimcha
Ildiz tizimi (sistemasi)
Bir tup o`simlikdagi ildizlar yig`indisiga ildiz tizimi yoki ildiz sistemasi deyiladi. Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi o`simlik turiga, ildizning shoxlanishiga , qo`shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog`liq.
Ildiz tizimi tuzilishiga ko`ra o`q ildiz va popuk ildizga bo`linadi.
O`q ildiz tizimi
Murtakdagi boshlang`ich ildizlar o`sishda davom etsa, undan yon ildizlar o`sib chiqadi, natijada o`q ildiz tizimi hosil bo`ladi.
O`q ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi
rivojlangan bo`lib, undan yon ildizlar o`sib chiqadi.
Bu ildiz ikki urug`pallali o`simliklarga
xos bo`lib, uni do`lana terak, saksovul, na`matak, g`o`za, quvun, tarvuz, no`xat, loviya va mosh kabilar misolida ko`rish mumkin. Popuk ildiz tizimi
Agar murtakdagi boshlang`ich ildiz o`sishda davom etmasa, u holda boshlang`ich poyadan qo`shimcha ildizlar o`sib chiqadi. Natijada popuk ildiz tizimi hosil bo`ladi.
Popuk ildiz tizimi mayda qo`shimcha va
yon ildizlardan tashkil topadi. Uning asosiy ildizi yaxshi rivojlanmaydi.
Bunday ildizlar, asosan, bir urug`pallali
o`simliklarda uchraydi. Masalan bug`doy, makkajo`xori, arpa kabi o`simliklarda. Xulosa!!! ILDIZ TURLARI
ASOSIY ILDIZ
YON ILDIZ
QO`SHIMCHA ILDIZ
ILDIZ TIZIMLARI YOKI SISTEMALARI BILIMINGIZNI SINAB KO`RING! 1. Ildiz yuksak o`simliklarning qanday organi hisoblanadi?
Vegetativ
Generativ
Yuksak o`simliklarda ildiz rivojlanmagan.
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 2. Tuproqdan suv va unda erigan moddalarni shimib, o`simlikning yer ustki qismiga yetkazib beradigan organ bu …..? BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 3. Ildizning novdadan farq qiluvchi belgisini ko`rsating.
Qo`shimcha ildiz hosil qilishi
Barg hosil qilmasligi
Oziq modda to`plashi.
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 4. Ildizning turlarini (kelib chiqishiga ko`ra hillarini) ko`rsating. 1.o`q ildiz 2.asosiy ildiz 3.qo`shimcha ildiz 4.popuk ildiz 5.yon ildiz. BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 5. Murtakdagi boshlang`ich ildizning bevosita o`sishidan nima hosil bo`ladi?
Popuk ildiz tizimi
Asosiy ildiz
Yon ildizlar
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 6. Qo`shimcha ildizlar qayerdan hosil bo`ladi?
Bargdan
Poyadan
A va C javoblar to`gri
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 7. Yon ildizlar qayerdan hosil bo`ladi?
Barg va poyadan
Asosiy va qo`shimcha ildizdan
Murtakdagi boshlang`ich poyadan
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 8. Bir tup o`simlikdagi ildizlar yig`indisi nima deb ataladi?
Ildiz turlari
Ildiz tizimi yoki sistemasi
Ildizpoya
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 9. Ildiz tizimi hillarini belgilang. 1.o`q ildiz 2.asosiy ildiz 3.qo`shimcha ildiz 4.popuk ildiz 5.yon ildiz. BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 10. Qanday ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo`lib, undan qo`shimcha va yon illdizlar o`sib chiqadi?
Popuk ildiz
Asosiy ildiz
O`q ildiz
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 11. Qaysi ildiz tizimida asosiy ildiz yaxshi rivojlanmay, boshlang`ich poyadan qo`shimcha ildizlar o`sib chiqadi?
O`q ildiz
Popuk ildiz
Yon ildiz
BIIMINGIZNI SINAB KO`RING! 12. Ildizlar kelib chiqishiga ko`ra (a), va tizimiga ko`ra (b) hillarini belgilang: 1.o`q ildiz 2.asosiy ildiz 3.qo`shimcha ildiz 4.popuk ildiz 5.yon ildiz.
a-2,3,5 b-1,4
a-1,4 b-2,3,5
a-1,2,3 b-4,5
UYGA VAZIFA 1. 7-mavzu, ya`ni “Ildiz turlari va tizimlari” mavzusini yaxshilab o`qib chiqib savol-javobga tayyorgarlik ko`rish. 2. Mavzu ohirida, ya`ni 23-betda keltirilgan 3 ta savolga daftarga javob yozish. 3. Ildiz rasmlarini daftarga chizib olish. E`TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR !!!
http://hozir.orgDostları ilə paylaş: